O‘N BIRINCHI MO’JIZA Imom Buxoriy, Imom Termiziy Hazrati Anas ibn Molikdan shundog‘ rivoyat qilurlar:
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar,
Hazrati Usmon raziyallohu anhumlar hammalari birga Uhud tog‘iga kelishib, aning ustiga
chiqdilar ersa, tog‘ titragani turdi.
Anda Rasululloh:
— Ey Uhud, to‘xta. Sening ustingdagi kishilarning birisi Allohning payg‘ambaridur,
ikkinchisi, aning yori Siddiq akbardur, qolgan ikkovlari shahiddurlar,— deyishlari bilan
darhol to‘xtadi.
Endi bu voqeada uch mo‘jiza bordur:
Birinchisi, Rasululloh tog‘ tepasiga chiqishlari bilan aning titrab ketishi;
Ikkinchisi, Rasululloh so‘zlarini anglab darhol to‘xtalishi.
Uchinchisi, kelasi g‘aybdan xabar berishlaridurkim, Hazrati Umar va Hazrati Usmon
ikkovlari ham shahid bo‘ldilar. Birinchilarini Eron asiri Hurmuz kofir, namozda
turganlarida xanjar urib shahid qildi. Ikkinchilarini ersa, o‘zaro chiqqan fitnachilar
uylariga bostirib kirib o‘ldirishdi, raziyallohu anhum.