§ 2.4. “Elektr va magnetizm” fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini virtual
laboratoriya ishlari yordamida olib borish tartibi.
Virtual laboratoriya ishlari yordamida laboratoriya mashg’ulotlarini olib
borish tartibi real laboratoriya mashg’ulotlarinikidan bir oz farq qiladi. Bu farq
laboratoriya
ishlarining
virtualligi,
kopyuterdan
foydalnish
kerakligi,
jarayonlarning borish tezligining yuqoriligi, ko‘p marta takrorlanish imkoniYati
borligi, bir mashg’ulot davomida bir emas bir nechta ishlarni bajarishga bemalol
vaqt etishi bilan belgilanadi.
Shuning uchun biz virtual laboratoriya ishlari yordamida laboratoriya
mashg’ulotlarini olib borish tartibini quyidagicha belgilash maqsadga muofiq deb
hisobladik.
Virtual laboratoriya ishlari joylashtirilgan papkadagi virtual laboratoriya ishi
ishga tushirilgach o‘quvchiga avvalom bor LabVIEW dasturining boshqaruv
tugmalarini ko‘rsatiladi va fazifalari o‘rgatiladi.
Old paneldagi asboblar va asboblar muruvatlari bilan tanishishi, ularni
rostlay olishi, boshqarishi kerak. Suning uchu VLI ning old paneli bilan o‘quvchini
batafsil tanishtirish kerak.
O‘quvchi avvalom bor nazariy bilimlar bilan tanishadi. Buning uchun
tegishli tugma bosilganda nazriy bilimlar bayon qilingan oyna chiqadi.
Yetarli nazariy bilimlar bilan tanishgach, o‘quvchi VLI ning bajarilish
tartibini o‘rganishi va shu tartib asosida VLI ni bajarishi lozim.
Ishni bajarib bo‘lgach o‘quvchi nazorat savollariga tegishli javoblar topadi
va yozma hisobot tayyorlaydi.
Har bir laboratoriya ishi uchun quyidagi tartibdagi umumiy mazmunda
iborat uslubiy qullanmalar yozilgan:
43
nazariy malumot
bajarilish tartibi
Bu uslubiy qo‘llanmalarga virtual laboratoriya ishining old panelidan
to‘g’ridan-to‘g’ri murojat qilish va kerak bo‘lganda orqaga qaytish mumkin.
O‘qituvchi yozma hisobotga qarab va VLI bajarilishini o‘quvchi qanday
bajarilishini ko‘rsatgach, jarayonlarning borishi to‘grisidagi tassavurlarini
namoyon qilgach o‘quvchini baholaydi.
Dostları ilə paylaş: |