XULOSA.
O’qituvchi tomonidan o'qib yoki hikoya qilib berish uchun tanlangan badiiy
asarlarning g'oyaviy mazmuni o’quvchilarga tushunarli bo'lsa, ularning yuragiga
yetib borsa, asar o'zining tarbiyaviy rolini bajargan bo'ladi.
O’qituvchi yozuvchi va o’quvchilar o'rtasida vositachi bo'lib hisoblanadi.
Maktab yoshidagi bolalar o'quvchi emas, tinglovchidirlar. O’quvchilar
tomonidan badiiy asarlarni qanday idrok qilish o’qituvchiga bog'liq.
O’qituvchi asarni qanchalik ifodali, mazmunli o'qisa, o’quvchilar shunchalik
diqqat bilan tinglaydilar, uning mazmunini yaxshi tushunadilar. Badiiy asarlar
o’qituvchi tomonidan kitobdan o'qib berilishi, kitobsiz yoddan aytib berilishi,
hikoya qilib berilishi mumkin. Asar mazmunini o’quvchilarga yetkazish asar
janriga va tinglovchilarning yoshiga bog'liq.
Xalq ertaklarini — xalq og'zaki ijodiyoti namunalarini o’quvchilarga
kitobdan o'qib bermasdan, hikoya qilib bergan ma'qul. O’qituvchi dastur asosida
o'qib berishi yoki hikoya qilib berishi uchun asar tanlagach, asarning g'oyaviy
mazmuni va uning tili o’quvchilarga tushunarlimi yoki yo'qmi, shuni oldindan
tasawur etishi kerak. Agar o’qituvchi ulardagi ayrim ifodalar, so'zlar
o’quvchilarga tushunarli emasligini taxmin qilsa, u holda muallifning bayon
etmoqchi bo'lgan fikrlarini o’quvchilar tomonidan idrok etish qiyinlashadi.
Mana shunday hollarni oldindan bilgan o’qituvchi o’quvchilarga ma'nosi
tushunarsiz bo'lgan so'zlarni quyidagi usullar yordamida tushuntirishi lozim:
asarni hikoya qilayotgan vaqtda to'xtalmasdan (uzoq pauza qilmasdan), yangi
so'zni sinonimi bilan yoki qisqa jumlalar bilan tushuntirishi kerak. Masalan, K.
D. Ushinskiyning „Sabr qilishni o'rgan" nomli asarini o'qib berishda „g'o'ra"
so'zi uchraydi, bu so'z hammaga tushunarli bo'lavermaydi, shu sababli
o’qituvchi bu so'zni o'qiyotganda o’quvchilarga tushunarli bo'lgan „xom" so'zini
ishlatadi. Demak, o’qituvchi o’quvchilarni badiiy asarlar bilan tanishtirishdan
avval asardagi ayrim so'zlarni, ya'ni o’quvchilar tushunishi qiyin bo'lgan
so'zlarni qaysi so'zlar bilan almashtirishni belgilab oladi. Agar ayrim notanish
44
so'zlar va jumlalar o’quvchilarga muallifning asosiy fikrini idrok qilishlariga
xalaqit bermasa, u holda ushbu so'zlarning ma'nosini tushuntirish shart emas.
Har bir yoshda o’quvchi nutqini rivojlantirishning o’ziga xos vazifalari
bo'ladi. Adabiy asarlarni idrok etish darajasi o’sib borgan sari bu vazifalar
murakkablashib boradi.
Mashg'ulot o’tkazishda o’qituvchi oldida quyidagi vazifalar turadi:
1) o’quvchilarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqish uyg’otish;
2) ertak, hikoya, she'rlarni berilib tinglash, tushunish, voqealar rivojini diqqat
bilan kuzatish ko’nikmalarini hosil qilish;
3) asar mazmuni bo’yicha beriladigan savollarga javob berish;
4) ertak va hikoyalarning mazmunini buzmay (o’qituvchi bilan birga,
keyinchalik mustaqil) takrorlash kabi ko’nikmalarni o’stirish;
5) o’quvchilarda asarlarga ishlangan rasmlarga
nisbatan qiziqishni
rivojlantirish.
“O’quvchilar bog’chasida ta'lim-tarbiya dasturi”ga binoan, o’quvchilarni
badiiy adabiyot bilan tanishtirish deganda ertaklar, hikoyalar, she'rlar va kichik-
kichik folklor asarlari: hazillar, ermaklar, ashulalar, tez aytishlar, maqol va
matallarni o'qish tushuniladi.
Kichik sinf dan boshlab o’quvchilarni adabiy asar janrlarini ajrata olishga
o'rgatish lozim.
O’qituvchi o’quvchilarga badiiy asarning janrini aytishi kerak. Masalan,
“Bugun men sizlarga ertak aytib beraman”, “Hozir men hikoya o'qib beraman”,
“She'r o'qib beraman” kabi.
Kichik sinf o’quvchilari badiiy asar janri haqida eshitishi bilan “Masha va
ayiq”, ‘Qizg'anchiq it”, “Mushuk, xo'roz va tulki”, “Bo'ri bilan echki” ertak
ekanligini, X. Ermatovning “Non”, “Shaftoli” asarlari she'r ekanligini, X.
To'xtaboyevning “Hassa”, E. A'zamning “May yomg'iri” asarlari hikoya
ekanligini esda olib qoladilar
6
. O’quvchilarni badiiy adabiyot bilan
6
Jumaboyev.M. Bolalar adabiyoti va folklor. Toshkent.2002-yil
45
tanishtirishda ertaklar hikoya qilib beriladi, hikoya o'qib beriladi, she'r yoddan
aytib beriladi.
Turli adabiy janrlar ularni o’quvchilarga yetkazishning turli xarakterini talab
etadi. Kichik maktabgacha yoshdagi o’quvchilarga ertaklami kitobdan o'qib
bermasdan hikoya qilib bergan ma'qul, bu o’quvchilarga emotsional ta'sir
o'tkazishni kuchaytiradi, ertakning asosiy mazmunini tushunib olishga yordam
beradi. Agar o’qituvchi kitobga qaramay, o’quvchilarga qarab hikoya qilsa, u
xuddi har bir o’quvchi bilan gaplashayotgandek boMib, bu orqali monolog
nutqni eshitish va uni tushunish malakasini tarbiyalashga erishadi. Agar ertak
mazmun jihatdan uncha katta bo'lmasa, uni ikki, hatto uch martagacha hikoya
qilib berishi yoki eng qiziqarli joylarini takrorlashi mumkin.
Asar hikoya qilib berilgach, o’quvchilardan ertakdagi eng qiziqarli joylarini
esga tushirib takrorlash taklif etiladi.
Kichik yoshdagi o’quvchilar uchun hajmi uncha katta bolmagan hikoya va
ertaklami, she'rlarni o'qib berish tavsiya etiladi. O. Mahkamovning “Mushuk”,
X. Ermatovning “Non”, “Shaftoli”, “Anor” kabi asarlari kichkintoylarda ijobiy
his-tuyg'ularni, nafosatni tarbiyalashga yordam beradi.
Kichik sinflarda she'r yoki hikoyalar o'qib berilgach, o’quvchilarga o'z
hayotlaridagi shunga yaqin voqealarni eslab aytib berish taklif etiladi.
Masalan, M.Murodovning “То'р” hikoyasi o'qib berilgach, o’quvchilardan
to'pni kim bilan o'ynashini, u bilan qanday o'yinlar o'ynashlarini so'rash
mumkin.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga ko'plab savollar berish yaramaydi, biroq asar
mazmunini qanday tushunib olganliklarini, qaysi so'zlar xotirasida qolganligini,
asar mazmunida uning shaxsiy hayoti bilan bog'liq voqealar borligini aniqlash
maqsadida ikkita-uchta savol berish kerak.
Yil davomida o’quvchilarga tanish bo'lgan hikoyalar, ertaklar, she'rlar
takroran o'qib beriladi, hikoya qilinadi. Bu ertak va hikoyalar, she'rlarning
o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanib qolishiga yordam beradi.
46
O'rta sinfda badiiy asarlarni idrok etish bo'yicha ishlar olib boriladi. Bu sinf
o’quvchilari endi asar mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar. O’quvchilar
asardagi qahramonlarga nisbatan o'z munosabatlarini aniqroq ifoda etishga
harakat qiladilar. Bu sinfda ham xuddi kichik sinfdagidek, o’qituvchi
tanishtirayotgan adabiy asar janrini aytadi: Hozir men sizlarga o'zbek xalq
ertaklaridan “Oltin tarvuz” ertagini hikoya qilib beraman yoki L. N. Tolstoyning
“Ikki o'rtoq” hikoyasini o'qib beraman va h. k.
Bu sinfda adabiy asar mavzulari juda xilma-xildir. O’qituvchi o’quvchilar
diqqatini asarning mazmunigagina emas, balki adabiy tilning ayrim
xususiyatlariga (badiiy so'z va ifoda, o'xshatish va taqqoslash) ham yo'naltiradi.
O’qituvchi asarni o'qib bergach, o’quvchilarga beriladigan savollarni puxta
o'ylab, to'g'ri berishi kerak. O’quvchilarga beriladigan savol asardagi
qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga, ular haqidagi o'z fikrlarini
to'g'ri bayon etishga yordam berishi lozim.To'g'ri berilgan savol o’quvchilarni
o'ylashga, fikr yuritishga, xulosa chiqarishga undaydi.
Masalan, „Oltin tarvuz" ertagini hikoya qilib bergach, quyidagi savollarni
berish mumkin: “Bu ertakda nima haqida hikoya qilinadi? Sizga bu ertakda kim
nimasi bilan yoqdi? Laylakni davolagan chol haqida nima deyish mumkin? Boy
haqida-chi? Boy laylakning oyog'ini sindirib to'g'ri ish qildimi? Nima uchun
kambag'al cholning polizida oltin tarvuz unib chiqdi? Boyning polizida-chi?
Boyni laylak qanday jazoladi? Nima uchun laylak boyni jazoladi?
Bunday savollar o’quvchilar asar mazmunini qanday tushunib olganliklarini
va asar qahramonlariga nisbatan munosabatlari qanday ekanligini aniqlashga
yordam beradi. Badiiy asarni to'g'ri tahlil qilish badiiy nutqning qimmatini
oshiradi, o’quvchilarni mustaqil hikoya qilishga tayyorlaydi. O'rta sinfda ham
xuddi kichik sinfdagidek o’quvchilar lug'atini boyitish bo'yicha ishlar olib
boriladi, mashg'ulotda o'zlashtirilgan yangi so'zlarni mustahkamlash ustida ish
olib boriladi.
|