Salmonellyozlar ichak infeksiyalari guruhiga mansub kasalliklardir. Ularni
salmonellalar turkumidagi bakteriyalar keltirib chiqaradi. Salmonellyozlar sporadik
va yoppasiga avj oladigan kasalliklardir.
Hozirgi vaqtda aholi o’rtasida ko’pgina yuqumli kasalliklarni kamaytirishda
katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. Biroq Shunga qaramay salmonellyozlar bilan
kasallanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. So’nggi yillarda dunyoning barcha
mamlakatlarida, jumladan sobiq ittifoqda ham salmonellyoz kasalliklari
ko’payganligi qayd qilingan.
Respublikamizda
barcha
chora-tadbirlarni
qo’llashimizga
qaramay
salmonellyoz kasalliklari ko’rsatkichi ancha yuqori. 100000 aholiga 10-15 to’g’ri
keladi. Bu ko’rsatkich 2 yoshgacha bo’lgan bolalar orasida yanada baland bo’lib,
o’rtacha 100-150 ni tashkil qiladi, ayrim viloyat va shaharlarda bundan ham
yuqoriroq. Keyingi yillarda O’zbekistonda salmonellyozlar epidemik jarayonida
o’zgarishlar yuz berdi - asosan bolalar muassasalariga qatnamaydigan 2 yoshgacha
bo’lgan bolalar kasallanadi. Salmonellyoz aksariyat tug’ruqxonalarda chala
tug’ilgan bolalar, shifoxonalarda davolanayotgan nimjon, kam quvvat bolalar
o’rtasida uchraydi. Salmonellyozlar etiologiyasida asosiy o’rin - 70-75% ni bitta
serotur – S. typhimurium egallaydi.