14
o’zgarishlari bu jarayonni harakatga keltiruvchi ijtimoiy, iqtisodiy va tabiiy
omillarning ko’p yoki kamligiga bog’liq bo’ladi. Ya’ni epidemiya xususiyatlari
bo’yicha o’zgarmas bo’lgan kasallik qo’zgatuvchilarining zararlangan
organizmdan zararlanmagan organizmga o’tishini kuchaytiruvchi ijtimoiy va tabiiy
omillar ta’siri ostida rivojlanadi.
Ijtimoiy va tabiiy omillar epidemik jarayonga faqatgina tezlashtiruvchi yoki
susaytiruvchi ta’sir qilib qolmay, balki bu jarayonning ichidan o’z-o’zini
boshqarishini ham ta’minlaydi.
Tabiiy omil - tashqi muhitdagi abiotik va biotik elementlarning uzluksiz yoki
biron-bir ijtimoiy muhit orqali epidemik jarayonga tezlashtiruvchi yoki
susaytiruvchi sifatidagi ta’siridir.
Shunday qilib, biologik, ijtimoiy va tabiiy omillar epidemik jarayonni
harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi.
Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotning ikkinchi qismi uning rivojlanish
mexanizmidir. Ya’ni epidemik jarayon qanday rivojlanadi?
Dostları ilə paylaş: