2. 2. O'yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o'rgatish
O’quvchilarning eng sevimli va qiziqarli mashg'ulotlaridan biri bu
o'yinchoqlarni ko'rib chiqish va tasvirlashdir. O'yinchoqlarga qarab
hikoya tuzishning ma'nosi juda keng. U o’quvchilarda axloqiy sifatlarni
tarbiyalaydi, birgalikda hikoya qilish malakalarini rivojlantiradi, xotira,
diqqat va irodani mashq qildiradi. Hayotda hosil qilgan tajribalarini,
idroklarini mustahkamlaydi; kam gapiradigan o’quvchilarning nutqiy
muloqotga kirishib ketishiga ta'sir etadi, ularning hayotlarini sermazmun
va
quvnoq
qiladi;
lug'atini
faollashtiradi,
bog'langan
nutqning
rivojlanishiga yordam beradi. O'yinchoqlar bo'yicha mashg'ulotn i tashkil
etishda o'yinchoqlarni tanlashga jiddiy e'tibor berish kerak. Kichik sinf
o’quvchilariga tasvirlash uchun taklif etiladigan o'yinchoqlar o'zining
ba'zi bir xususiyatlariga ega: o'yinchoqlar nomi bo'yicha bir xil bo'lishi mumkin,
biroq tashqi ko'rinishi jihatidan bir-biridan farq qilishi kerak (katta va kichkina
ayiqchalar; sochi mayda o'rilgan, do'ppi kiygan va sochiga lenta taqilgan
qo'g'irchoq; qizil va yashil piramidalar, kubiklar va hokazolar). O'yinchoqlarni
bu tartibda tanlash o’quvchilarning lug'atini faollashtirishga va taqqoslash
usulidan foydalanish asosida bog'lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Katta sinflarda taxminan quyidagi o'yinchoqlarni tanlash mumkin
(o’qituvchi oldindan o'yinchoqlar to'plami ro'yxatini tuzib qo'yadi):
Sentabr. Qog'ozdan yasalgan to'q sariq, zarg'aldoqrang bayroqcha; matodan
yasalgan yashil rangdagi bayroqcha; yog'ochdan yasalgan qo'ziqorin;
plastmassadan va metalldan qilingan chelakchalar; har xil kattalikdagi
qo'g'irchoqlar to'plami; qayiqchalar (o'yinchoqlar nimadan yasalganligini,
nomini, rangini bildiruvchi so'zlarni mustahkamlash uchun).
Noyabr. Soatlar, pochta qutisi, telefon, paroxod, avto-mobillar, samolyotlar
(shakl va fazoni bildiruvchi, oldinda, yuqorida, orqada kabi so'zlarni
mustahkamlash va tushuntiruvchi hikoyalar tuzish uchun).
Yanvar. Juft o'yinchoqlar to'plami: past va baland ikkita piramida; ikki xil
avtomobil; mushuk va kuchuk; har xil rangdagi ikkita otcha; ikkita har xil
41
qo'g'irchoq (o'ngda, chapda, yonda, ketma-ket so'zlarini mustahkamlash hamda
taqqoslovchi hikoya tuzish uchun).
Turli yosh sinflarida o'yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o'rgatish.
Kichik sinf. Ushbu sinfda o'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar
emotsional shaklda, odatdagi oddiy ta'-limiy o'yin ko'rinishida („Ajoyib
xaltacha", „Bu kim?", „Sen nimani topding?") olib boriladi.
O'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar ularni ko'rib chiqishdan
boshlanadi.
O’qituvchi o’quvchilar diqqatini o'yinchoqlarning tashqi
ko'rinishidagi xarakterli xususiyatlarga qaratadi (rangi, shakli, materiali),
ularning belgilarini bildiruvchi so'z-larning to'g'ri aytilishini nazorat qiladi.
Tasvirlash o’qituvchining savollari yordamida olib boriladi. Kichkintoylaiga
tugallangan hikoya berilmay, balki alohida jumlalar aytiladi, shuning uchun
savollar. Badiiy asarlarni o'qib berish mashg'ulotlariga o’qituvchining
tayyorlanishi
O’qituvchi badiiy asarlarni shunday o'qib yoki hikoya qilib berishi kerakki, u
o’quvchilarni o'ziga jalb qila olsin, o’quvchilar asardagi obrazlarning
siymolarini ko'z oldiga keltirib, tasawur qila olsinlar va hayajonlansinlar.
O’qituvchining badiiy asarlarni o'qib yoki hikoya qilib berishga tayyorgarligi
muallifning nima demoqchi ekanligini yoki xalq ertaklarining g'oyaviy
mazmunini, unda ishtirok etuvchilarning xarakter va o'zaro munosabatlarini
aniqlashdan boshlanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi o’quvchilar uchun yozilgan asarlarda
qahramonlarning xarakteridagi xususiyatlardan biri ajratib ko'rsatiladi. Masalan:
„Quyonning uychasi" ertagida tulki ayyor, kuchsizlar ustidan hukmronlik
qiluvchi, xo'roz esa botir, topqir, kuchsizlarni himoya qiluvchi sifatida
tasvirlanadi.
Asar shunday tarzda muhokama etib olingach, uni ifodali bayon etish ustida
ishlanadi. Bu uch yo'nalishda olib boriladi: 1) emotsional va obrazli ifodalilik,
intonatsiyaning xilma-xilligi va boyligi ustida ishlash; 2) asarning ayrim
42
qismlari o'rtasiga mantiqiy urg'u qo'yish; 3) aniq va to'g'ri talaffuzni hosil qilish;
har bir so'zni to'g'ri talaffuz etishga erishish kerak, shundagina o’quvchilar uni
to'g'ri idrok etadilar.
O’qituvchi bunday tayyorgarlik jarayonida adabiy asarning g'oyaviy
mazmuniga tushunib yetadi va matnni esda saqlay oladi, o'zining kichik
tinglovchilari bilan erkin muloqotda bo'ladi va uning nutqi ravon, aniq bo'lib,
ishonchli chiqadi, aytilayotgan so'z ishonarli, ta'sirchan, o’quvchilar uchun
tushunarli bo'ladi.
Agar o’qituvchi o’quvchilarga tanish bo'lgan asarni o'qib yoki hikoya qilib
bermoqchi bo'lsa, ilgari uni o’quvchilarga yetkazish ustida yetarli darajada
ishlagan bo'lsa, u vaqtda mashg'ulotga quyidagicha tayyorlanadi: asar matnini va
ilgari hosil qilingan ifodali o'qish vositalarini yodiga tushirish maqsadida uni bir
necha marta ovoz chiqarib o'qiydi, mashg'ulot rejasini tuzadi. Mashg'ulot
rejasida asarni o’quvchilarga qanday yetkazish o'qib berish yoki hikoya qilib
berish usuli ko'rsatiladi.
|