www.ziyouz.com kutubxonasi
379
Najoshiy bu so‘zni anglagach, vakillik bilan Rasulullohga uni nikoh qildi va yuz tillo mahr
bog‘lamish edi. So‘ngra hijratning 7-yili xizmatga qul-cho‘rilar qo‘shib Madinaga yo‘lladi.
Hijratning 44-yili Madinada vafot topdi, raziyallohu anho.
O‘n uchinchi onamiz Safiya binti Huyay. Uning otasi Bani Nazir yahudlarining raisi edi.
Xaybar qal’alari fath qilinganda qo‘lga tushgan ko‘p asirlar ichida u ham bor edi. Alarning
nasabi Horun alayhissalomga yetganlikdan Rasululloh bek hurmat qilib, nikohlariga
oldilar. Ziyoda aqllik, fazllik xotin edi. Bir kuni Rasululloh uyga kirsalar bu xotin yig‘lab
o‘ltiribdur.
Anda Rasululloh:
— Nega yig‘lading? — deb so‘rasalar, ul onamiz shundoq dedilar:
— Oisha, Hafsa biz sendin har to‘g‘rida yaxshidurmiz, biz Rasululloh amakilarining
qizidurmiz. Sen bo‘lsang yahudiy qizidursan, dedilar.
Bu so‘zlarni anglagach, Rasululloh:
— Sendan ular qanday yaxshi bo‘la olurlarkim, sening otang Horun alayhissalom,
amaking Muso payg‘ambar, ering Muhammad alayhissalomdur. Yana gapirsalar shunday
degil, — deb alarni yupantirdilar.
Safiya binti Huyay hijratning 52-yili Madinada vafot topib, Baqe’ go‘ristoniga qo‘yildilar,
raziyallohu anho.
O‘n to‘rtinchi onamiz Maymuna erdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 7-hijriyda
Umraning qazosini qilish uchun Makkaga borganlarida bu xotinni nikohlariga oldilar. 51-
hijriyda Makka yaqinidagi Sarif degan joyda sakson yoshda vafot topdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilurlar:
«Payg‘ambarlik davrida qaysi xotinni olgan bo‘lsam, yo qizlarimni kimga bergan bo‘lsam,
barisi vahiy orqalik bo‘ldi».
Bu yozilgan onalarimizning, raziyallohu anhumo, sonlari o‘n to‘rttaga yetgan bo‘lsa ham,
Rasulullohning vafotlarida bulardan to‘qqiztasi nikohlarida edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir necha cho‘rilari ham bor edi. Alardan biri
Moriya o‘g‘illari Ibrohimning onasi, misrlik qibtiylardan bo‘lib, Misr podshosi Muqovqis
Rasulullohga hadya qilib yuborgan edi.
Rasululloh sahobalarga vasiyat qilib:
— Mendan keyin Misrni fath qilmoq uchun kirganingizda ularga yumshoqlik qilinglar.
Chunki ularning qarindoshligi bor, ham qayinliklari bor, — dedilar.
Qibtiylarning qarindoshligi ersa, Ismoil alayhissalomning onalari Hojar qibtiy qizi edi.
Qayin deganlari ersa, Rasulullohning cho‘rilari Moriya. Misrdan kelgan qibt qizidur.
Rasululloh ularga kuyov bo‘lib qoldilar. Moriyadan Ibrohim tug‘ilgach, Misr xalqi
Ibrohimga tog‘a bo‘lib qolishdi.
Yana bir joriyalarining nomi ma’lum emasdur. Onamiz Zaynab uni Rasulullohga hadya
qilib bermish edilar.
Uchinchisi ersa oti Zulayho. Bani Qurayza yahudlaridan olingan asirlardan edi,
raziyallohu anho.