O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


 Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

3. Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan: 
Bolalar  muassasasi,    chaqaloqlar  uyi,  maktab-internat  va  boshqa 
muassasalarda  MKIning  tarqalgan  shakli  bilan  kasallanganlar  shifoxonaga 
yotqizilgandan so’ng: 
-  10  kun  muddatga  karantin  e’lon  qilinadi  (yangilarni  qabul  qilish,  bolalarni 
bir guruhdan boshqa guruhga o’tkazish mumkin emas); 
- tomoq, burun-halqum, teri qoplamlarini klinik kuzatib turish; 
- otolaringolog ishtirokida tibbiy ko’rikdan o’tkazib turish. 
Terisida  allergik  toshmalari  bor  bolalarning  tomoq,  burun-halqumlaridagi 
yallig’lanish  holatlariga  alohida  e’tibor  bilan  qarash  kerak.  Terisida  sababi  aniq 
bo’lmagan  toshmalari  bor  bo’lsa,  menigokokksemiyaga  gumon  qilinib, 
shifoxonaga  yotqiziladi.  Tomoq,  burun-xalkumda  patologik  o’zgarishlari 
bo’lganlari  ko’pchilikdan  ajratilib,  uyda  davolanadi.  Bemor  bilan  muloqotda 
bo’lganlar sutkada 2 marta termometriya qilinadi. 
- Bemor bilan muloqotda bo’lgan bolalar va bolalar muassasalarida ishlovchi 
katta  yoshdagilarni  2  marta  3-7  kun  oralatib  bakteriologik  tekshiruvdan  o’tkazish 
lozim. 
-  Bemor  aniqlangan sinf o’quvchilari va o’qituvchilari 1  marta  bakteriologik 
tekshiruvdan o’tkaziladi. 
-  Maktab-internatdagi  bemor  aniqlangan  sinf  o’quvchilari,  o’qituvchi  va 
tarbiyachilar ham 1 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. 
- Oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida esa: bemor agar birinchi kursda bo’lsa, 
hamma  kursdagilar,  yuqori  kursda  bo’lsa  faqat  u  bilan  muloqotda  bo’luvchilar  1 
marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. 


 
189 
-  Bolalar  muassasalarida,  maktab-internat,  maktabdagi  meningokokk 
tashuvchilar  uyida  va  izolyatorda  ajratib  qo’yiladi.  Katta  yoshdagi  tashuvchilar 
ajratilmaydi. 
-  Bolalar  jamoalari,  maktab,  lager-sanatoriylarda  aniqlangan  menigokokk 
tashuvchilar 
muassasalarga  qo’yilmaydi,  lekin  uning  jamoasidagilarda 
bakteriologik tekshiruv o’tkazilmaydi. 
-  Aniqlangan  tashuvchilar  4  kun  davomida  levomitsetin  0,5x  4,  ampitsillin 
0,25x  4  bilan  sanatsiya  qilinadi.  Katta  yoshdagilarga  esa  2  kun  davomida 
rifampisin 0,3x 2 beriladi. 
-  Sanatsiya  kursi  tugagandan  keyin  3  kun  o’tkazilib  bakteriologik  tekshiruv 
o’tkaziladi, manfiy natija olinsa jamoaga qo’yiladi. 
-  5  yoshgacha  bo’lgan  MKIning  tarqalgan  shakli  bilan  kasallanganlar  bilan 
muloqotda bo’lganlarga, ya’ni bolalarga 1,5 ml gammaglobulin, 5-7 yoshgacha 3,0 
ml  gammaglobulin  kechiktirmay  yuborish  kerak.  Gammaglobulinni  takror 
yuborish  6  oydan  keyin  o’tkaziladi.  Shoshilinch  profilaktika  maqsadida  A  va  S 
guruhga  kiruvchi  meningokokkning  polisaxarid  vaksinasidan  foydalaniladi. 
Vaksinatsiya  kasallik  aniqlangandan  keyin  5  kun  davomida  5  yosh  va  undan 
kattalarga o’tkaziladi. 
- Agar bemor o’quv yurtining 1 - kursida o’qisa 1 - kursdagilarning hammasi, 
yuqori kursda bo’lsa faqat muloqot qiluvchilargina vaksinatsiya qilinadi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin