Muammoning o’rganish darajasi. Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi
Amerika va G‘arbiy Yevropada ta‘limni isloh qilinish bilan bog‘liq ravishda kirib
kelganligi
ma‘lum.Hozirgacha
B.
Bluj,
J.Koroll,
P.Y
Galperin,
V.I.Davidov,L.I.Zankov,Charlz, Templ va Jenni Stillarning texnologiyalari
mashhurdir. O‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari B.P.Bespalko,
G.S.Suxobskoy,T.V.Kudryavsev,M.I.Maxmutov,T.N.Ballo kabi aksariyat psixolog
va didaktikachilar ilmiy tadqiqot ishlarni olib borganliklarini aniqladim. T.N.Ballo ―pedagogik texnologiya‖ tushunchasiga ta‘rif berar ekan,uni
o‘qitish jarayoniga nisbatan topshiriqli yondoshuv, L.V.Zankov, T.Y.Galperin,
bosqichli o‘qitish, G,K.Selevko hamda boshqa mualliflar esa mazmunli
umumlashma sifatida baholaydilar.[42]
Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot
institutlari, xalq ta‘limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari oldida o‘quv
jarayonini loyihalashning eng maqbul, barcha turdagi o‘quv muassasalarida
shakli, metod va vositalaridan qat‘iy nazar tashkil etiladigan ta‘lim jarayoni
uchun birdek xizmat qiluvchi andozani yaratish maqsadga muvofiqdir.Bu
borada muayyan muvaffaqiyatlar ham qo‘lga kiritilgan,ular to‘g‘risidagi
ma‘lumotlarga biz pedagogik texnologiya va uning mohiyatini ochib beruvchi,
chunonchi,
B.P.Bespalko,M.V.Klarin,
J.G‘.Yo‘ldoshev,
M.O.Ochilov
,N.Saidahmedov, K.Zaripov, N.N.Azizxo‘jayeva, O‘Q. Tolipov, M. Usmonboyeva
va boshqalar tomonidan yaratilgan adabiyotlar orqali xabardor bo‘lishimiz
mumkin. Olimlar pedagogik texnologiyalarni asoslarini o‘rganganlar.Bizning
tadqiqotimizda boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik
texnologiyalardan foydalanish metodikasini o‘rganish ko‘zda tutilgandi.
8
Men o‘z ilmiy tadqiqot ishimda ulardan farqli ravishda davr talabi, zamon
innovatsion metodlarni qo‘llagan holda metodika ba‘zi yangilikni kiritishni
maqsad qilib qo‘ydim.