M u n d a r I j a



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/39
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#45130
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
ozgarmas tok qonunlari mavzusi boyicha labview dasturida virtual laboratoriya ishini ishlab chiqish

1.  Texnik  talablar:  Foydalaniladigan  kompyuter  ko‘rsatgichlari,  uzatiladigan 

tarmoq  ko‘rsatgichlari,  operasion  sistema  ko‘rsatgichlari.  (Texnik  talabga 

LabVIEW  qanday javob berilganligini ko‘rsatish kerak).  

2. Uslubiy talab: 

-virtual  laboratoriya  ishining  uslubiy  tomoni  real  laboratoriya  sharoitida  yo‘lga 

qo‘yib  bo‘lmaydigan  yoki  fizik  jarayon  yaqqol  vizual  ko‘rsatilishi  imkoni 

bo‘lmagan hollarda seziladi. Hozirgi zamon talabiga javob berishi mumkin bo‘lgan 

mutaxassis  bo‘lishi  uchun  talab  qilinayotgan  bilim  va  ko‘nikmalar  yildan  yilga 

ortib  bormoqda.  Fizika  yo‘nalishi  bo‘yicha  bakalavr  darajasini  oluvchi  talaba 

yetarli  amaliy  ko‘nikma  olishi  uchun  zamonaviy  asboblarning  ishlashini,  qanday 

fizik  jarayonga asoslanganligini nafaqat nazariy balki amaliy  jihatdan  laboratoriya 

mashg’ulotlarida  o‘rganilish  lozim.  Zamonaviy  ta’limning  bunday  talabini 

qondirish  uchun  laboratoiya  ishlari  va  xonalari  eng  zamonaviy  asbob  uskunalar 

hamda jixozlar bilan ta’minlanishi lozim.  

Laboratoriya  jihozlarini,  asboblarning  texnik  ko‘rsatgichlari  jihatidan  va 

ma’naviy jihatidan almashtirilish muddatlari tobora qisqarib hozirda ko‘pi bilan 4-

5  yilni  tashkil  qilmoqda.  Bu  jihat  texnik  ta’lim  berish  saviyasini  yuksak  darajada 

tutib turish uchun katta moliyaviy mablag’larni talab qiladi. Bu muammoni qisman 

hal  qilishning  eng  maqbul  yo‘llaridan  biri  bu  virtual  laboratoriya  ishlaridan 

foydalanishdir. 




 

28 


Kompyuter  yordamida  eng  zamonaviy,  eng  murakkab  fizik  jarayonga 

asoslangan  va  eng  qimmatli  va  eng  foydali  laboratoriya  ishlarining  ham  virtual 

modelini  yaratish  mumkin.  Bu  laboratoriya  ishlarining  modellari  LabVIEW 

dasturida yaratilganda esa dasturlash tezligi 5-8  marta tezlashadi. Dastur tan narxi 

arzon va eng asosiysi dasturni professional bo‘lmagan fizik injener ham tuza olishi 

mumkin.  LabVIEW  dasturida  yaratilgan  virtual  laboratiya  ishlarining  uslubiy 

afzalligi  shundaki,  qisqa  vaqt  ichida  bevosita  virtual  laboratoriya  ishlaridan 

foydalanish  davomida  virtual  laboratoriya  asbob  uskunalari  ko‘rinishi,  shakli, 

boshqarish  dastaklari  turini,  rangini  boshlang’ich  doimiylar  yoki  ma’lumotlar  va 

shartlarni tezkor almashtirish mumkin. 

3. Dizayn bo‘yicha talab. 

 

Virtual  laboratoriya  ishlari ko‘rinishi, shakli va  estetik didi bo‘yicha ba’zi 



talablarga javob berish lozim: 

1. Raqamlar,  belgilar,  so‘zlar  tushunarli,  asboblar  nomi,  o‘lchov  birligi 

standartlariga mos va aniq tushunarli hamda yangi o‘zbek lotin alifbosida yozilgan 

bo‘lishi lozim. 

2. Dasturdagi  gipperssilkalar,  kattaliklar  va  b irliklar  asosiy  matndan  ajralib 

turishi, boshqaruv dastaklari,  indikatorlar, kontrollerlar, shkalalar  iloji boricha real 

asbob  uskunalarda  qanday  ko‘rinishda  bo‘lsa shunday  yoki  shunga  yaqin  bo‘lishi 

lozim.  Bu  virtual  laboratoriyani  real  laboratoriya  ishiga  yaqinlashishiga  yordam 

beradi. 

3. Dastaklardan,  kontrollerlardan  sichqoncha  orqali  foydalanish  qulay  bo‘lishi 

uchun ularning shakli qulay va yetarlicha yirikroq bo‘lishi lozim.  

4. Virtual laboratoriya ishining panel oynasidan ortiqcha manzaralar, rasmlar va 

animasiyalar talabalar fikrini chalg’ishi yoki ortiqcha e’tibor tortishi tufayli ulardan 

foydalanmaslik  yoki  kam  foydalanish  lozim.  Virtual  laboratoriya  ishida 

foydalanilayotgan  effekt  yoki  animasiyalar  faqat  real  fizik  jarayonlarnigina 

ko‘rsatib berishi lozim. 

 

Shkala  raqamlari,  kattaliklarning  o‘lchov  birliklari  aniq,  yaqqol  ko‘rinib 



turishi, natijalarni yozib olish uchun qulay bo‘lishi lozim.  


 

29 



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin