1.2. Pedagogik texnologiya loyihalari: ilmiy yondashuvlar va
yechimlar
O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida jamiyatning
potensial imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, kuchli intellektual va ma‘naviy
salohiyatni shakllantirish jarayoni bosqichma – bosqich amalga oshirilmoqda.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasi bevosita ta‘lim – tarbiya tizimini
rivojlantirish, yangi texnologiyalarni loyihalash va pedagogik amaliyotga
tatbiq etish bilan uzviy bog‘liqdir.
Keyingi yillarda biz ta‘lim fazosini standartlashtirish jarayonining
guvohi bo‘layapmiz. Bu ish ancha murakkab va bajaruvchilar uchun
kutilmagan holat bo‘ldi. Ta‘lim standartlarininig yuzaga kelishi mavjud
vaziyatni birmuncha qiyinlashtirib yubordi, chunki standartning shartsiz
bajarilishini kafolatlaydigan va pedagogik amaliyotga joriy etiladigan
texnologiyalar ishlab chiqilmagan edi. Har bir o‘quvchi ta‘lim standarti
darajasiga erishishi uchun o‘quv yurtlaridagi mavjud an‘anaviy metodikalar
o‘rniga zamonaviy pedagogik qurollar zarur bo‘ladi. O‘quv jarayoni loyihasini
texnologiya darajasiga chiqarish va bu loyihaning joriy etilishi o‘qituvchini
yuqori malakali mutaxassisga aylantirish bilan birgalikda o‘rganuvchining
mavqeini ham kuchaytiradi va ijodiy hamkorlikning yangi ufqlarini ochadi.
Aksiomalar tizimini 3 guruhga ajratadi. Birinchisi – pedagogik
texnologiyalarni bir butun ta‘limiy kenglikka qo‘shish aksiomalari, ikkinchisi –
o‘quv jarayonini modellashtirish aksiomalari, uchinchisi – o‘quv jarayonini
28
me‘yorlash aksiomalari. O‘z navbatida ularning har biri o‘zida uchtadan
aksiomalarni birlashtiradi.
Birinchisi ( A1) – pedagogik texnologiyaning ta‘lim makoniga talab qo‘yish
aksiomasi; A2 - pedagogik texnologiyaning ―o‘qituvchi‖ tizimiga moslik
aksiomasi, A3 - pedagogik texnologiyaning predmet metodikasi tizimiga
nisbatan universallik aksiomasi.
Ikkinchi guruhga ( A4) pedagogik texnologiya asosini tashkil etuvchi
o‘quv jarayoni modelini loyihalash aksiomasi kiritiladi. Bu axborotli model
quyidagi parametrli topshiriqlar yordamida tavsiflanadi:
1 – parametr (maqsadga joizlik) o‘quv – tarbiyaviy jarayonning umumiy
maqsad va yo‘nalishini mikromaqsadlar tizimi ko‘rinishida ifoda etadi.
2 – parametr ( tashxis ) mikromaqsadlarga erishish yoki erishmaslik dalili
to‘g‘risida boshqaruv axborotlarni mujassamlashtiradi.
3 - parametr ( miqdorli o‘lchov) o‘quvchilarning mustaqil faoliyati
xususiyatlari, xarakteri va hajmi haqida tashxisning muvaffaqiyatli o‘tishini
kafolatlash uchun yetarli bo‘lgan mazmunli va sonli axborotlar beradi.
4 – parametr ( mantiqiy tuzilma) – bu o‘qituvchining metodik fikrlarini o‘quv
jarayonining yaxlit va mantiqan ko‘rsatmali modeliga aylantirish bosqichini
e‘tiborga oladi va o‘qituvchi mahoratining yuksak darajasini belgilab beradi.
Bu faoliyat shunchalik o‘quv jarayoning mantiqiy tuzilmasi fotografiyasi
emas, balki maxsus shakllangan ishchi maydon bo‘lib, unda barcha elementlar
texnologik qonuniyatlar asosida ifodalanadi va ma‘lum muolajalar yordamida
yetarlicha muqobillashtiriladi.
5 – parametr ( tuzatish ) pedagogik yaroqsizlik, ya‘ni tashxisdan o‘tmagan
o‘quvchilar haqida va tuzatishning metodik yo‘llari to‘g‘risidagi axborotlarni
tasvirlaydi.
Shuningdek, ikkinchi guruhga ( A5) o‘quv jarayoni modelining tashkil
etuvchi ko‘rsatkichlari tizimi yaxlitligi va takrorlanuvchanligi aksiomasi ham
kiritiladi.
29
O‘quv jarayonini texnologiyalashtirish ob‘yekti har qanday premetrning
o‘quv mavzusi bo‘lishi kerak, uning hajmi esa qat‘iyanligi bilan ajralib
turadi: minimum 6 – 8 dars, maksimum – 22 – 24 dars. Ana shu mavzu
loyihasida bo‘lajak o‘quv jarayoni yuqorida nomlangan beshta parametr
yordamida yaxlit beriladi va aynan shu o‘quv mavzusi har qaysi predmet
bo‘yicha o‘quv jarayonini loyihalashga imkon beradigan bir xildagi
muolajalar ko‘rinishida texnologiyalashtirish va loyihalashning
takrorlanuvchanligini ta‘minlaydi.
Ikkinchi guruh tarkibiga kiradigan yana bir aksioma (A6) – bu o‘quv
jarayonining axborotli modelini texnologiyalashtirishdir. V. M. Monaxov
tajribasida bir mavzu doirasida 5 ta parametrlarni o‘zida mujassamlashtirgan
o‘quv jarayoni loyihasining texnologik xaritalari yaratilgan. Texnologiya
o‘qituvchini loyihalash muolajalari tizimi bilan qurollantirilsa, texnologik
xaritalar o‘quv mavzusi bo‘yicha o‘quv jarayoni loyihasining pasporti sifatida
kerak bo‘ladi.
Uchinchi guruh aksiomalarini ( o‘quv jarayoni loyihasini me‘yorlash)
pedagogik texnologiya mavjudligining asosiy mahsuloti sifatida tavsiflaydi.
O‘qituvchining kasbiy faoliyatini texnologiyalashtirish aksiomasi (A7) kasbiy
faoliyatning quyidagi innovatsion komponentlariga tegishli:
- o‘quv jarayoni loyihasining pedagogik g‘oyalarini butun bir o‘quv yili
uchun o‘qituvchi tomonidan o‘z xususiy metodik tajribasiga, o‘quv
dasturi mazmuniga va davlat ta‘lim standarti talablariga tayangan holda
mikromaqsadlar ketma – ketligi ko‘rinishida ifodalash kasbiy
ko‘nikmasi. Boshqacha qilib aytganda, bu – standart talablarini
mikromaqsadlar tiliga o‘tkazishning texnologik muolajasidir,
mikromaqsad esa o‘quvchilarning bilish va rivojlanish zinopoyasidir. Bu
component bevosita an‘anaviy o‘quv mavzularini qaytadan tuzish bilan
bog‘liqdir.
- texnologik xaritani loyihalash kasbiy ko‘nikmasi. Bu jarayon pedagogik
mahorat cho‘qqisi hisoblanadi, sababi o‘qituvchi bo‘lajak o‘quv
30
jarayonini oldindan ko‘ra biladi, o‘z g‘oyalarini texnologik xaritada
qoidali tarzda tasvirlaydi. Ta‘kidlash joizki, bu kasbiy ko‘nikma
yetarlicha murakkab, ko‘p bosqichli, o‘z mohiyatiga ko‘ra integrativ
bolib o‘qituvchidan yaxshi rivojlangan refleks qobiliyatni talab etadi;
- darsning axborotli xaritasini konstruksiyalash kasbiy ko‘nikmasi yoki bu
xaritalar yig‘indisi har bir o‘quv mavzusi uchun bo‘lajak o‘quv
jarayonining aniqlashtirilgan loyihasi hisoblanadi;
- ikki pedagogik ob‘yektni taqqoslash kasbiy ko‘nikmasi: texnologik
xaritalar ko‘rinishidagi o‘quv jarayoni loyihasi va ma‘lum sinfda real
o‘quv jarayoni natijalari bilan birgalikda darsning axborotli xaritalar
tizimi. Taqqoslashni aniq ko‘rsatkichlar va texnologik muolajalar
bo‘yicha o‘tkazish kerak. Qiyoslash muolajalari asosida tashxislash
natijasiga ko‘ra mazkur sinfda o‘quv – tarbiyaviy faoliyat rivojini qayd
etuvchi maxsus monitoring yotadi.
O‘quv jarayoni loyihasini me‘yorlash aksiomasining (A8) mohiyati
quyidagilardan iborat: o‘quv jarayoni loyihasi texnologik xarita tarzda tayyor
bo‘lgach, bevosita zaruriy hisoblar amalga oshirilishi kerak: o‘quv vaqti,
didaktik axborotlar hajmi, uni o‘zlashtirish tezligi, shu o‘quv mavzusi
chegarasida o‘quvchilarni rivojlantirishning metodik dasturiga ajratiladigan
vaqt va boshqa.
Nihoyat, uchinchi guruhning so‘nggi aksiomasi shunday ifodalanadi:
yakuniy natijani kafolatlaydigan pedagogik texnologiyaning maqbul ishlashi
uchun ishchi maydonni shakllantirish aksiomasi (A9). Har qanday pedagogik
texnologiya bu aksioma talablarini bir vaqtning o‘zida o‘quvchilarning ham
o‘quv, ham umumiy yuklamasi bo‘yicha qanoatlantirishi shart; darsning
axborotli xaritasi ichida yosh jihatidan o‘z guruhi doirasida o‘quvchilarni
o‘quv – bilish faoliyatlarining asosiy turlari me‘yorini saqlash zarur. Bu
bevosita psixologik – pedagogik va fizio – gigiyenik me‘yorlarni saqlashga
ham tegishlidir.
31
Muammoli – modulli o‘qitish texnologiyasining yetakchi sifat belgisi – bu
egiluvchanlik hisoblanadi. Zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishda
egiluvchan avtomatlashtirilgan tizim muhim sanalgani kabi hozir ham,
kelajakda ham pedagogik texnologiya samaradorligi ko‘p jihatdan uning ilmiy
– texnikaviy va ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgaruvchan sharoitga moslasha olish va
zudlik bilan ta‘sir etish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Egiluvchanlik tuzilmasi,
mazmunli va texnologik holda bo‘lishi mumkin.
Tuzilmali egiluvchanlik qator holatlari bilan ta‘minlaydi: muammoli –
modul tuzilmasining safarbarligi, muammoli – modulli dastur pog‘onaligi,
egiluvchan jadval loyihasining mavjudligi va ko‘p vazifali o‘quv xonalarining
jihozlanganlik imkoniyatlari va boshqalar.
Mazmunli egiluvchanlik birinchi navbatda ta‘lim mazmunini
tabaqalashtirish va integratsiyalash imkoniyatlarida namoyon bo‘ladi. Bunday
imkoniyatning o‘zi taklif etilayotgan texnologiyada o‘quv materialining blok
va modulli prinsip asosida saralanish evaziga vujudga keladi.
Texnologik egiluvchanlik muammoli – modulli ta‘lim jarayonining
quyidagi jihati bilan ta‘minlanadi: o‘qitish metodlarining variantligi, nazorat
va baholash tizimining egiluvchanligi, o‘quvchilarning o‘quv – bilish
faoliyatini yakka tartibda tashkil etish va boshqa.
Shu bilan birgalikda opponentlar tomonidan muammoli – modulli
o‘qitishning qator kamchiliklari ko‘rsatildi, ular: ta‘lim jarayonining bo‘laklarga
bo‘linganligi, ya‘ni o‘quvchilarning mustaqil ishlari salmog‘i birmuncha katta;
o‘quv predmetining yaxlitligi va mantiqini inkor etish; o‘quvchilarni
tayyorlash torligi: o‘qitish kursining bog‘liq bo‘lmagan muammolar yoki
masalalar qismlariga qadar qisqarishi; umumlashmaga ziyon yetkazadigan
xususiy, aniq ko‘nikmalarnigina shakllantirishi; muammoli modullarni
tayyorlash va mashg‘ulotni o‘tkazishga tayyorgarlikning ko‘p mehnat talab
qilishi.
Sanab o‘tilgan kamchiliklarning ko‘pligi modulli o‘qitish texnologiyasini
o‘rnatish bosqichida birmuncha aniq sezilsa-da, asta-sekinlik bilan dazmollanib
32
boradi. Shuni eslatish joizki, u yoki bu texnologiyani ― toza‖ holda joriy etish
mumkin emas. Xohlaymizmi yoki yo‘qmi, o‘quv jarayonini tashkil etishning
an‘anaviy yondashuviga va mavjud didaktik jarayonga tayanishga to‘g‘ri
keladi.
