44
anglamog‘i lozim. Bu usullar o‘quvchilarni kelajakda umumiy bilish
faoliyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishiga yo‘naltiruvchi
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Darsda mustaqil ish turlarini, didaktik o‘yinlarni
mavzuga oidini tanlay olish ham dars samaradorligini oshiradi. Interfaol
metodlardan foydalanishdan oldin o‘quvchilarga uning nima ekanligini,
maqsad va vazifasini o‘qituvchi tushuntirishi kerak. Ana shunda o‘qituvchi
dars jarayonida qiynalmaydi. O‘quvchilarni mustaqil ishlashlarini birinchi
sinfdan boshlab rivojlantirib borish kerak. Sodda turdagi mustaqil ishlardan
asta – sekin murakkab turdagi mustaqil ishlarni bajarishni o‘rgangan o‘quvchi
yuqori sinflarda hech ham qiynalmaydi. O‘qituvchilar uchun interfaol
metodlarning darsda qo‘llanilishi yuzasidan muammolar ham yo‘q emas. Bu
boradagi qo‘llanmalarning ko‘payishi bu muammolarga yechim bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: