Pedagogika fakulteti


 2.  Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish



Yüklə 394,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix02.01.2022
ölçüsü394,4 Kb.
#44563
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
oqish darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydalanish

1. 2.  Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish 

Qayta  hikoya  qilish  —  hikoya  qilishning  birinchi  turi  hisob-lanadi.  Qayta 

hikoya  qilish  tinglangan  badiiy  asarlarni  ma'noli  og'zaki  nutqda  takroriy 

aytishdir.  Qayta  hikoya  qilish  o’quvchilar  badiiy  nutqining  rivojlanishiga, 

emotsional  va  obrazli  so'zlarni  tanlashga  o'rgatadi,  jonli  so'zni  egallashga 

yordam  beradi,  asarni  tinglay  bilish,  uning  mazmunini  tushunish  ko'nikmasini 

o'sti-radi,  ularni  bayon  qilishdagi  izchillikni,  muallifning  ifoda  usulini  eslab 

qolishga,  asarni  tushunib,  jamoa  oldida  og'zaki  aytib  bera  olish  malakasini 

shakllantiradi. 

Qayta  hikoya  qilishga  o'rgatish  samarali  bo'lishi  uchun,  eng  avvalo,  qayta 

hikoya qilish uchun matnlarni to'g'ri tanlash lozim. 

Har  bir  asar  o’quvchilarda  jamiyatimiz  uchun  zarur  bo'lgan  sifatlarni 

tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak. Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda 

quyidagi  talablarga  amal  qilish  kerak:  yuqori  badiiy  qimmatga,  g'oyaviy-

mantiqiy  yo'nalishga  ega  bo'lishi,  jo'shqinligi,  fikrning  yangiligi  va  bayonning 

obrazliligi,  voqealarning  ketma-ketliligi,  mazmunining  qiziqarliligi.  Shu  bilan 

bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning o’quvchi yoshiga mos kelishini ham 

hisobga olish muhim ahamiyatga ega. 

Ushbu talablarga xalq ertaklari, hajmi uncha katta bo'lmagan hikoyalar misol 

bo'la  olishi  mumkin.  Shuningdek,  dasturda  o’quvchilarning  qayta  hikoyalariga 

bir qancha talablar qo'yilgan: 

3) ma'nosiga tushungan holda, ya'ni matnni to'liq tushunib hikoya qilish; 

4) asarni to'liq bayon etish, ya'ni asardagi muhim joylarini tashlab ketmasdan 

bayon etish; 

3) izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish

4) muallif 

matnidagi 

lug'atlardan 

va 

iboralardan 



foydalanish, 

ayrim so'zlarni ularning sinonimlari bilan almashtirish; 

5) to'g'ri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalarning bo'lmasligi; 

6) og'zagi 

nutq 

madaniyatiga 



e'tibor 

berish: 


qayta 

hikoya 


qilayotganda 

gavdani 


to'g'ri 

tutish, 


tinch 

turish, 


tinglovchilarga 


                                                                                                                                           

22 


murojaat 

qilish, 


nutqning 

intonatsion 

ma'nodorligidan 

(ifodalili- 

gidan) 

foydalanish, 

yetarlicha 

baland 


ovozda 

tovushlarni 

aniq 

talaffuz   etish. 



Ushbu  talablarning  barchasi  bir-biri  bilan  uzviy  ravishda  bog'liq  bo'lib, 

bulardan birortasini ham e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. 

Qayta hikoya qilishga o'rgatish usullari 

Ma'lumki, qayta hikoya qilish monolog nutqni shakllan-tirishda eng birinchi 

bosqich  hisoblanadi.  Shuning  uchun  har  bir  o’quvchi  qayta  hikoya  qilishni 

yaxshi egallab olishi shart. Buning uchun har xil usullardan foydalaniladi. Bular 

quyidagilar: 

1.  O’qituvchining 

o’quvchi 

bilan 


birga 

qayta 


hikoya 

qilishi. 

O’qituvchi  bu  usuldan  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatishning  dastlabki 

bosqichida,  ayniqsa,  hikoya  qilib  bera  olmaydigan  o’quvchilar  bilan 

ishlashda keng foydalanishi kerak. 

Qayta  hikoya  qilish  jarayonida  o’qituvchi  o’quvchilarga  sezdirmagan  holda 

gavdasini  to'g'rilashi,  imo-ishora,  ko'z  qarashi  bilan  dalda  berishi  mumkin, 

mashg'ulotning  oxirida  esa,  albatta,  o’quvchini  maqtash  kerak:  „Yasha,  endi 

boshqa o’quvchilarga hikoya qilish yengil bo'ladi. Faqat keyingi safar balandroq 

ovozda hikoya qilgin". 

2.  Qayta hikoyani takrorlash. 

Bu usuldan ko'proq o'rta va katta sinflarda foydalaniladi. Bu o’quvchi uchun 

ancha  murakkab  bo'lgan  usuldir,  chunki  u  o’qituvchining  hikoyasiga  alohida 

luqma  tashlash  (gap  qistirish)  bilan  birga,  to'liq  jumlalarni  ham  takrorlashiga 

to'g'ri keladi. 

3.  So'z va jumlalarni aytib turish. 

Bu  usul  qayta  hikoya  qilishning  ravonligini,  izchilligini  ta'minlaydi,  uzoq 

pauza  qilishga  yo'l  qo'ymaydi.  Bu  usuldan  ko'proq  o’quvchi  asar  matnining 

ayrim joylarini esdan chiqarganda foydalaniladi. 

Agar  o’quvchi  juda  yaxshi  hikoya  qilsa-yu,  biroq  nutq  sur'ati  juda  sekin 

bo'lsa, o’qituvchi pauza vaqtida sabr-toqat bilan hikoyaning davomini kuzatishi: 



                                                                                                                                           

23 


o’quvchining gavda holatiga e'tibor bilan qarashi, dalda berishi orqali  o’quvchi 

diqqatjni to'plashi kerak. 

Agar  o’quvchi  hikoya  qilayotgan  vaqtda  tebranib  (chayqalib)  tursa,  boshini 

egsa, qo'li bilan ortiqcha harakatlarni qilsa, uning hikoyasini bo'lib tanbeh berish 

yaramaydi, balki bunday hollarda imo-ishora, ko'z qarashi bilan uning xatosini, 

kamchiligini  tuzatishi,  hikoya  qilib  bergandan  keyin  esa  hammaga  eshitilarli 

qilib:  „Шкоуа  qilayotganingda  tinch  turishing,  boshingni  pastga  egmasdan, 

o'rtoqlaringga  qarab  turishing  kerak,  axir  ular  sening  hikoyangni  tinglashadi-

ku",  deb  aytishi  kerak.  O’qituvchi  o’quvchining  bu  nuqsonlarini  kundalikka 

belgilab  qo'ysa,  maqsadga  muvofiq  bo'ladi.  Chunki  keyingi  qayta  hikoya  qilib 

berish  mashg'ulotidan  oldin  yana  bir  marta  o’quvchini  ogohlantirishda  bundan 

foydalanadi.O’qituvchi 

aytib 

turish 


orqali, 

o’quvchini  qayta  hikoya 

qilayotganida yo'l qo'ygan grammatik xatolarni to'g'rilaydi. Bu usul qayta hikoya 

qilishga o'rgatishning keyingi bosqichlarida ham qo'llaniladi. 

4. Savollar berish. 

Bu usul keng tarqalgan bo'lib, u muqaddima (kirish) suhbatida va mashg'ulot 

jarayonida  qo'llaniladi.  Qayta  hikoya  qilish  mashg'ulotida  foydalaniladigan 

savollarni  shartli  ravishda  ishlatilishiga  va  maqsadiga  qarab  bir  qancha 

turkumga  ajratish  mumkin.  Hikoya  qilolmaydigan  o’quvchilarga  qayta  hikoya 

qilishni  boshlagunga  qadar  yordamchi  savollar  berish  mumkin,  bu  hikoyani 

boshlashga  yordam  beradi,  masalan:  „Sen  nima  haqida  hikoya  qilasan,  ola 

quyon  to'g'risidami?  Mayli,  kel  boshlaymiz.  Kunlardan  bir  kuni  jikkakkina  ola 

quyon sheriklariga...". Yoki: „Turna Tulkini o'zi bilan olib, osmonga ko'tarilibdi 

va  unga  nima  debdi?  Yerni  ko'ryapsanmi?  Mana  shu  Turnaning  aytgan 

gaplarini,  Tulkining  esa  javobini  aytib  bering...  Ha,  mushtumday...  Bu  yog'ini 

o'zing davom et". 

O’quvchi  qayta  hikoya  qilib  bergandan  keyin,  albatta,  savol  berishdan 

foydalanish  mumkin.  Bu  asar  mazmunini  o’quvchi  qay  darajada  tushunganini 

aniqlashga  yordam  beradi,  matnni  qayta  hikoya  qilayotgan  vaqtda  tashlab 

ketilgan joylarini tiklashga yordam beradi. 




                                                                                                                                           

24 


Ayrim  hollarda  qayta  hikoya  qilishdan  keyin  qahramonlarning  fe'l-atvori 

yoki ularning ifodali nutqi haqida savol berish mumkin. 

Qayta hikoya qilish o'rtasida uncha katta bo'lmagan mashqlar o'tkazish yoki 

ko'rsatma  berishdan  foydalanish  mumkin.  Shu-ningdek,  asar  matnining  ayrim 

joylarini yana bir marta takrorlash usulini qo'llash mumkin. 

5. Rag'batlantirish. 

Qayta  hikoya  qilish  jarayonida  o’qituvchi  o’quvchini  jilmayish,  boshini 

qimirlatish  (tasdiqlash),  qisqa  so'z  aytish  („Yasha",  „Barakalla")  bilan 

rag'batlantiradi. 

Qayta  hikoya  qilib  bergandan  so'ng  o’quvchini  maqtaydi.  Bunda  qayta 

hikoya qilishning biror ijobiy sifatini ta'kidlab o'tadi. 

6. Qismlar bo'yicha qayta hikoya qilish. 

Bu usul o’quvchilar idrokining qimmatini yo'qotmaydi, chunki qayta hikoya 

qilish  uchun  o’quvchilarga  mazmuni  tanish  bo'lgan  asar  tanlanadi.  Qismlar 

bo'yicha  qayta  hikoya  qilish  usulidan  foydalanib,  mashg'ulotni  tashkil  etish 

jarayoni o’quvchilardan kun davomida so'rash imkonini yaratib beradi. 

7.  Rollarga bo'lib qayta hikoya qilish. 

Bu  usul  nutqning  ma'nodorligini  (ifodaliligini)  shakllan-tirishga  yordam 

beradi. O’qituvchi tomonidan ishtirok etuvchi shaxslar xarakterining izohlanishi 

o’quvchilar  nutqining  oydinla-shishiga,  diqqatining  faollashishiga  katta  ta'sir 

etadi.  Rollarga  boiib  qayta  hikoya  qilish  o'rta  sinfdan  boshlab  qo'llaniladi.  Bu 

usuldan mashg'ulotning oxirida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

8.  O'yin usuli (dramalashtirilgan o'yin). 

Bu  usulda  personajlarning  (ishtirok  etuvchilarning)  luqma  tashlashlari 

harakatlar  bilan  boshqariladi:  o’quvchilar  imo-ishoradan,  hayvonlarning 

ovozlariga  taqlid  qilishdan  va  boshqalardan  keng  foydalanadilar,  biroq  o'yin 

uchun  hech  qanday  niqoblar,  dekoratsiyalar  talab  etilmaydi.  O’qituvchi  avval 

o'zi muallif nomidan gapiradi, so'ngra o’quvchi gapiradi. Dastlab rolni ijro etish 

uchun nutqi bo'sh rivojlangan o’quvchilar chiqariladi. Dramalashtirilgan o'yin 5 



                                                                                                                                           

25 


daqiqa  davom  etadi.  Turli  yosh  sinflarida  qayta  hikoya  qilib  berishga  o'rgatish 

mashg'ulotining tuzilishi (o'tkazish uslubiyoti) har xil bo'ladi. 

Qayta  hikoya  qilish  uchun  tanlangan  matn  o’quvchilar  uchun  tushunarli 

boiishi kerak. 

Qayta  hikoya  qilish  mashg'ulotlari  har  bir  yosh  sinfining  shaxsiy 

xususiyatlarini, ularning qayta hikoya qilish qobiliyatlarini hisobga olgan holda 

tuziladi. 

Bu  yoshdagi  o’quvchilarni  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatish  ularga  tanish 

bo'lgan  ertaklarni  („Bo'g'irsoq",  „Sholg'om",  „Bo'ri  bilan  echki",  „Ochko'z  it") 

takrorlashdan  boshlanadi.  O’qituvchi  kichkintoy  o’quvchilarni  qayta  hikoya 

qilishga  o'rgatishda  quyidagi  usuldan  foydalanadi.  O’quvchilar  o’qituvchining 

takroriy hikoyasidagi bitta-ikkita so'zni yoki to'liq gapni takrorlaydilar: 

— Chol bilan kampir... 

— Yashashar ekan. 

— Bir kuni chol... 

— Sholg'om ekibdi. 

So'ngra  o’quvchilar  sekin-asta  savollar  yordamida  qayta  hikoya  qilishga 

o'rgana  boshlaydilar.  Savollar  voqealar  ketma-ketligini  belgilashga,  ishtirok 

etuvchilarning nomini aytishga qaratilgan bo'ladi: 

— Bo'g'irsoq kimni uchratdi? 

— Quyonni. 

Agar  o’quvchi  ertakning  boshlanishini  yaxshi  eslab  qolgan  bo'lsa,  u  holda  uni 

mustaqil hikoya qilib bera oladi. So'ngra qayta hikoya qilish jarayonida o’quvchi 

qiynalsa,  o’qituvchi 

yordamlashadi,  ya'ni 

matnni 


esiga 

tushirishdan 

foydalaniladi, bu ertak mazmunini oson takrorlashga yordam beradi. 

Qisqa  xalq  ertaklarini  qayta  hikoya  qilishdan  so'ng  kichik  hajmdagi 

hikoyalarni  qayta  hikoya  qilishga  o'tishi  mumkin  (Mirmuhsin.  „Olxo'ri", 

„Tosh"). 

Mashg'ulotda  asarga  ishlangan  illustratsiyalar  ko'rsatiladi.  Ko'rsatish 

savollar,  ko'rsatmalar  berish  bilan  birga  qo'shib  olib  boriladi.  Illustratsiyalarni 




                                                                                                                                           

26 


asarni  o'qib  berishdan  avval  yoki  o'qib  bergandan  keyin  ko'rsatgan  ma'qul. 

O’qituvchi  shunday  deydi:  „Hozir  men  sizlarga  rasmlarni  ko'rsataman,  so'ngra 

hikoya  o'qib  beraman"  yoki  „Hozir  hikoyani  o'qib  beraman,  so'ng  rasmlarni 

ko'rsataman". 

Boshlang’ich  sinfda  o’quvchilarni  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatishda  ancha 

murakkab  bo'lgan  vazifalar  hal  etiladi:  o’quvchilarni  kichik  hajmli  va  tanish 

bo'lgan ertak va hikoyalarni hikoya qilib berishga o'rgatib qolmasdan, balki asar 

qahramonlarining  gaplarini  ifodali  qilib  bayon  etishga,  boshqa  o’quvchilarning 

qayta  hikoya  qilishlarini  diqqat  bilan  tinglashga  va  matnga  taalluqli  bo'lmagan 

jumlalarni topishga o'rgatadi. Ushbu sinfda o’quvchilar butun yil davomida 8 — 

10  ta  adabiy  matnni  (o'zbek  ertaklaridan  „Tulki  bilan  Turna",  „Maqtanchoq 

quyon",  „Fil  va  xo'roz",  „Ikki  o'rtoq",  A.  Oripovning  „Bobo  va  nabira" 

she'rining mazmunini qayta hikoya qiladilar.

4

 



O'rta sinf o’quvchilariga qayta hikoya qilishlari uchun tavsiya etilgan asarlar 

mavzusi, mazmuni va shakli jihatdan katta farq qiladi. Shuning uchun o'rta  sinf 

o’quvchilarini  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatishdagi  muhim  vazifa  —  bu  ularga 

asarning  mantiqiy  bog'lanishini,  uning  mazmunini  tushunib  olishga  yordam 

berishdir.  Bunga  asarni  dastlabki  o'qishdan  so'ng  o'tkaziladigan  suhbat  orqali 

erishish  mumkin.  Bunday  suhbatda  o’qituvchining  savol-lari  asosiy  metodik 

usul bo'lib hisoblanadi. 

Badiiy asarlar yuzasidan  savollar berilishi mumkin: 

1) asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi

2) voqeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi. Shuningdek, 

asar o'qib berilgandan keyingi suhbat o’quvchi 

nutqidagi lug'at boyligini aniqlash va faollashtirish, qahramon-larning ovozlarini 

ifodali bayon etishga ta'sir etish kabilarni amalga oshirishga yordam beradi. 

Adabiy matn o'qib berilgandan so'ng,  o’quvchilar asar maz-munini tushunib 

olganlarini aniqlash maqsadida matn yiizasidan qisqa suhbat o'tkaziladi. 

                                                 

2. 

4

 



Abdullayeva K. va boshqalar “Savod o’rgatish darslari ” T.“O’qituvchi”1996-yil 

 



                                                                                                                                           

27 


O’qituvchi o’quvchilarga shunday savollar beradi: „Ertak nima haqida ekan? 

Bu  ertakdagi  quyon  qanday?  (qo'rqoq,  yolg'onchi,  tarbiya  ko'rmagan.)  Quyon 

sheriklariga nima deb maqtanibdi va u bilan qanday voqea ro'y beribdi? Agar siz 

maqtanchoq  quyonchani  uchratib  qolsangiz,  unga  nima  degan  bo'lar  edingiz? 

(Uyalmaysanmi, 

maqtanchoqlik 

qilishga. 

Yolg'onchi, 

qo'rqoqsan-ku. 

Bundaylarni  biz  o'zimizga  sherik,  o'rtoq  qilib  olmaymiz,  u  bilan  birga 

o'ynamaymiz.) Asar matni yuzasidan suhbat o'tkazilgach, u ikkinchi marta o'qib 

yoki  hikoya  qilib  beriladi  va  o’quvchilar  tomonidan  qayta  hikoya  qildiriladi. 

O’qituvchi  o’quvchilarga  shunday  deydi:  „Endi  diqqat  bilan  tinglanglar.  Hozir 

men  bu  ertakni  yana  bir  marta  o'qib  (hikoya  qilib)  beraman.  So'ngra  sizlar 

menga  qayta  hikoya  qilib  berasizlar".  O'rta  sinfda  o’qituvchi  va  o’quvchining 

birgalikda  (hamkorlikda)  qayta  hikoya  qilishlaridan  keng  foydalaniladi. 

O’quvchi qayta  hikoya  qilayotganda  o’qituvchi  jumlalarni uning  esiga tushirib 

turadi,  esidan  chiqargan  so'zlarni  aytib  turadi.  Bu  qayta  hikoya  qilishning 

ravonligini  ta'minlaydi,  jumlalar  uzilib  qolishining  oldini  oladi.  Sekin-astalik 

bilan  o’quvchining  qayta  hikoya  qilishiga  talab  orta  boradi.  Endi  o’qituvchi 

o’quvchidan hikoyaning to'liq bo'lishini („Sen nima haqida hikoya qilib berishni 

esingdan  chiqarding?"),  asarni  qayta  hikoya  qilib  berayotganda  o’quvchi 

diqqatini  asardagi  personajlarning  so'zlarini  ifodali  qilib  aytib  berishga  jalb 

qilish  kerak.  Masalan:  „Tulki xo'rozdan derazadan qarashini qanday  so'raydi?" 

— „Samimiy, ayyorona"; „Maqtanchoq quyon o'rtoqlariga nima deb maqtandi?" 

—  „Be-e.  Yem  bo'lib  bo'pman.  Boshiga  chiqib  bir  tepdim,  til  tortmay  o'lib 

qoldi"  —  (Maqtanib,  gerdayib.)  Ushbu  sinfda  savollar  bo'yicha  qayta  hikoya 

qilishdan ham  foydalanish  mumkin. Ba'zi hollarda  o’quvchilar asar  mazmunini 

o'z  so'zlari  bilan  bayon  etadilar.  Bunday  holda  o’quvchi  tomonidan  tanlangan 

so'zlarni  muallifning  fikrini  aniq  va  to'g'ri  ifodalashini  nazorat  qilib  borishi 

kerak. 

O’quvchilarning qayta hikoya qilishlarini baholash muhim uslubiy (metodik) 

usullardan  hisoblanadi.  O'rta  sinfda  o’quvchilarning  hikoyasini  o’qituvchi 

baholaydi.  O’quvchilarning  qayta  hikoya  qilishini  baholashda  uning  yaxshi 




                                                                                                                                           

28 


tomonlarini va kamchiliklarini, harakatchanligini aytib, qisqa tahlil qilish lozim. 

Bu  bilan  quyidagi  dastur  vazifasini  bajarish  zarur:  o’quvchilarda  qayta  hikoya 

qilishd  matnga  to’g’ri  kelmaydigan  joylami  seza  olish  qobiliyatini  tarbiyalash. 

O’qituvchi  o’quvchilarni  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatish  orqali  ularning  nutq 

faolligini, mustaqilligini rivojlantirishga ta'sir etadi. 


Yüklə 394,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin