O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Yuqish  mexanizmi.  A  gepatit  fekal-oral  mexanizm  bilan  tarqaladi,  bu 
jarayon suv, oziq-ovqat va maishiy yo’llar bilan amalga oshadi. Ko’p hollarda suv 
yo’li  asosiy  yuqish  yo’li  bo’lib  xizmat  qiladi.  Suv  omili  doimiy  yoki  epizodik 
tarzda  ta’sir  etib,  o’tkir  va  surunkali  suv  epidemiyalariga  (yoki  epidemik 
chaqnashlarga) sabab bo’ladi. Suv yo’lining yuqori faolligi Shu bilan izohlanadiki, 
hatto  vodoprovod  bosh  inshootlarida  suvni  tozalash  va  zararsizlantirish  sanitariya 
me’yorlari, qoidalariga rioya etilib bajarilganida ham A gepatitga nisbatan suvning 
epidemiologik  xavfsizligini  kafolatlay  olmaydi.  Buning  ustiga  vodoprovod 
tarmoqlari  va  markazlashmagan  suv  manbalarida  sanitar-texnik  holatning 
qoniqarsizligi  suvning  doimiy  ravishda  ikkilamchi  mikrob  ifloslanishi  xavfini 
tug’dirib  turadi.  A  gepatit  tarqalishida  suv  yo’li  bilan  berilishining  surunkali 
faolligi  etakchi  rol  o’ynaydi  hamda  bu  hol  aholi  ichimlik  suv  bilan  qoniqarsiz 
ta’minlangan,  oqava  suvlarni  va  chiqindilarni  zararsizlantirish  yomon 


 
162 
tashkillashtirilgan hududlarda kasallikning endemikligini va kasallanishning yuqori 
ko’rsatkichlarda  bo’lishini  ta’minlaydi.  Suv  ta’minotida,  kanalizatsiya  holatida, 
kommunal  qulayliklar  darajasida  jiddiy  kamchiliklar  mavjud  bo’lgan  Markaziy 
Osiyo  mintaqasida  bu  yaqqol  namoyon  bo’lmoqda.  Suv  tanqisligi  va  sifatining 
pastligi  A  gepatit  virusi  berilishining  maishiy  yo’li  faollashuviga  ko’maklashadi. 
Bu yo’l ayniqsa, shaxsiy gigiyena qoidalariga yetarlicha amal qilmaydigan bolalar 
o’rtasida  faoldir.  Oziq-ovqat  yo’li  bilan  zararlanish  o’tkir  va  aksariyat  hollarda 
surunkali tusda amalga oshadi. Bu yo’l bilan yuqishda termik ishlov berilmaydigan 
turli-tuman  oziq-ovqat  mahsulotlari  -  meva-chevalar,  sabzavotlar,  ko’katlar,  poliz 
mahsulotlari,  sharbatlar,  non  hamda  konditerlik  mahsulotlari  va  hokazolar 
yuqtirish  omillari  bo’lib  xizmat  qilishadi.  Bunda  ovqatni  tayyorlashda,  meva-
sabzavotlarni,  idishlarni  yuvishda  ishlatiladigan  ifloslangan  suv,  ovqat 
tayyorlashda  qatnashayotgan  zararlangan  kishining  qo’llari  yuqtirishning  oraliq 
omillari bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
Moyillik.  A  gepatitga  aholi  moyilligi  umumiy.  Og’rib  o’tganlarda  paydo 
bo’luvchi  immunitet  umrbod  saqlanib  qoladi.  Bu  hol  kasallik  epidemik  jarayoni 
ko’rinishlari o’ziga xosligiga ta’sir etuvchi omillardan biridir. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin