I qism. Bog'lanishli nutq. „Tipratikanlar" rasmi bo'yicha hikoya qilish.
Dastur mazmuni. O’quvchilarning yovvoyi hayvonlar (tipra-tikanlar)
to'g'risidagi mavjud bilimlaridan foydalanib, rasm bo'yicha hikoya
qilishga o'rgatish.
II qism. Lug'at ishi. Topishmoqlarni topish.
Dastur mazmuni. O’quvchilarni topishmoqlardagi obrazli ifodalarning
mazmunini tushunishga o'rgatish.
III qism.
Nutqning
tovush
madaniyatini
tarbiyalash,
tovushlarining to'g'ri talaffuzini mustahkamlash.
Darsning mazmuni. tovushlarining to'g'ri talaffuzini aniqlash,
mustahkamlash, fonetik idrokni o'stirish, tovushlari bo'lgan so'zlarni aniq
va cho'zib talaffuz etishga o'rgatish.
Mashg'ulotning borishi. O’qituvchi o’quvchilarga tipratikan haqidagi
she'rni aytib beradi.
36
So'ngra o’qituvchi so'raydi: „Tipratikanning tanasi nimalar bilan
qoplangan?" (Ignalar bilan.) „Tipratikan qanday?" (Tikanli.) Tipratikan
haqidagi topishmoqni tinglashni taklif etadi:
Tikuvchimas, bichuvchimas,
Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan.
So'ng shu topishmoq yuzasidan ham savollar beradi: „Nima uchun:
ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan" deb aytilgan? (Chunki uning
tanasi ignalar bilan qoplangan, bironta yowoyi hayvon uni yemoqchi
bo'lsa, dumaloqlanib olib ignalarini tikkaytirib oladi, natijada uning
ignalari yovga (dushmaniga) sanchiladi. Biz ham uni tutib olmoqchi
bo'lsak, ignalarini qo'limizga sanchib olishi mumkin. Unga tegib
bo'lmaydi, tikanli.)
Yana bitta topishmoq aytadi:
„Ignalarini o'zi bilan olib yuradi, Tikishni esa bilmaycli".
O’qituvchi so'raydi: Nima uchun „Tikishni bilmaydi" deyilgan? Yana
qanday ignalar bor, ular nima uchun kerak? (Tikuv ignalari, tikish uchun.)
Tipratikanning ignalari bilan tikish uchun ishlatiladigan ignalar nimasi
bilan o'xshash? (ular o'tkir, uzun, ingichka.)
O’qituvchi „Tipratikanlar" rasmini („Yovvoyi hayvonlar" seriyali
rasmlardan) ko'rsatadi. O’quvchilarga uni diqqat bilan ko'rib chiqishni
taklif etadi va savollar beradi: „Bu rasmda nima tasvirlangan? Ona
tipratikan nima qilyapti? Tipratikan o’quvchilari-chi? Tipratikanlar nima
yeydi? Unga ignalar nima uchun kerak? U qanday? Tipratikanni nima
bilan taqqoslash mumkin?" Javoblarni tinglaydi va o’quvchilarga
tipratikanlar haqida aytilganlarni esdan chiqarmaslikni aytadi. Shu rasm
yuzasidan bir o’quvchining hikoyasi:
„Ona tipratikan va tipratikanchalar yashashar ekan. Kunlar-dan bir
kuni ular o'tloqqa sayr qilgani borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtlarni
ko'rib ularga tikilib qaray boshlabdi. Ikkita tipratikancha esa qo'ng'izga
37
qarab o'yiashibdi, bu kim ekan, bitta tipratikancha esa xuddi koptokka
o'xshab, dum-dumaloq bo'lib olibdi. Qo'ng'iz yiqilib tushgan edi,
tipratikancha qo'rqib, tumshug'ini ichkariga yashirdi".
Ikkinchi bir o’quvchining hikoyasi: Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Ona
tipratikan bilan tipratikanchalar yashar ekan. Kunlardan bir kun ular sayr
qilgani bog'ga borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtni ko'rib qoldi. Ikkita
kichkina tikanli tipratikanchalar chuvalchangni ko'rib qolib, unga qarab
turishibdi va qanday taqsimlab olishga hayron".
Uchinchi o’quvchining hikoyasi: „Tipratikanchalar va ona tipratikan
yashar ekan. Kunlardan bir kun ular o'rmonga sayr qilgani borishibdi.
Ikkita tipratikancha qo'ng'izni ushlab olishdi va uni taqsimlay olishmadi.
Ular qarasalar, shox-shabbalarning ostida bir ko'k rangdagi dum-dumaloq
narsa. Bu ularning akalari bo'lib, u qo'rqqanidan xuddi koptokka o'xshab
dum-dumaloq bo'lib olgan edi. Ular akalariga qarayotganlarida,
qo'ng'izlar qochib qolishdi".
O’qituvchi o’quvchilardan kimning hikoyasi nimasi bilan ko'proq
yoqqanligini, har bir tinglagan hikoyalarida qanday yangi va qiziqarli
narsalarni eshitganliklarini so'rab oladi.
Katta sinf o’quvchilari sekin-astalik bilan rasmda tasvirlangan tabiat
manzaralarini (peyzajni) tasvirlash bilan o'z hikoyalarini to'ldirib
boradilar. Masalan, „Qishki o'yinlar" rasmi yuzasidan o’quvchi shunday
hikoya qilishi mumkin: „Bu rasmda qish tasvirlangan. Kun iliq va
quyoshli. Osmon ko'm-ko'k, beg'ubor...". Rasm bo'yicha hikoya qilishga
bunday tasvirlashni kiritish o’quvchilarni manzarali (peyzajli) va
naturmort rasmlar bo'yicha hikoya tuzishga tayyorlaydi. Bu hikoya turi
maktabga tayyorlov sinfida tashkil etiladi. O’quvchilarni manzarali va
naturmort rasmlar bo'yicha hikoya qilishga o'rgatishning qiziqarli va
samarali uslubiyotini N. M. Zubareva ishlab chiqqan. Jumladan, ushbu
uslubiyotni u quyidagicha yoritadi: „ O’quvchilarni manzarali rasmni
idrok qilishga sekin-astalik bilan, ularning emotsional kayfiyatlariga
38
tayangan holda, tabiatni kuzatish bilan bog'lab o'rgatib boriladi.
Manzarali rasmni idrok qilishni tevarak-atrofdagi tabiatning rang-
barangligini va chiroyini kuzatish bilan (quyoshning chiqishi va botishi,
momaqaldiroq, oqshom, ob-havo (bulutli, ochiq), izg'irin shamol va
boshqalar) bog'lab olib borish kerak. Manzarali rasmni ко'rib chiqishda
quyidagi savollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: Rassom bizga bu
o'rmon haqida (ushbu daraxt, maysazor, o'tloq haqida) nimalarni hikoya
qilib bermoqchi bo'lgan? Nima uchun rassom o'zining rasmini shunday
nomlagan?
Rassomga
nima
qiziqroq,
chiroyliroq
ko'rinadi?
O’qituvchining „nima haqida...", „nima to'g'risida..." degan savollari
rasmning tavsifini aniqlashga, tabiat manzarasi to'g'risida aniq tavsif
berishga yordam beradi. U yoki bu rasmning badiiy g'oyasini yaxshi
tushunish va aniqlash uchun mustqadan, poetik (she'riy) asarlardan
foydalanish ma'qul. Bu o’quvchilarda, bir tomondan, barqaror diqqatning
vujudga kelishiga yordam bersa, ikkinchi tomondan, ularning kayfiyatini
ko'taradi, tasvirlash uchun o'xshatishlar, epitetlar, taqqoslashl ar va
kinoyalarni tanlashga yordam beradi".
Masalan, Safo Ochilning, „Ko'klam qo'shig'i", Shukur Sa'dullaning
„Bahor keldi", Zafar Diyorning „Qor", she'r-laridan, tabiat to'g'risidagi
o'zbek xalq qo'shiq va laparlaridan foydalanish mumkin
5
.
Rasmning g'oyasini tushunishga yordam berishda ushbu metodik usul
ham yordam berishi mumkin: o’qituvchi o’quvchilardan qor bilan
o'ynayotganlarida, uyda onalari bo'lmaganda, shifokor emlash uchun
kelganda va hokazo vaziyatlarda kayfiyatlari qanday bo'Iishini so'raydi.
O’qituvchining namuna-hikoyasi yoki ada-biy asarni o'qib berishi katta
ahamiyatga ega. Masalan,
V. Baksheyevning „YashiI bahor", O'. Tansiqboyevning „Kuz" rasmini
ko'zdan kechirishda mashg'ulotni O'tkir Hoshimovning „Tomchi haqida
5
Umarova M . va boshqalar 3- sinfda o’qish darslari , T., 2004-yil
39
ertak" hikoyasini, Qudrat Hikmatning „Bu qaysi fasl?" asaridan parcha
o'qib berish bilan tugallash mumkin.
Maktabga tayyorlov sinfida naturmortlarni ko'rib chiqish va tasvirlash
mashg'uloti tashkil etiladi. O’qituvchi doskaga uncha murakkab
bo'lmagan rasmni (naturmortni) yoki rasmda tasvirlangan idishlardan,
gullardan, mevalardan stol ustida, xuddi rasmda tasvirlangandek,
„naturmort" yasaydi. So'ngra o’quvchilarning o'zlari narsa-buyumlardan
„naturmort" yasaydilar va bir vaqtning o'zida „naturmortni" tasvirlaydilar:
rangini,
bo'yoqlarning
mosligini,
narsalarning
shaklini
aytib
tasvirlaydilar, keyin esa rasmdagi „naturmort" bilan taqqoslaydilar.
„Stoldagi naturmortni ko'rib chiqish o’quvchilarga narsa-buyumlarning
turli sifat xususiyatlarini, belgilarini aniqlashga yordam beradi, ularn ing
estetik sifatlari to'g'risidagi tasawurlari doirasini kengaytirishga ta'sir
etadi. O’quvchi sekin-astalik bilan mustaqil ravishda naturmortlarni
tasvirlashga o'tadi. Ushbu naturmort rasmlardan foydalanishi mumkin: D.
Nalbandyan „Gullar", I. Levitan „Siren", A. Lak-tinov „Fevral", I.
Mashkov „Tarvuz bilan naturmort", P. Kan-chalov „Deraza oldidagi
siren", A. Fatxullin „Nishona". Shuningdek, o’qituvchi mashg'ulotda
fotoetud reproduksiyalaridan ham foydalanishi mumkin. Y. Ryumkinning
„Olmalar", Y. Ignatovichning „Momaqaymoq" va „Moychechak"
rasmlarini ko'zdan kechirish yaxshi natijalar beradi.
|