Ta‘lim mazmunini muammoli- modulli loyihalash quyidagi asosiy
tayanchlardan iborat bo‘ladi:
- bilish faoliyatining fundamental metodlari doirasida kursni joy-joyiga
qo‘yib tuzish. Misol uchun, matematika darsida bunday metodlarga
matematik modellashtirish, aksiomatik, koordinat, vektorli, mantiqiy
metodlar kiradi;
- tayanch muammoli modullarning mazmunini aniqlash. Saralashning
muhim sharti bilish faoliyati metodlarining prinsipli mazmuni
hisoblanib, umummadaniy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu
o‘qitishning tayanch mazmuniga oid quyidagi mezonlarni hisobga
olishni taqoza etadi:
- fundamental, uzviylik, uzluksizlik va ta‘limni insonparvarlashtirish;
- yechimi bilish faoliyati metodlarining mosini qo‘llashni talab etadigan
yirik kasbiy-amaliy muammolarni turli guruh kasblarining o‘ziga
xosligini hisobga olib ajratish;
- ixtisosli va darajali tabaqalashtirishni ta‘minlashga yo‘naltirilgan
o‘zgaruvchan modullarning mazmunini tanlash va hajmini aniqlash,
shuningdek, muammoli- modulli dasturlarning turli – to‘liq, qisqargan va
chuqurlashtirilgan variantlari bo‘yicha o‘quvchilarning yakka tartibda
olg‘a siljishi uchun sharoitlar yaratish.
Muammoli modullarni qo‘llash ko‘lami quyidagi tartibotlarni qamrab
oladi: tizimli, avtonom va integratsiyalashgan. Tizimli tartibot muammoli
modullaridan mustaqil kurs doirasida foydalanishni taqoza etadi. Avtonom –
ma‘lumot moduli sifatida boshqa fanlar doirasida, integratsiyalangan – interfaol
kursi doirasida qo‘llanishi lozim.
33
Shunday qilib, muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasining mohiyatini
quyidagicha izohlash mumkin: o‘quvchilarning talab etilgan darajada
bilimdonligiga erishish uchun o‘quv materiali mazmunini yirik tuzilmalash,
unga mos holda o‘qitish metodlari, vositalari va shakllarini tanlash amalga
oshirilib, ular o‘quvchilarni to‘liq, qisqargan yoki chuqurlashgan o‘qitish
variantlarini mustaqil tanlash va o‘tishga yo‘naltiriladi.
Istiqlol bizga chinakam ilm fanning rivojlanishi uchun katta imkoniyat
yaratdi. Buning uchun biz doimo tinimsiz kashfiyotlar yaratishimiz, yangi-
yangi tashabbuskorlik, ijodkorlik namunasini kiritishimiz lozim. Avvalo
yoshlarga bilim berishda pedagogik texnologiyalarni yaratishning ilmiy
asoslarini takomillashtirish muhimdir. Buning natijasi bo‘lib o‘quvchi shaxsni
shakllantirish, yangi yetuk kadrlar uchun zamin yaratiladi. Maktab va oliy
o‘quv yurtlar oldidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar borki, busiz
yutuqlar haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Jumladan:
- Ta‘lim standartlari va o‘quv dasturini doimo takomillashtirib borish
muhimdir;
- O‘quv qo‘llanmalar va darsliklarini bugungi kun talabidan kelib yozish;
- Darslik va o‘quv qo‘llanmalar dunyo andozasiga to‘g‘ri kelishligi;
- Berilayotgan mavzularda mahalliy materiallardan keng foydalanishlik;
- Dars o‘tishdagi uslub va tavsiyalar ta‘lim jarayonini har jihatdan
boyitish;
- Natijasi ma‘naviy yetuk kadrlar yetkazish, mustaqil yurtimizni har
jabhada yutuqlarga olib keladi.
Ta‘limni yanada takomillashtirish va uning dunyo andozasiga mos
keladigan mexanizmini yaratish va uni amaliyotda qo‘llash kundalik vazifa
bo‘lib qolaveradi. Maxsus o‘quv dasturlar asosida bolalarning qobiliyatlariga
e‘tibor berish keng iste‘dodlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deb yozgan: ― Milliy istiqlol yosh
avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma‘naviy fazilatlar egasi bo‘lib
voyaga yetishiga, farzandlarimiz hayotida nechog‘li faol munosabatda
34
bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini
hamisha yodda tutishimiz kerak ‖.
Prezidentimizning xalq ta‘limi xodimlariga aytgan ushbu so‘zi bizga
juda katta mas‘uliyat yuklaydi va o‘z ustimizda ishlashni to‘xtovsiz yangilab,
takomillashtirib borishga undaydi.
Dostları ilə paylaş: |