uchun zarur bo'lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak. Qayta hikoya
qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak: yuqori
badiiy qimmatga, g'oyaviy-mantiqiy yo'nalishga ega bo'lishi, jo'shqinligi,
fikrning yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-ketliligi,
mazmunining qiziqarliligi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning
I.Karimov. “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”.T. “Sharq”. 1997 yil. 19-bet.
4
Ushbu talablarga xalq ertaklari, hajmi uncha katta bo'lmagan hikoyalar misol
bo'la olishi mumkin. Shuningdek, dasturda o’quvchilarning qayta hikoyalariga
bir qancha talablar qo'yilgan:
1) ma'nosiga tushungan holda, ya'ni matnni to'liq tushunib hikoya qilish;
2) asarni to'liq bayon etish, ya'ni asardagi muhim joylarini tashlab ketmasdan
bayon etish;
3) izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish;
4) muallif
matnidagi
lug'atlardan
va
iboralardan
foydalanish,
ayrim so'zlarni ularning sinonimlari bilan almashtirish;
5) to'g'ri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalarning bo'lmasligi;
6) og'zagi
nutq
madaniyatiga
e'tibor
berish:
qayta
hikoya
qilayotganda
gavdani
to'g'ri
tutish,
tinch
turish,
tinglovchilarga
murojaat
qilish,
nutqning
intonatsion
ma'nodorligidan
(ifodalili-
gidan)
foydalanish,
yetarlicha
baland
ovozda
tovushlarni
aniq
talaffuz etish.
Dostları ilə paylaş: