BOB. Oliy ta’limda umum kasbiy fanlarni o’qitishda modulli
texnologiyalarning nazariy asoslari.
I.1. Modulli o’qitish texnologiyalarining mazmun va mohiyati.
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya
etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan
demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati ko’rmoqda.
Zamonaviy bozor iqtisodiyotining shakllanishi korxonalar orasidagi
raqobat asosida, xalq xo’jaligining barcha tarmoq va zvenolarini keskin
rivojlanishini taqozo etadi. Chunki bozor iqtisodiyotini raqobatsiz tasavvur etib
bo’lmaydi. Korxonalar orasidagi raqobat o’z navbatida, ilm-fan, texnika
texnologiyaning yangi ilmiy texnik taraqqiyotining jadallashuviga olib keladi.
Shuning uchun ham bizning davlatimizda «Ta’lim to’g’risidagi» va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» Qonunlari qabul qilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan
isloh qilish, uni o’tishdan olgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xolos
etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini
yaratishdir. Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi oliy ma’lumotli
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, quyidagi shartlar asosida amalga oshirish
lozim:
Birinchidan - ilmiy texnik taraqqiyotining hozirgi zamon holati ilm-
fanning yuksalib borayotgan roli bilan belgilanadi. XX asrda ayniqsa uning
ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi o’zining eng katta sur’atlariga
erishdi. Oxirgi har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko’rsatgichlari ikki
marotaba oshib bormoqda.
Ilm-fan rivojining jadallashuvi va ilmiy-texnikaviy informatsiyaning jadal
o’sishiga va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponenta
8
qonuni bo’yicha rivoji uning ko’chkisimon o’sishini anglatadi. Demak, ilmiy-
texnikaviy informatsiyaning o’sishi ham, ko’chkisimon hisoblanadi. Jahonda har
yili minglab kitoblar, jurnallar chop etiladi va uni minglab dissertatsiyalar
himoya qilinadi.
Informatsiyaning yuksalib borayotgan ko’chkisimon oqimi tezligini
ta’minlash maqsadida zamonaviy telekommunikatsiyali informatsion tizimlar
qo’llanilmoqda.
Ilm-fan rivoji, bu oliy ma’lumotli mutaxasislarning faoliyat doirasidir.
Shuning uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o’ta
iqtidorlilariga zamonaviy informatsiya oqimini o’zlashtirishga, ilmiy tekshirish
faoliyati individual va mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirishga ilmiy-
texnikaviy informatsiya va o’quv ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishga
imkoniyat berishi lozim.
Ikkinchidan-hozirgi zamon fanining ko’chkisimon rivoji ikki, uch va
undan ortiq fanlari ulanishlarida yangi turdagi fanlar paydo bo’lishi bilan ham
ta’minlanadi. Masalan: geofizika, biogeokimyo, informatika, fizikokimyoviy
mexanika va hokazo. Fan darahti hosil bo’ladi. Ma’lum fanlar ulanishlarida
tug’ilgan yangi fan – bu yangi yo’nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy
masalalar demakdir. Bu masalalarni oliy maktabning iste’dodli bitiruvchilari hal
etishi lozim.
Shuning uchun kadrlar tayyorlashni zamonaviy tizimi, ularda o’ziga xos
va nostandart fikrlash qobiliyatini o’stirishi, o’z ustida doimiy ravishda chidam
va matonat bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirishi lozim.
Uchinchidan – ilm-fan rivojining ko’chkisimon rivoji va ilmiy texnikaviy
informatsiyaning shunga o’xshash o’sishi, informatsiyaning uzatish va qayta
ishlash tezligini oshishiga olib keladi, buning asosida esa hisoblash texnikasi
yotadi. Ta’limni individuallashtirilmasdan, zamonaviy informatsion tizimlardan
foydalanishni ko’z oldiga keltirish mumkin emas. Shuning uchun oliy maktab
9
oldiga kadrlar tayyorlash Miliiy dasturiga ko’rsatilganidek - «O’qishni, mustaqil
bilim olishni individuallashtirish hamda masofali ta’lim tizimi texnologiyasi va
vositalarni ishlab chiqish va o’zlashtirish» vazifasi qo’yilgan.
To’rtinchidan – ilmiy texnik taraqqiyotining xususiyati muxandislik
yechimlar turini keskin oshishi, materiallarning tezda almashinuvi, texnologik
jarayonlar mashinalar konstruktsiya, boshqarish tizimlarining avtomatlashtirish
darajasining oshishi, ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishga tadbiq etish
muddatlarini kamayishi hisoblanadi.
Beshinchidan-oliy maktabda jadallashayotgan
ilmiy
texnik
taraqqiyotining ortib boradigan talablariga to’la javob beradigan mutaxassislarni
tayyorlash uchun o’qitishni jadallashtirish, inson organizmini butun
imkoniyatini, uning ongini o’qitishda ishga solish zarur. Yangi simvolli
ko’rsatuvli o’qitishni jadallashtirish zarur. Bu esa o’quv jarayonida informatsiya
berilayotganida, o’quv materialini strukturalash va tizimga solish, o’qitishni
kompg’yuterlash o’quv televideniesidan foydalanish taqozo etadi.
Oltinchidan – har qaysi odam tug’ilgandan boshlab alohida individium
hisoblanadi, yahni har kimning o’ziga hos aqliy kurtaklari, ta’lim olishga
qobiliyati bo’ladi. Bundan kelib chiqqan holda, zamonaviy o’qitish tizimining
vazifasi insonning individual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilmog’i lozim.
Oliy maktab oldida turgan masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam
beradigan, zamonaviy talablarga ko’proq moslashgan kadrlar tayyorlashining
modul tizimidir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da bunga alohida e’tibor
qaratilgan, undan ta’kidlanganidek «Yangi pedagogik va axborot
texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni
o’qitishni jadallashtirish» lozim.
«Modulli o’qitish» termini xalqaro tushuncha - modul bilan bog’liq
bo’lib, uning bitta ma’nosi faoliyat ko’rsata oladigan o’zaro chambarchas
bog’liq elementlardan iborat bo’lgan tugunni bildiradi. Bu ma’noda u modulli
10
o’qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida
tushuniladi.
Modulli o’qitish-o’qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi,
chunki odam bosh miyasining o’zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir.
Modulli o’qitish asosan inson bosh miyasi to’qimalarining modulli tashkil
etilganligiga tayanadi.
Inson bosh miyasi to’qimasi, qariyib 15 mlrd. neyronlardan (nerv
xujayralari) yoki apparatli modullardan iborat. To’qima xujayralari bir-biri bilan
ko’p sonli to’qnashuvlarda bo’lishadi. Bir xujayra va uning o’simtasini boshqa
xujayra va uning o’simtasi bilan to’qnashuvlari soni 6 mingtagacha yetib boradi.
Demak, bosh miya to’qimasidagi to’qnashuvlar (kontaktlar) soni astronomik
sonni (1’000000000x6000) tashkil etadi. SHu nuqtai nazardan, modul o’quv
jarayonining bir hujayrasi sifatida qaraladi. Bu xujayra bir vaqtning o’zida
axboriy umumiylikka o’ziga xos yaxlitlik va tizimlilikka ega bo’lgan
elementlardan tashkil topgan bo’ladi
2
.
O’qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972
yil, YUNESKOning Tokiodagi Butunjaxon Konferentsiyasida so’z yuritilgan
edi. Modulli o’qitish texnologiyasi funktsional tizimlar, fikrlashning
neyrofiziologiyasi, pedagogika va psixologiyalarning umumiy nazariyasidan
kelib chiqadi.
Bu sohalardagi izlanishlarga ko’ra, to’qimasi modulli tashkil topgan inson
miyasi, axborotni kvant ko’rinishda (boshqacha aytganda, ma’lum hissalar
ko’rinishida) eng yaxshi jihatdan qabul qiladi.
Modulli o’qitish, kasbiy ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini xar
tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi
3
:
• modul - faoliyatlik asosida o’qitish mazmunini optimallash va
tizimlash dasturlarni o’zgaruvchanligi, moslashuvchanligini
ta’minlaydi;
2
Avliyoqulov N.H. O’qitishning modulli va p
еdagogik tеxnologiyasining amaliy asoslari. Buxoro, 2000.
3
S
еlеvko S.. «Sovrеmеnnoе obrazovatеlnoе tеxnologii» M. Izd. «Narodnoе obrazovaniе», 1998
.
11
• o’qitishni individuallashtirish;
• amaliy faoliyatga o’rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash
darajasida o’qitish samaradorligini nazorat qilish;
• kasbiy motivatsiya (qiziqtirish) asosida, o’qitish jarayonini
faollashtirish, mustaqillik va o’qitish imkoniyatlarini to’la ro’yobga
chiqarish.
Modulli o’qitishning xozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil
yondashuvni ajratib ko’rsatish mumkin: fan bo’yicha faoliyat yondashuvi va
tizimli faoliyat yondashuvi.
Bu yondashuvlar doirasida modul asosida mutaxassislar tayyorlashning
bir qator kontseptsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha kontseptsiyalar zamirida
faoliyat yondashuvi yotadi va bu nuqtai nazardan, o’qitish jarayoni to’laligicha
yoki muayyan fan doirasida, modulli ta’lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy
faoliyat elementlarini o’quvchi tomonidan ketma-ket o’zlashtirishga
yo’naltirilgan bo’ladi.
Turli kontseptsiyalar doirasida, modulli ta’lim dasturlari, turli xil tarkib va
tarkibiy tuzilmalardan iborat bo’ladi, turli shakldagi xujjatlarda taqdim etiladi,
ammo ularning barchasi quyidagi uchta asosiy tarkibiy qismni majburiy
ravishda o’z ichiga oladi:
maqsadli mazmuniy dastur;
turli ko’rinishlarga taqdim etilgan axborotlar banki
o’quvchilar uchun uslubiy ko’rsatmalar.
Shunday qilib, modulli o’qitish o’quv jarayonini tashkil etish shakli bo’lib,
unda o’qitish o’quv materialining mantiqan tugallangan birliklari modullarni
bosqichlar va qadamlar bo’yicha o’zlashtirishni anglatadi.
Modul amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari ma’ruzalar bilan birga
tuzilishi, ularni ma’ruzalar mazmunini o’rganiladigan yangi material bilan
to’ldirilishi kerak.
12
O’qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari
aniqlandi:
-
fanlar va modullar bo’yicha o’qitish
uzluksizligining
tahminlanishi;
-
modullararo metodik jihatdan asoslangan muvofiqlik o’rnatilishi;
-
fanning modulli tuzilishi tarkibining moslashuvchanligi;
-
talabalarning
qobiliyatiga ko’ra tabaqalanishi (dastlabki
modullardan so’ng, o’qituvchi ayrim talabalarga fanni individuallashtirishni
tavsiya etishi mumkin);
-
axborotni «siqib» berish natijasida o’qitishni jadallashtirish,
auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o’quv vaqti tarkibini, ma’ruzaviy,
amaliy (tajribaviy) mashg’ulotlar, individual hamda mustaqil ishlar uchun
ajratilgan soatlarni optimallashtirish.
Buning natijasida, talaba yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi.
O’qitishning modulli texnologiyasi o’qitishning qabul qilingan
tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi kerak.
Ta’lim
tamoyillarini tizimlashtirishga bo’lgan yondoshishlarda
quyidagicha fikrlar bildirilgan.
M.N.Skatkin ta’lim tamoyillarini quyidagicha belgilaydi: ilmiylik, har
tomonlamalik, hayot bilan aloqadorlik, tabaqalashtirish, tizimlilik, o’quv fanlari
orasidagi o’zaro aloqadorlik
4
.
M.G.Ogorodnikov esa o’z tadqiqotlarida ilmiylik, g’oyaviylik, tarixiylik,
tizimlilik, nazariya va amaliyotning birligi, ta’limning hayot bilan aloqasi
kabilarni asosiy tamoyillar sifatida ajratadi.
S.Ya.Batishev kasbiy ta’lim mazmunini ishlab chiqarish va mehnat
jarayoni rivojlanishi bilan uzviy bog’liq holda tasavvur etish kerak, deb
hisoblaydi va ta’limning quyidagi tamoyillarini belgilaydi: ilmiylik, tizimlilik va
joriylilik, amaliy ta’lim bilan ishlab chiqarish mehnatining birligi.
4
Skatkin M.N. M
еtodologiya i mеtodika pеdagogichеskix isslеdovaniy. M.: Pеdagogika, 1986. – 150 s
.
13
V.A. Skakun kasbiy ta’lim tamoysillarini quyidagicha talqin qiladi:
ilmiylik va g’oyaviylik; ta’lim va tarbiyani rivojlantirishning birligi; ilmiy-
texnika taraqqiyotiga ta’limning bog’liqligi; politexnizm; malakali ishchilarni
tayyorlash jihatlarning bir-biriga aloqasi; ta’limning birligi hamda tabaqalanishi.
A.P.Belyaeva ta’limda haqchillilik, ilmiylik, politexnikaviylik, tizimlilik,
muqobillilik, politexnik va kasbiy ta’limning birligi hamda o’zaro aloqasi;
fanlararo va majmuaviy o’zaro aloqadorlik, kasbiy safarbarlik, ta’limning
egiluvchanligi hamda turg’unligi, mujassamlanganligini uning asosiy tamoyillari
sifatida talqin etadi.
H.X.Avliyoqulov modulli o’qitish jarayonini faoliyatlilik, tizimli,
qiziqtirish, modullilik, muammolilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish
tamoyillariga muvofiq ishlab chiqishi lozim, deb ta’kidlaydi
5
.
O’qitishning modulli texnologiyasi, o’qitishning qabul qilingan
tamoyillariga muvofiq (2.1.-rasm) ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
5
Avliyoqulov N.X.Kasbiy fanlarni modulli o’qitish t
еxnologiyasi. Toshkеnt: «Yangi asr avlodi». 2004. – 106 b.
14
O’quv jarayonini tashkil etish shakli bo’lib, bunda o’qitish o’quv
materialining mantiqan tugallangan birligi – modullarni bosqichma-
bosqich o’zlashtirishga asoslanadi
Bosh miya to’qimalarining
modulli tashkil etilishi
Shaxsning individual
psixologik xususiyatlari
O’qitish mazmunini optimallash va tizimlash
O’qitish dasturlar o’zgaruvchanligini
tahminlash va individuallashtirish
Motivatsiya (qiziqish uyg’otish), mustaqillik
va talabalar imkoniyatlarini maksimal
darajada ro’yobga chiqarish
Amaliy faoliyatga o’rgatish
Dostları ilə paylaş: |