2. Operativ (tezkorlik bilan o’tkaziladigan) epidemiologik tahlil. Bu tahlil kasallikning tarqalishiga ta’sir etuvchi omillarni va ularning ta’sir
etish davrining qachon boshlanganligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Buning
uchun har kunlik, haftalik uchragan kasallanishlar darajasini kasallanganlarning
yoshi, kasbi va bu kasalliklar etiologiyasini kasallik tarqalgan hududlarda kuzatib
boriladi.
Bunda faqat salmonellyozlar bilan kasallanish emas, balki o’tkir yuqumli
ichak kasalliklari bilan kasallanish darajasi ham tahlil qilinadi.
Odamlardan, hayvonlardan, parrandalardan, atrof muhit predmetlaridan
ajratib olingan salmonellalarning serologik turlari, fagotiplari, biologik
hususiyatlari va antibiotiklarga nisbatan chidamliligi xossalari haqida uzluksiz
ma’lumotlarga ega bo’lish, bu ma’lumotlarni tahlil qilish. Bunday tahlil
salmonellalarning "gospital" shtammlari paydo bo’lishini aniqlashga yordam
beradi.
Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat, ichimlik suvi, sut-qatiq mahsulotlarining
sifati
umumiy
ovqatlanish
korxonalarining
sanitariya
ahvoli
haqidagi
ma’lumotlarni tahlil qilish, ularni laboratoriya tekshiruvlaridan o’tkazib turish,
sog’lom aholini serologik usullar bilan tekshirib turish, ayniqsa epidemiologik
jihatdan ahamiyatli korxonalarda ishlovchi kishilarni. Aholi migratsiyasi haqidagi,
yangi tashkil bo’lgan jamoalar haqidagi, boshqa joylardan keltirilgan oziq-ovqat
mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish.