6
UMUMIY EPIDEMIOLOGIYA
MAVZU 1. EPIDEMIK JARAYON TO’G’RISIDAGI TA’LIMOT.
EPIDEMIK JARAYONNING OMILLARI VA RIVOJLANISH
MEXANIZMI
1. Maqsad:
Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotning asosiy mazmunini o’rganish,
shu bilimlar yordamida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarniig alohida guruhlarini
asoslab berish.
2.Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 4 soat.
3.Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1.Kirish.
3.2.Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar:
a) Epidemik jarayon omillari.
b) Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi.
v) Epidemik jarayonning ko’rinishlari.
4. Xulosa.
5.O’quv savollari:
Epidemik jarayonning omillari.
a) Biologik omil epidemik jarayonning sababchisi sifatida. Kasallik
manbai (rezervuar) kasallik qo’zg’atuvchilarining tur sifatida tabiatda
saqlanishi uchun zarur
yashash muhiti;
- obligat-patogen va shartli patogen kasallik qo’zg’atuvchilar qo’zg’atgan
antroponoz kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi;
- kasallik qo’zgatuvchilar populyatsiyasining virulentlik bo’yicha
geterogenligi (xilma-xilligi) va xo’jayin organizmining kasallikka moyilligining
turli darajada bo’lishi kasallikning har xil ko’rinishlarda namoyon bo’lishini
ta’minlovchi omil sifatida (kasallikning o’tkir, surunkali, tipik va atipik
ko’rinishlarining epidemiologik ahamiyati);
- kasallikning turli davrlarida bemorlarning epidemiologik jihatdan
xavfliligi;
- yuqumli kasallik belgisiz kechadigan turlarining epidemiologik
ahamiyati;
- hayvonlarning odamlar uchun patogen bo’lgan obligat-parazitlari
qo’zg’atgan zoonoz kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi;
- zoonoz kasalliklarda kasallik manbaining tavsifi;
- odamlar va hayvonlar uchun fakultativ parazitlar keltirib chiqargan
kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi.
b) Ijtimoiy omillar - epidemik jarayonni rivojlantiruvchi omil sifatida:
- turli guruhlarga taalluqli odamlar hayoti, mehnat faoliyatining
ahamiyati;
- aholi zichligi, turli yoshlardagi aholi guruhlari;
7
- migratsiya
jarayonining ahamiyati;
- tibbiy xizmat darajasining ahamiyati;
- uyushgan jamoalarning tuzilishi va ularning ta’siri.
v) Tabiiy omillar:
- tabiiy omillarning (quyosh nuri, namlik, muhit) odamlar organizmi
chidamliligiga va kasallik qo’zg’atuvchilarning ko’payishi tezligiga bevosita
ta’siri;
- tabiiy omillarning (ob-havo, landshaft, muhit) epidemik jarayon
rivojlanishiga bevosita ta’siri.
6. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini ochib beruvchi nazariy
bilimlarning umumlashuvi.
a) L. V. Gromashevskiyning yuqish mexanizmi to’g’risidagi nazariyasi.
-
kasallik qo’zg’atuvchilarning "xo’jayin" organizmida asosiy
joylashishiga mos ravishda tuzilgan yuqish mexanizmi turlari;
- yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llari va unda qatnashadigan omillar;
- zoonoz kasalliklar bir organizmdan ikkinchi organizmga o’tish
mexanizmining o’ziga xosligi;
- zoonoz kasalliklarning yuqish mexanizmi.
b) E. N. Pavlovskiyning tabiiy-o’choqli kasalliklar to’g’risidagi ta’limoti.
- tabiiy "antropurgik" o’choqlar degan tushunchalarni populyatsiya
nuqtai-nazardan tuShuntirish.
v) V. D. Belyakovning epidemik jarayonning o’z-o’zini boshqarishi
to’g’risidagi ta’limoti.
- epidemik jarayonda o’z-o’zini ichdan boshqarish mexanizmi;
- epidemik jarayonning rivojlanish davrlari (fazalari).
8. Epidemik jarayonning ko’rinishlari.
a) Epidemik jarayon kuchini (epizodik va epidemik kasallanish, onda-
sonda
uchraydigan kasallanish, epidemiya, pandemiya) ifodalovchi kategoriyalar;
b) epidemik jarayonning xududlar bo’yicha ko’rinishlari.
- antroponozlar va zoonozlar nozoareallarining o’ziga xosligi, global,
regional nozoareallar;
- yuqumli kasalliklar bilan kasallanishni hududlar bo’yicha ifodalash
yo’llari;
- nozoareallarni ifodalovchi omillar.
v) Epidemik jarayonning vaqt bo’yicha namoyon bo’lishi.
- epidemik jarayonning ko’p yillik o’zgarish bo’yicha namoyon bo’lishi;
- kasallanishning ko’p yillik epidemik tendensiyasini, epizodik
tebranishlarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar va
sabablar;
- kasallanishning yil davomida o’zgarishida epidemik jarayoning
namoyon bo’lishi;
- yillik, mavsumiy va birdaniga ro’y beradigan kasallanish darajalarini
yuzaga keltiruvchi sharoitlar va sabablar;
- epidemik jarayonning vaqt bo’yicha namoyon bo’lishini ifodalash
usullari.
8
g) Epidemik jarayonning aholi har xil guruhlari orasida namoyon
bo’lishi.
- kasallanishning aholi guruhlari bo’yicha taqsimlanishida yosh, kasb-
kor, genetik, ijtimoiy va
boshqa omillarning ahamiyati;
- kasallanishning aholi guruhlari orasida taqsimlanishini ifodalash
usullari.
9. Talaba quyidagilarni bilishi kerak:
9.1. Epidemiologiya fani to’g’risidagi tushuncha.
9.2. Epidemik jarayon va uning o’zaro bog’liq bo’lgan uchta bo’limi,
yuqish mexanizmi, kasallikning tabiiy o’chog’i, epidemik jarayonning o’z-o’zini
boshqarish mexanizmi to’g’risidagi tushuncha.
10. Amaliy ko’nikmalar.
10.1. Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotni epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlarni asoslash uchun qo’llash.
11. Mustaqil ish.
Mustaqil ravishda ishlash uchun qo’llanmada keltirilgan axborotlarni
o’rganish tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: