Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


 Boshlang’ich  sinf  matematika darslarida  interfaol  metodlari  va



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/55
tarix02.01.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#44506
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika

1.3. Boshlang’ich  sinf  matematika darslarida  interfaol  metodlari  va  
ularning  tavsifi 
  Zamonaviy    ta‘limni    tashkil    etishda    qo‘yiladigan    muhim    talablardan    biri 
ortiqcha    ruhiy  va    jismoniy    kuch  sarf    etmay,  qisqa    vaqt    ichida  yuksak 
natijalarga    erishishdir.  Qisqa    vaqt    orasida    muayyan    nazariy    bilimlarni 
o‘quvchilarga  yetkazib  berish,  ularda  ma‘lum  faoliyat  yuzasidan  ko‘nikma va 
malakalarni  hosil  qilish, shuningdek, o‘quvchilar  faoliyatini  nazorat  qilish, ular 
tomonidan  egallangan  bilim,  ko‘nikma  hamda  malakalar  darajasini  baholash 
o‘qituvchidan  yuksak  pedagogik  mahorat  hamda  ta‘lim   jarayoniga  nisbatan 
yangicha    yondashuvni    talab    etadi.  Bugungi    kunda    bir    qator    rivojlangan 
mamlakatlarda    bu    borada    katta    tajriba    to‘plangan    bo‘lib,  ushbu  tajriba 
asoslarini  tashkil  etuvchi  metodlar  interfaol  metodlar  nomi  bilan yuritilmoqda. 
Ta‘limni  isloh  qilinishi  jarayonining    ajralmas,    muhim  qismi  hisoblangan 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar   ta‘lim jarayoniga o‘zlari 
bilmagan  holda  qiziqishi  bilan  kirishib  ketadilar.Tajriba    shuni  ko‘rsatadiki  , 
zamonaviy    interfaol    strategiyalar    bo‘lgan  bilimlarni  samarali      o‘zlashtiradi. 
Chunki  bugun  sinflarni  to‘ldirib o‘tirgan   o‘quvchilar  sho‘x, beg‘ubor  bolalik  
gashtini    surayotgan,  ba‘zan  xayolparast    bolalardir.      Ular    orasida    hatto    45 
daqiqalik    dars    jarayonining    nihoyasini    intiqlik    bilan    kutib,    ta‘limga    yuzaki  
qaraydigan o‘quvchilar ham yo‘q emas. 
       Interfaol    metod  -  ta‘lim    jarayonida    o‘quvchilar    hamda    o‘qituvchi  
o‘rtasidadagi faollikni  oshirish  orqali  o‘quvchilarning  bilimlarni o‘zlashtirishini  
faollashtirish,  shaxsiy  sifatlarini    rivojlantirishga  xizmat  qiladi.  Interfaol  
metodlarni    qo‘llash  dars  samaradorligini  oshirishga  yordam  beradi.  Interfaol  


 
35 
ta‘limning  asosiy  mezonlari:  norasmiy  bahs  –  munozaralar  o‘tkazish,  o‘quv 
materialini  erkin  bayon  etish  va  ifodalash  imkoniyati,o‘quvchilar  tashabbus 
ko‘rsatishlariga  imkoniyatlar  yaratilishi,  kichik  guruh,  sinf  jamoasi  bo‘lib  ishlash 
uchun  topshiriqlar  berish  va  boshqa  metodlardan  iborat  bo‘lib,  ular  ta‘lim  – 
tarbiyaviy  ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. 
      Hozirda    ta‘lim    metodlarini    takomillashtirish  sohasidagi  asosiy  
yo‘nalishlardan  biri  interfaol    ta‘lim  va    tarbiya    usullarini  joriy    qilishdan  
iboratdir. 
Barcha  fan o‘qituvchilari  shu jumladan  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilari  ham 
dars mashg‘ulotlari jarayonida  interfaol  metodlardan borgan  sari keng  ko‘lamda 
foydalanmoqdalar. 
        Interfaol  metodlarni    qo‘llash  natijasida  o‘quvchilarning    mustaqil    fikrlash, 
tahlil  qilish, xulosalar chiqarish, o‘z  fikrini  bayon  qilish, uni asoslangan holda 
himoya  qila  bilish,  sog‘lom  muloqot,  munozara,  bahs  olib  borish  ko‘nikmalari 
shakllanib, rivojlanib boradi.  
          Interfaol    degani,    o‘qituvchi    va    o‘quvchilar    orasida    o‘zaro    hamkorlik  
tufayli  dars  samaradorligini  oshadi, yangi   darsni  o‘quvchi  mustaqil  harakat,  
mulohaza,  bahs-munozara  orqali  o‘rganadi, qo‘yilgan  maqsadga  mustaqil  o‘zi 
darsda  o‘quvchi    faol    ishtirok    etgan    holda   kichik    guruhlarda    javob   topishga  
harakat  qiladi,ya‘ni  ham  fikrlaydi, ham  baholaydi,  ham  yozadi, ham gapiradi, 
ham    tinglaydi,  eng    keragi    o‘zi      faol    ishtirok    etadi.    Interfaol    usullarining 
negizidagi  topshiriq    mazmunini    anglab    yetgan    o‘quvchilar    ta‘lim    jarayoniga   
o‘zlari    bilmagan  holda  qiziqish bilan  kirishib  ketadilar.  
Zamonaviy    pedagogik    texnologiyalarga  asoslangan  matematik  ta‘limning 
interfaol  strategiyalari  ta‘lim  jarayonining  yengillashuvini, aniqlashuvini, keng 
jamoani  qamrab  olishga  m  o‘ljallanganligini,  o‘qituvchining  faqatgina    yo‘l  - 
yo‘riq    ko‘rsatuvchi  nazoratchiga  aylanishinini,  o‘qitishning  erkin  va 
majburiyatsizligini  hamda  eng  asosiysi  o‘quvchilar  uchun  o‘ta  qiziqarligini  va 
samaradorligini  ta‘minlab  bera  oladi.  Vazifamiz  taqdim  etilayotgan  matematik 


 
36 
ma‘lumotlar tizimini o‘quvchilar ongiga  singdirishda imkon qadar oson,qiziqarli, 
serqirra  va shu bilan birga samarali yo‘llarini ishlab chiqarishdan iborat. 
      Interfaol  strategiyalarning  qo‘llanilishi  majburiy  matematika  darsi  jarayonini 
beixtiyor  psixologik  o‘yin  yoki  musobaqaga    aylantirib,  yuqorida  tilga  olingan 
passiv  o‘quvchilarni  ham  bir  oz  bo‘lsa–da,  lekin  yuritishga  o‘z  fikrlarini  keng 
ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs  – munozaralarga befarq 
bo‘lmasdan,faol ishtirok etishga undaydi. 
    An‘anaviy  usulda  tuzilgan  darsga  o‘quvchilarning  faqat  bilim  olishiga  talab 
qo‘yilgan bo‘lsa, matematika ta‘limining  yangi  modelida bilim bilan birga ta‘lim 
samarasini  oshirishda  tanqidiy,  mustaqil  fikrlashga  o‘rgatish  ham  yuqori  o‘ringa 
qo‘yiladi.  Bunda  dars  mobaynida  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  munosabatidagi 
an‘anaviy,  majburiy  itoatkorlik  o‘rnini  ongli    intizom  egallashiga  katta  e‘tibor 
qaratiladi,  buning  uchun  esa  o‘quvchiga  tanqidiy,  mustaqil  fikrlash  malakasini 
singdirib  borish  zarur.  Bu  borada  quyidagilarni  hisobga  olish  muhim  ahamiyat 
kasb etadi: 
1) 
matematikada  o‘qitish  jarayoni  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar 
yordamida  tashkil  qilinishini  talab  etadigan  ma‘lum  tizimga  ega  bo‘lgan 
yondashuvlar tamoyillari; 
2)  uzluksiz  matematika  ta‘limini  tizimiga    pedagogik  texnologiyalarni  samarali 
qo‘llash zarurati haqidagi ilg‘or pedagogik g‘oyalari; 
3)  o‘qitish  jarayonini  faollashtirish  hamda  uzluksiz  ta‘limda      pedagogik 
texnologiyalar nazariyasi; 
4)  tanqidiy tafakkurni rivojlantirish nazariyasi; 
5)  shaxsning ijobiy rivojlanish nazariyasi; 
Umuman olganda,matematika o‘qitishda eng yuqori rivojlantiruvchi samaraga 
erishish mumkin, agar: 
-  uzluksiz  matematik  ta‘lim  tizimida  o‘qitishning  interfaol  metodlari 
o‘qitilayotganlarning  mustaqil,  tanqidiy  tafakkurini  rivojlantirish  vositasi 
sifatida qo‘llanilsa; 


 
37 
-    uzluksiz  matematik  ta‘lim  tizimida  pedagogik  texnologiyalarni  qo‘llash 
jarayonini o‘qitilayotganlar haqiqiy o‘quv imkoniyatlarini iloji boricha aniq 
hisobga  olgan  holda,ularda  matematik  bilimlarni  o‘zlashtirishga  nisbatan 
mustahkam qiziqishlarni  shakllantirish imkoniyatlari ta‘minlasa; 
-    uzluksiz      ta‘lim  tizimida  matematika  o‘qitish  jarayoni  murakkab  aqliy 
faoliyat  sifatida  qaralib,  u  faqatgina  ahdozali  darsdagi  da‘vat,  anglash  va 
fikrlash  bosqichlari  to‘g‘ri  amalga  oshirilgandagina  to‘laqon  bo‘ladi,  deb 
qaralsa; 
-    uzluksiz      ta‘lim  tizimida  amaliy  mazmunga  ega  bo‘lgan  matematik 
tushunchalarni o‘qitishdan 3 ta asosiy (ta‘limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) 
maqsadlarni amalga oshirish vositasi sifatida foydalanilsa. 
Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
1)  o‘quvchilarni    matematika  o‘qitishda  pedagogik    texnologiyalarning 
ta‘limiy – rivojlantiruvchi rolini aniqlash; 
2)   o‘quvchilarni  matematika o‘qitishda interfaol metodlarni tanlash mezonini 
va ularni qo‘llash tamoyillarini aniqlash; 
3)  uzluksiz  matematik  ta‘lim  tizimida  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalarni 
qo‘llashda mavjud darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanish usullarini 
aniqlash; 
4)  matematika  o‘qitish  jarayonida  interfaol  metodlarni  qo‘llash  bo‘yicha 
maktablarga  mo‘ljallangan  o‘quv  –  metodik  ,  didaktik  tarqatma 
materiallarni ishlab chiqish. 
        Bugungi  milliy  tarbiyashunoslikka  ―  Interfaol  usullari‖  nomi  bilan 
kirib kelayotgan usullar o‘quvchi o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy 
kuch  sarflamay,  qisqa  vaqt  ichida  yuksak  natijalarga  erishish  maqsadini 
nazarda  tutadi.  Qisqa  vaqt  mobaynida  ma‘lum  nazariy  bilimlarni 
o‘quvchiga yetkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hasl 
qilish,  ma‘naviy  sifatlarni  shakllantirish  shu  bilan  birga  ularni  nazorat 
qilish,  hamda  baholash  o‘qituvchidan  yuksak  pedagogik  mahorat  va 
chaqqonlik talab qiladi. 


 
38 
       Interfaol dars jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda sinfdagi barcha 
o‘quvchilar  faollashishi  zarur,  ya‘ni  dars o‘tish  jarayonida  o‘quv  materiallarining  
ma‘lum  bir  qismi  o‘quvchilar  tomonidan  mustaqil  o‘rganiladi(  yakka,  juft  –  juft 
yoki guruh bo‘lib ), so‘ngra bu material sinfda har tomonlama muhokama etiladi. 
Amaliy  ishlar  ham  shu  tariqa  bajariladi.  O‘quv  jarayonida    o‘quvchilar 
o‘qiyotganliklarini,  muallim  ularga    o‘qish  va    o‘rganishlari  uchun  yordam 
berayotganini  anglasinlar.  O‘qituvchi  –  o‘quv  jarayonini  tashkilotchisi,  rahbari, 
nazoratchisi hamdir. O‘quvchining sinfda o‘zini erkin his qilishi va o‘quv faoliyati  
uni  emotsional  jihatdan qoniqtirishi  lozim,  ana    shundagina u o‘zining    fikrlarini 
erkin bayon qila oladi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchining bilimini sinashi, 
ko‘nikma  va  malakalarini  aniqlashi,  uning  shaxsiy  fikrini  bilishi  uchun  albatta 
to‘g‘ri savol  qo‘ya olishi kerak. 
     O‘quvchilarni  faollashtirish  uchun  dars  jarayonida  qo‘llaniladigan  usullarni 
to‘g‘ri  tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning  uchun darsga, 
mavzuga qo‘yiladigan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li, usuli 
puxta ko‘rib chiqilishi lozim. Demak, o‘qituvchi  har bir foydalanadigan interfaol 
usulni  o‘quvchiga  nima  berishini  oldindan    ko‘ra    olishi  va  darsni  to‘g‘ri  tashkil 
qilishi kerak.  Bunda quyidagi qoidalarga rioya  qilishi darkor:            
1  –  qoida:  Sinfdagi  hamma  o‘quvchilarning  texnologik  jarayonga  faol 
qatnashishlariga  erishish  kerak.  Buning  uchun  hamma  o‘quvchi  ishtirok  eta 
oladigan  mavzuni  va  unga  mos  metodni  tanlash  kerak  bo‘ladi.  O‘yinlar  ham  shu 
asosda tanlanadi, agar rolli o‘yinlar o‘ynalsa, har bir o‘quvchi hamma rolga bo‘lib 
chiqishi uchun o‘yin bir necha marta takrorlanadi. 
2  –  qoida:    Interfaol  o‘yin  texnologiyalardan  foydalanish  uchun  o‘quvchilarni 
psixologik  tomondan  tayyorlash  masalasiga  e‘tibor  berish  kerak.  Chunki  hamma  
o‘quvchi  ham  darsda  faol  ishtirok  etishga,    biror  rolga  kirish  va  fikrini  erkin 
bildirishga tayyor bo‘lavermaydi. Uyalash, qisilib – qimtinish,  odatda  tashqaridan 
cho‘chish  kabi  holatlar  yuz  berishi  mumkin.  Buning  oldini  olish  uchun  avval 
kichik hajmdagi, qisqa vaqtli mashqlardan foydalanish,  faolligini rag‘batlantirish 
va ixtiyoriylikdan ko‘ra  navbat bilan ishtirok etishni joriy qilish kerak bo‘ladi. 


 
39 
3  –  qoida:  Aslida    interfaol  metodlar  kichik  guruhlar  bilan  ishlashda  ko‘proq 
samara  beradi.  Shuning  uchun  ularni  30  kishidan  ortiq  bo‘lmagan  o‘quvchili 
sinflarda  o‘tkazish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Chunki  o‘qitishning  sifati 
o‘quvchilar soniga teskari proporsional bog‘liq bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi 
fikrini eshitish, har birini faoliyatga  jalb qilish, har bir o‘quvchining harakatlarini 
kuzatib  borishi  uchun  sinfda    o‘quvchilar  juda  ko‘p  bo‘lmagan  ma‘qul.  Xonada 
o‘quvchi tomonidan kichik guruhlarga bo‘lingandan aylanib yurushi uchun, erkin 
harakatlanish uchun yetarli kenglik ham bo‘lishi kerak. 
4 – qoida: Sinf xonasini ham alohida tayyorlash kerak. Kichik guruhlar uchun 
stol  va  partalarni  birlashtirish,  ularni  nomerlash  va  nomlash,  atrofda  joy 
almashtirish,  ijodiy  ishlash  uchun  yetarli  yo‘lkalarni  qoldirish  kerak.  Agar  doska 
va  ―sahna‖  da    ishlash  kerak  bo‘lsa,  stullar  doskaga  qaratib  yoki  yarim  qaratib 
qo‘yiladi,  o‘quvchilarning  doskaga  orqa  o‘girib  o‘tirishi    noto‘g‘ri  hisoblanadi. 
O‘yin  uchun  va  metod  uchun  kerakli  hamma    jihozlar  oldindan  o‘qituvchi 
tomonidan kerak bo‘lsa, o‘quvchilar ishtirokida tayyorlanadi. 
5  –  qoida:  Metodning  mohiyati  va  o‘yinning  qoidalari  avval  yaxshilab 
tushuntirishi  va  hamma  shartlar  oldindan    aytib  kelishib  olinishi  kerak.  Masalan 
guruhda  ishlansa,  guruhning  vazifalari,  natijalarni  e‘lon  qilish  shakli,  har  bir  ish 
turi va ajratiladigan vaqt, baho mezonlari e‘lon qilinadi. Demak, har bir  o‘quvchi 
o‘zining vazifasini aniq bilgan va uni bajarishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi 
kerak.  Yana  bir  masalaga  alohidan  e‘tibor  berish  kerakki,  har  qanday  fikr  – 
mulohaza,  taklifni  sabr  bilan  eshitishi,  bir  –  birini  hurmat  qilish  va    bahamjihat 
bilan ishlashga ham kelishiladi va o‘rganib boriladi. 
6  –  qoida:  o‘quvchilarga  vazifalarni  va  rollarni  taqsimlash,  o‘quvchilarni 
guruhlarga  ajratishi  masalaga  e‘tibor  bilan  qarash  kerak.  Agar  faqat  o‘quvchilar 
ixtiyoriga qo‘yib berilsa, guruhlar tarkibi doimiy bir xil bo‘lib qoladi, o‘yindan esa 
faqat dadilroq, faol va qiziquvchan o‘quvchilar ishtirok etadi va  uyatchan, passiv 
o‘quvchilar  chetda  qoladi.  Guruhda  ham  ayrim  o‘quvchilar  doimiy  lider  bo‘lib, 
ba‘zi o‘quvchilarning deyarli ishtiroki sezilmay qoladi. Shuning uchun ham tanlov 
tasodifiy  bo‘lishi va harakat qilishi kerak. Masalan: guruhlarga orqasi o‘girilgan 


 
40 
jetonlarni  olib,  ularga  chizilgan  rasm,  nomeri,  rangi  bo‘yicha  ajratiladi,  roller 
konvert ichiga yozilib tanlab olinishi mumkin bo‘ladi.   Misol uchun quyidagilar: 
            ―Adashgan zanjirlar‖ usuli boshlang‘ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni 
tiklash uchun qo‘llanadi. Bunda o‘qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid 
ketma  –  ketlikni  alohida  –  alohida  va  tartibsiz  qo‘yadi.  O‘quvchilar  tartibsiz 
joylashgan so‘zlarga mantiqiy bog‘langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6 
kishilik  guruhda  qo‘llash  ham,  butun  sinf  bilan  ishlash  ham  mumkin.Masalan  4-
sinf  darsligidan  ―Noma‘lum  qo‘shiluvchini  toppish‖  qoidasi:  ―Noma‘lum 
qo‘shiluvchini  topish  uchun  yig‘indidan  ma‘lum  qo‘shiluvchini  ayirish  kerak‖, 
shunday o‘zgartiriladi:  qo‘shiluvchini ayirish topish noma‘lum uchun yig‘indidan 
ma‘lum  kerak  qo‘shiluvchi‖  So‘zlar  alohida  qog‘ozlarga  yoziladi  va  ko‘rgazma 
taxtasiga  betartib  joylashtiriladi.O‘quvchilar  tartibni  tiklaydilar,  yoki  har  bir 
guruhga so‘zlar to‘plami beriladi va guruhlar tartibini tiklaydilar. 
―Bahs  –  munozara‖  da  o‘quvchilar  bilan  biror  muammoni  yechish  yo‘lini 
qidirishda  foydalaniladi,  masalan:  masala  yechish,  o‘lchash  ishlarini  bajarish, 
yechimning    qulay  usulini    topish  va  hokazo.  Sinfni  to‘rtliklarga  bo‘lish  va 
guruhda ishlash mumkin. 
 ―Muammoli  savollar‖  sinfda  muammoli  vaziyatni  yaratish,  bir  muammoni 
mustaqil o‘quvchilar tomonidan yechilishiga erishish uchun qo‘llanadi. Muammoli 
savol va topshiriq  o‘qituvchi tomonidan aniq aytiladi, doskaga yoziladi,yechimni 
juft  –  juft    bo‘lib  qidirish  taklif    qilinadi.  Har  bir  guruh  javobi  eshitiladi  va 
umumlashtirib yagona yechimga kelinadi. 
Dars vaqtining taqsimlanishi, ishni tashkil qilish qoidalari oldindan o‘quvchilar 
bilan  kelishilgan holda rejalashtirib olinadi va sinf    doskasiga yozib qo‘yiladi: 
O‘zaro hurmat. 
O‘ng qo‘l qoidasi. 
Navbatma – navbat so‘zga chiqish. 
Dars jarayonida mustaqil, ijodiy fikrlash. 
Faollik 
O‘zgalar fikrini tanqid qilmaslik. 


 
41 
Yangi g‘oyalarni o‘zlashtirish. 
Barcha sinf o‘quvchilarini dars jarayonida faol ishlashlariga erishish. 
Mavzu  bo‘yicha  kichik  guruhlar  taqdimotini  asoslab,  dalillab  so‘zlashga 
erishish. 
Qiziqarli g‘oyalarni  taklif qilish. 
Ijodiy yondashish. 
Samarali ishlash. 
―Kichik  guruhlarga  bo‘lish  metodi‖  –  bu  o‘qituvchi  tajribasi,  mahorati,  ijodiy 
yondashuviga  ko‘ra  turli  xil  metodlar  asosida  qo‘llanishi  mumkin.  Guruhlarga 
bo‘lishda  sinf  o‘quvchilarini  ranjitmaslik,  kamsitmaslik,  ularni  estetik  did  nuqtai 
nazaridan, kelishmovchiliksiz, guruhlarga bo‘lishga harakat qilinadi. Bu maqsadda 
turli xil o‘yinlar asosida yoki masalan: rangli qog‘ozdan har xil shaklda, kichkina 
hajmda,  sinf    o‘quvchilarning    jami  sonini  hisobga  olgan  holda,  oldindan 
tayyorlangan  kesma  shakl  (  doira,  uchburchak,  to‘rtburchak,beshburchak  va 
hokazo  )  lardan  foydalaniladi.  Tayyorlab  qo‘yilgan  rangli  shakllar  o‘quvchilarga 
tarqatiladi  (  bu  holda  har  xil  o‘quvchi  ixtiyoriy  ravishda  o‘zi  xohlagan  rangdagi 
shaklni  tanlab  oladi).  O‘quvchilar  tanlab  olgan  shakllar  yoki  ranglar  asosida 
o‘qituvchi o‘quvchilarni osongina guruhlarga ajratib oladi. 
Masalan: Oq rang                 1-guruh 
Yashil   rang                         2 –guruh   
     Ko‘k   rang                           3 –guruh  
     Jigar   rang                           4- guruh  
 Sariq  rang                           5-guruh  
Qizil   rang                            6- guruh              
Sinf   xonasidan  eng  qulay  kichik  guruh – bu  bir partada o‘tirgan o‘quvchilar  
jufti  yoki, ketma-ket   2 ta partadagi o‘quvchilar  to‘rtligidir. Ba‘zi muammolarni 
hal  qilish  ayniqsa,  shu  kichik  guruhlar  kuchidan  foydalanish  sinfni  alohida 
tayyorlash  va  partalarni  surib,  joylarni  o‘zgartirish  majburiyatidan  o‘qituvchini 
ozod  qiladi.  Agar  shunday  tartibda  ishlash  o‘rganilsa,  sinfni  guruhlarga  bo‘lish, 
guruhlarni tuzishga ortiqcha vaqt sarflanmaydi. 


 
42 
Guruhda ishlash uchun taklif  qilish mumkin  bo‘lgan eng  samarali  usullaridan 
biri mavzu yuzasidan savol va javob berishga undash, undan ham samaraliroq usul 
esa,  o‘tilgan  mavzuga  oid  mustaqil  savol  tuzishga  undashdir.  Agar  guruhlarga 
mavzu  yuzasidan    savol  tuzish,  misol  va  masala  tuzib  sinfga  taklif  qilish  vazifasi 
berilsa,  o‘quvchining  darsga  e‘tibori  oshadi,  fikri  uyg‘onadi,  agar  savol  tuzisb 
berish  va unga  to‘g‘ri    javobni  o‘zlari    bilishi  ham  kerak  bo‘lsa,(  albatta hamma 
vaqt  emas,  ba‘zi  muammoli  savollarning  javobini  o‘quvchi  bilmasligi  mumkin) 
bolalar  darsda  e‘tiborliroq  bo‘ladi,  berilayotgan  savollar  sifatini  tahlil  qilishga 
o‘rganadi. 
―Klaster‖ metodi ham o‘quvchilarga ixtiyoriy  mavzular xususida erkin, ochiq 
o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit  yaratishga yordam 
beradi.  Bunda  o‘quvchilar  bilan  yakka  tartibda    yoki  guruh  asosida  tashkil 
etiladigan  mashg‘ulotlar  jarayonida  foydalanish  mumkin.  ―Klaster‖  metodi 
o‘quvchilarning  tushunchalar  orasidagi  bog‘liqlikni  aniqlashga,  mavzuga  oid 
hamma  tushunchalarni  eslashga  o‘rgatadi.  ―Klaster‖  so‘zi  bog‘lam,  dasta 
ma‘nosini  bildiradi.  Bu  metod  orqali  biror  mavzuga  oid  o‘quvchilar  biladigan 
tushunchalarni  aniqlashda  biror  –  bir    mavzu  o‘rganilgandan  keyin  o‘quvchilar 
o‘rganib olgan tushunchalarni aniqlash mumkin. Metodni  amalga oshirish uchun 
doska o‘rtasiga asosiy so‘z yoki gap yozib qo‘yiladi. O‘quvchilarga shu so‘z  bilan 
bog‘liq  hamma    so‘z  va  so‘z  birikmalarini  eslab  doskaga  yozish  taklif  qilinadi. 
Bog‘lamlar  ko‘p  bo‘lishiga  harakat  qilinadi,  hamma    so‘zlar  (  oxirgi    so‘z 
qolmaguncha) yoziladi, xatolarga e‘tibor berilmaydi, hamma o‘quvchiga imkoniyat 
beriladi.  Ishni  misollardan  boshlash  maqsadga  muvofiq.  Masalan  3-sinfda 
bo‘lishga  oid  asosiy  misol  turlarini  yig‘ishni  taklib  qilaylik.  O‘quvchlar    barcha 
misollarni taklif qilgandan so‘ng, o‘qituvchi o‘z  variantini namoyish qiladi va bu 
ishlar  taqqoslanadi. O‘qituvchi variant: 
―Klaster‖  metodi  ―Vaqt  birliklari‖,  ―Tenglama‖,  ―Masala  turlari‖  va 
boshqalarga oid bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin