Pedagogika fakulteti



Yüklə 394,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix02.01.2022
ölçüsü394,4 Kb.
#44563
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
oqish darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydalanish

Boshlang’ich  sinflarda  adabiy  asarlarni  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatishda 

yangi vazifalarni hal etish nazarda tutiladi: o’quvchining yordamchi savollarisiz 

ertak  va  hikoyalarning  mazmunini  bir-biriga  bog'lab,  izchillik  bilan,  ifoda 

vositalaridan  foydalanib,  grammatik  tomondan  to'g'ri  bayon  eta  olishga 

o'rgatish. Endi bu sinfda ancha murakkab, hajmi kattaroq bo'lgan asarlarni qayta 

hikoya  qilish  taklif  etiladi.  (Bu  sinflarda  qayta  hikoya  qilish  uchun  tavsiya 

etilgan  asarlar  ro'yxati  „Badiiy  terma  kitob"da  ko'rsatilgan.  Tuzuvchilar:  S. 

G'oziyeva, D. Ochilova, L. Dolimova. Т., „o’qituvchi", 1993.) 

Masalan:  „Bo'ri bilan tulki"  (o'zbek xalq  ertagi),  „Chumchuq"  (o'zbek  xalq 

ertagi),  Gulxaniyning  „Toshbaqa  bilan  chayon"  masali,  „Zumrad  va  Qimmat" 

(o'zbek xalq ertagi ) va hokazolar. 

Adabiy  asarlarni  qayta  hikoya  qilish  mashg'ulotida  o’qituvchi  o'z  oldiga 

o’quvchilarning  bog'lanishli  nutqini  rivojlantirish,  matn  mazmunini  bir-biriga 

bog'lab,  ketma-ketlik  bilan,  nutqning  ifodali  vositalaridan  foydalanib,  aniq, 

grammatik  jihatdan  to'g'ri  bayon  etishga  o'rgatish  vazifasini  qo'yadi.  Qayta 

hikoya qilib berishga o'rgatish mashg'ulotini o'tkazish uslubiyoti (metodi) ushbu 

sinf o’quvchilari bog'lanishli nutqining rivojlanganlik darajasiga, o’qituvchining 

o'z  oldiga  qo'ygan  vazifasiga,  shuningdek,  qayta  hikoya  qilib  berish  uchun 

tavsiya  etilgan  adabiy  asar  matniga  bog'liq  bo'ladi.  Qayta  hikoya  qilib  berish 

mashg'uloti quyidagi qismlardan iborat bo'lishi mumkin: 



1. Kirish suhbati. Bu suhbat asar mazmunini idrok qilishga, o’quvchilarning 

tasavvurlarini  aniqlashga,  kerakli  emotsional  holatni  vujudga  keltirishga  va 

hokazolarga qaratilgandir. 

2. Badiiy asarni  o'qib  berish.  Asarni  dastlabki  o'qib berishda  o’quvchilarga 

uning  mazmunini  esda  saqlab  qolish  kerakligini,  so'ng  uni  qayta  hikoya  qilib 




                                                                                                                                           

29 


berish  lozimligini  ta'kidlamaslik  kerak,  aks  holda,  badiiy  asarning  g'oyaviy 

tomonini  idrok  eta  olmasligi  mumkin.  Asar  matnini  ma'noli  qilib,  ishtirok 

etuvchilarning  dialogini intonatsiya  bilan ajratib o'qib berish  (yoki hikoya  qilib 

berish) 


juda 

muhimdir. 

Shunday 

qilinganda 

o’quvchilarga  asardagi 

qahramonlarga  va  voqealarga  o'z  munosabatlarini  bildirishga  yordam  bergan 

bo'lamiz. 

3. O'qib 

berilgan 

asarning 

mazmuni 

va 

shakli 

yuzasidan 

suhbat.  O'qib  berilgan  yoki  hikoya  qilib  berilgan  asar  mazmuni 

yuzasidan 

beriladigan 

savollar 

oldindan 

yaxshilab 

o'ylab 

qo'yilgan 

bo'lishi kerak. 

Mashg'ulotning bu qismi uncha uzoq bo'lmasligi, o’quvchilarga 4 — 5 savol 

berish bilan kifoyalanish lozim. 

4. Adabiy asar matnini ikkinchi marta o'qib berish (yoki hikoya qilib berish). 

O'qib  berishdan  avval  o’qituvchi  o’quvchilarga  asarni  diqqat  bilan  tinglashni, 

lining  mazmunini  esda  olib  qolishni,  keyin  qayta  hikoya  qilib  berishlarini 

ta'kidlaydi. 



5. O’quvchilar tomonidan asarni qayta hikoya qilib berish. Misol tariqasida 

o'zbek  xalq  ertaklaridan  „Uch  tulki"  ertagini  qayta  hikoya  qilish  mashg'ulotini 

keltiramiz. 

O’qituvchi  ertakni  o'qib  berishdan  (yoki  hikoya  qilib  berishdan)  avval 

o’quvchilarga  quyon,  qo'ng'iroq,  eshak  va  tulkining,  o’quvchisi  xo'tikning, 

tulkining  (ona  tulki,  ota  tulki)  rasmlarini  ko'rsatadi  va  o’quvchilardan  ularning 

nomini  so'raydi.  O’qituvchi  o’quvchilardan  tulki  qanday  hayvon  ekanligini, 

eshak,  uning  o’quvchisi  xo'tik,  quyon  qanday  hayvon  ekanligini  so'rab  oladi. 

So'ngra  o’qituvchi  o’quvchilarga  mana  shu  hayvonlar,  „Uch  tulki"  ertagida 

uchrashini  aytadi  va  o’quvchilarga  bu  ertakni  hikoya  qilib  beradi  (yoki  o'qib 

beradi).  Shundan  so'ng  asar  mazmuni  yuzasidan  savollar  beradi:  „Hozir  men 

sizlarga  qaysi  ertakni  hikoya  qilib  berdim?  Bu  ertak  qaysi  hiylagar  hayvon 

haqida  yozilgan?  Ertakdagi  tulkilar  qanday?  Rahmdilmi  yoki  hiylagarmi?  Ular 



                                                                                                                                           

30 


qanday  qilib  quyonni  aldashdi?  Ertak  oxirida  tulkining  o’quvchisi  Qashqani 

(quyonni) qanday qilib aldaganini kirn eslab qoldi? 

O’qituvchi  o’quvchilarga  savollarga  hammalari  to'g'ri  va  aniq  ja-vob 

berganlarini, asar mazmuniga yaxshi tushunib olganlarini aytib, „Hozir men bu 

ertakni  yana  bir  marta  hikoya  qilib  beraman,  sizlar  esa  uni  diqqat  bilan 

tinglanglar, keyin uni menga qayta hikoya qilib berasizlar", — deydi. 

Asarni ikkinchi marta hikoya qilib bergach, 5 — 6 o’quvchini ertakni qayta 

hikoya  qilib  berishga  chiqaradi.  Har  bir  o’quvchining  qayta  hikoya  qilib 

berishlari baholanadi. Masalan: „Behzod ertakni juda qiziqarli, ifodali qilib aytib 

berdi,  ammo  lining  hikoyasi  to’liq  bo'lmadi.  U  ona  tulki  quyonni  qanday 

aldaganini hikoya qilib bermadi". 

Katta  sinf  o’quvchilarini  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatishda  turli  usullardan 

foydalaniladi: o’qituvchi tomonidan tuzilgan reja asosida qayta hikoya qilish

a) o’quvchilarga  tanish  bo'lgan  ikkita-uchta  asarlardan  birini  o'z  xohish-

istaklari bilan qayta hikoya qilish

d)  asarni  sahnalashtirib,  qayta  hikoya  qilish.  Katta  sinf  o’quvchilari 

o'rtoqlarining hikoyalarini baholashga jalb etiladi. 

Bunday  muhokamani  uyushtirish  metodik  jihatdan  juda  murakkab  bo'lib,  u 

o’qituvchidan  katta  mahoratni,  har  bir  o’quvchining  shaxsiy  xususiyatlarini 

bilishni talab etadi. Yana bu ishning murakkabligi shundan iboratki, o’quvchilar 

hamma  hikoyalarni  eslarida  saqlashlari  lozim  bo'ladi,  shuning  uchun 

o’quvchilarning  hikoyasini  yozib  borgani  ma'qul,  so'ngra  ularning  ba'zilarini 

muhokamadan  avval  o'qib  berishi  kerak.  Muhokamani  tashkil  etish 

o’quvchilarni qayta hikoya qilishdagi yaxshi va yomon tomonlarni seza olishga, 

o'rtoqlariga  nisbatan  xayrixohlik  bilan  munosabatda  bo'lishni  tarbiyalashga 

yordam beradi. 




                                                                                                                                           

31 



Yüklə 394,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin