23
biror omil ta’sirida paydo bo’ladi degan tuShuncha kelib chiqadi.
6. Taqqoslash usuli. Ikki yoki undan ortiq kasalliklar bir xil qonuniyat
asosida tarqaladigan bo’lsa, shu kasalliklardan birortasini vrach batafsil o’rganib,
shu kasallik tarqalishiga sabab bo’lgan omillarni va shart-sharoitlarni aniqlagandan
keyin, boshqa taqqoslanayotgan kasalliklarning tarqalishiga ham shu sabablar va
shart-sharoitlar ta’sir qilgandir deb tahmin qilish mumkin.
Bajaradigan yoki oldiga qo’ygan maqsadiga muvofiq epidemiolog har xil
epidemiologik tekshiruv usullaridan foydalanishi mumkin.
Profilaktik tibbiyotning asosini, aholi har xil "guruhlari" o’rtasida tarqalgan
va tarqalishi mumkin bo’lgan kasalliklarning tarqalishi va rivojlanish
qonuniyatlarini o’rganuvchi epidemiologik tekshiruv usullari tashkil qiladi.
Aholini yoki aholi guruhlarini o’rganadigan tekshirishlarning hammasi ham
epidemiologik usulda olib borilavermaydi. Masalan, sotsiologlar, antropologlar,
sotsial psixologlar, iqtisodchilar va boshqa mutaxassislar ham o’zlarining
muammolarini aholi guruhlarini o’rganish yo’li bilan hal qiladilar, ammo ular
foydalanadigan usullar epidemiologik usullar degan so’z emas. Ularning
hammasining o’ziga xos tekshiruv usullari mavjud bo’lib, o’z maqsadlariga binoan
foydalanadilar.
Epidemiologik usul bu nima? Epidemiologik usul - bu bir qancha tekshiruv
usullar majmuasi bo’lib, bu usul yordamida kasalliklarning aholi o’rtasida har xil
jamoa va guruhlarda, turli kasb egalari, turli yoshdagi kishilar orasida hamda
yilning har xil fasllarida qanday darajada tarqalishi jarayonini kasallikning kelib
chiqishi va tarqalishiga sabab bo’luvchi asosiy omillarni, ijtimoiy va tabiiy shart-
sharoitlarini va ular o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni o’rganadi.
Epidemiologiya fani epidemik jarayon haqidagi fan bo’lganligi tufayli, Shu
epidemik jarayonning turli kasalliklarda o’ziga xos xususiyalarini o’rganish uchun
epidemiologik tekshiruv usullaridan foydalaniladi. Epidemiologik tekshiruv
usulining tarkibida quyidagi uslublar bo’lishi mumkin (2- jadval).
Dostları ilə paylaş: