1. Shoshilinch profilaktikaga oilada, kvartirada, ish joyida, o’qishda, dam
olish vaqtida vabo bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo’lgan shaxslar yoki
kasallikni yuqtirish xavfi bo’yicha bir xil sharoitda bo’lgan shaxslar jalb
qilinadilar.
2. Shoshilinch profilaktika maqsadida tetratsiklin yoki doksatsiklin
buyuriladi.
Preparatlar
Bir martalik
dozasi (f.)
Sutka
davomida
qabul qilishlar
soni
Sutkalik
o’rtacha
doza (f-)
Qabul qilish
davomiyligi
(kunlarda)
Tetratsiklin
0,5-0,3
2-3
1,0
4
Doksatsiklin
0,1*
1-2
0,1
4
*birinchi sutkada - 0,2
Bolalarga quyidagicha belgilanadi:
15-17 yosh - kattalar dozasining 1/2 qismi
8-14 yosh kattalar dozasining 1/2 qismi
7 yosh kattalar dozasining 1/3 qismi
5-6 yosh - kattalar dozasining 1/4 qismi
4 yosh - kattalar dozasining 1/6 qismi
2-3 yosh - kattalar dozasining 1/8 qismi
1 yosh - kattalar dozasining 1/12 qismi
3. Vabo o’chog’ida yuqorida ko’rsatilgan preparatlarga chidamli bo’lgan
shtammlar topilganda, har bir konkret holat uchun antibiotikogramma hisobga
olingan holda tibbiy shtab tomonidan preparatlarni bekor qilish masalasi ko’rib
chiqiladi va sifloks, tarivid, peflatsin preparatlari beriladi.