3-BOB. TAJRIBA - SINOV ISHLARINI O’TKAZISH VA
NATIJALAR TAHLILI ….....................................................................
95
3.1. Pedagogik tajriba – sinov maqsadi va vazifalari…………………
95
3.2. Pedagogik tajriba – sinov natijalari va uning tahlili……………..
101
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa………………………………………….
103
XULOSA ………………………………………………………………..
106
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..
107
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har tomonlama barkamol insonni
shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib
qolmoqda. Hozirgi maktab o‘rindiqlarida o‘tirgan yosh avlod ertaga bizning
qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o‘zidan keyingi
avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O‘zbekiston buyuk kelajagining egalaridir! Shu
sababli Prezidentimiz Islom Karimov butun mamlakatimiz diqqat e‘tiborini
barkamol avlod tarbiyasiga qaratmoqda.
2010- yili ‖Barkamol avlod yili‖deb e‘lon qilindi. Bu albatta bejiz emasdir.
2009 – yil 5-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning
―O‘zbekiston konstitutsiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo‘lida va
fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevoridir‖ mavzusidagi
ma‘ruzasida aytganidek: ―Barkamol avlod haqida so‘z borganda, davlat ta‘lim
standartlarini, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish, oliy va
o‘rta maxsus ta‘lim, umumta‘lim tizimida ta‘lim yo‘nalishlari va
mutaxassisiliklarini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish
zarur. Shuningdek, o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni
keng joriy etish, bolalarimizni komil inson etib tarbiyalashda jonbozlik
ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e‘tiborimizni yanada oshirish, qisqacha
aytganda, ta‘lim – tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga
ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor. ‖ - dedilar. Shu sababli zamon
talablariga to‘liq javob bera oladigan pedagogik texnologiyalarini boshlang‘ich
sinf matematika darslarida ham joriy qilish ishlari hozirgi davr talabidir. [3]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi
Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 27-yanvar kuni bo‘lib
o‘tgan qo‘shma majlisidagi ―Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli
fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimiz‖ hamda Vazirlar
mahkamasining 2010-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisidagi ―Asosiy
vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyotini va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirish‖
4
mavzularidagi ma‘ruzalari mazmun-mohiyati va undagi xulosalarni o‘rganish
yuzasidan Vazirlar mahkamasining 2010-yil 23-fevraldagi 101-F –sonli farmoyishi
bilan bilan tasdiqlangan tashkiliy tadbirlarni amaliyotga joriy etish
jamiyatimizdagi kun tartibidagi bosh masalalardan biridir.
Prezidentimiz o‘z ma‘ruzasida ― ....mamlakatni modernizatsiya qilish va
kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish ustivor maqsadimiz‖ degan fikr
mulohazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang‘ich
ta‘limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanadi. Ayniqsa, bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchlari ta‘lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli
fuqarolik jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz
ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir.[1]
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Barkamol avlod
yili‖ davlat dasturi to‘g‘risidagi Qarorida mamlakatimizda sog‘lom va barkamol
avlodni tarbiyalash yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga
chiqarish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarda ―....ta‘lim jarayoniga yangi axborot
kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya
vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar
kollejlari, litseylari va Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash …
samarali tizimini yanada rivojlantirish‖ ko‘zda tutilganligi dolzarb
vazifalarimizdan biridir.[1]
Yurtboshimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining ―Yuksak
ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ asarida ta‘lim – tarbiya haqida quyidagi fikrlarni
bildirgan. ―Ma‘naviyatni shakllantirishga bevosita ta‘sir qiladigan yana bir
muhim hayotiy omil – bu ta‘lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ma‘lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm – u
ma‘rifat, ta‘lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy
sharti va garovi deb bilgan‖. [3]
Albbatta, ta‘lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va
uning rivojini ham belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va
5
boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu
asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan
ishlarga mutloqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab ta‘lim – tarbiya masalasi davlat
va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu
bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab –
quvvatlashishini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida
yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi
farzandlarining bugungi qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola
timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan
holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ongli
yashaydigan komil insonlar etib voya yetkazish – ta‘lim – tarbiya sohasining
asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa
ta‘lim – tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi.
Ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‘limdan ajratib bo‘lmaydi. Bu
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
Yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy va mantiqiy davomi
bo‘lgan 2004 – 2009 yilarda maktab ta‘limini rivojlantirish umummilliy davlat
dasturi qabul qilindi.
―Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta‘lim tizimi yosh avlodni
barkamol, ma‘naviy yetuk inson sifatida shakllantirishda qarata olgandir‖-
deyiladi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Hozirgi kunda ta‘lim tizimida
jumladan boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalarni
qo‘llashning nazariy hamda amaliy asoslarni yaratish zarurdir.
Hozirda o‘qituvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik
mahoratga, yuksak ma‘naviy – axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur
6
bilimlarga ega bo‘lishi, ta‘lim – tarbiya ishlarida zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, interfaol usullardan samarali foydalanishi davr talabi hisoblanadi.
Yosh avlodning har tomonlama yetuk, bilimli, yuksak ma‘naviyatli,
barkamol, vatanparvar shaxslar bo‘lib yetishishini ta‘minlash yo‘lida amalga
oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bo‘g‘ini sifatida
pedagogik xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash
bo‘yicha yuksak mahoratga ega bo‘lishlarini ta‘minlash yuzasidan zarur chora
–tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Hozirda har bir maktabda ta‘lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy
vazifa bo‘lib turibdi. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning
eng samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalarini puxta bilishi va bu
sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib borishi orqali o‘z kasbiy mahoratini
muntazam oshirib borishi talab qilinadi.
Ta‘lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish ―Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖ning ikkinchi bosqich vazifalaridan biridir. Ta‘lim -
kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi
o‘quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a‘zosi sifatida bu jamiyat
hayotida to‘laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti
qo‘yayotgan talablariga to‘la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin
ortgan,turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda
mustaqil tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan,yangilikni o‘rganishga
doim tayyor bo‘lgan, hamkorlikdan cho‘chimaydigan , muloqotga erkin kirisha
oladigan shaxsni tarbiyalash ta‘lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi
bo‘lishi kerak va bu borada ta‘limda yangi texnologiyalarning qo‘llanishiga
yo‘l ochilishi maqsadga erishish yo‘lidagi to‘g‘ri qadamdir. Hozirgi kunda
yangi texnologiya elementi bo‘lgan interfaol usullardan keng
foydalanilmoqda.
Umumiy o‘rta-ta‘lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish
uchun, jumladan uzluksiz matematik ta‘lim tizimi jarayonida pedagogik
7
tajribani o‘rganish va yoyish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy
hamda amaliy asoslarini yaratish zarurdir.
Boshlang‘ich sinf matematik darslarida pedagogik texnologiyadan
foydalanib dars o‘tilsa, o‘qitish jarayonni takomillashadi. Magistrlik
dissertatsiyasining dolzarbligi ana shu bilan asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: |