ONALARIMIZ—RASULULLOHNING XOTINLARI Shuni albatta bilmak kerakkim, bir ishni tanqid qilgan kishi ul ishning qaysi zamonda
bo‘lganligini bilib, o‘shal davr ahllarining rasm-odatlaricha tushunish lozimdur. Agar shu
narsalarga yaxshi tushunmas ersa, bu haqda aytgan tanqidiy so‘zlarining xato bo‘lishi
shubhasizdur. Ovrupa yozuvchilarining o‘ktachilari (tanqidchilari) Rasulullohni ko‘p xotin
olgan, xotinparast kishi edi, deb kamsitmoqchi bo‘ladilar.
Holbuki, Rasulullohning bu ishlari ersa shariatdan yoki o‘shal zamon rasm-odatlaridan
tashqari emas edi. Balki bunda aqlga to‘g‘ri ko‘p hikmatlik ishlar bor edi. Rasulullohning
Hazrati Oishadan boshqa qiz xotin olmaganlari hammaga ma’lumdir. Bular ichida to‘rt-
besh bolalik Ummu Salama kabi tul xotinni ham oldilar. Qirq yoshlik Hadichani
olganlarida Rasululloh yigirma besh yoshda edilar. Payg‘ambarlik davridan o‘n yil o‘tib,
ellik yoshga to‘lganlarida Hadicha onamiz dunyodan o‘tdilar. Demak, 25 yil butun yigitlik
davrida shu ulug‘ yoshlik xotin bilan umr o‘tkazdilar. Amakilari Abu Tolib ham shu yilda
vafot topmish edi. Shunday ikki jonfido yordamchilaridan bir yilda ajraganlari
Rasulullohga juda qattiq ta’sir qilgan edi.
Bu ikkovlarining vafotlaridan so‘ngra kuchli himoyachilari qolmaganlikdan dushmanlari
ham qattiq hujumga kirishgan edilar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bu yilni «g‘am-qayg‘u yili» deb atagan edi. Onamiz Hadichaga ajal kelgan
chog‘da Rasululloh unga atalgan jannatdagi joyni ko‘rib o‘ziga bashorat berdilar. U ersa
bir dona gavhardan yasalmish ulug‘ qasr edi.
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam onamiz Oishaning oldida Hazrati
Hadichaning so‘zini qilib, uni maqtadilar ersa, Oishaning rashki qo‘zg‘alib:
— Xudo sizga undan yaxshiroq xotinlarni bergan bo‘lsa ham, yana shu kampirni