O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epizootik  va  epidemik  jarayon  rivojlanish  mexanizmi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Epizootik  va  epidemik  jarayon  rivojlanish  mexanizmi.  Quturish  kasalligi 
qo’zg’atuvchisi  yovvoyi  hayvonlar  (tabiiy  o’choq)  va uy  hayvonlari  (antropurgik 
o’choqlar)  o’rtasida  doimiy  aylanib  yurishi  hisobiga  tabiatda  mavjud  bo’lishi 
mumkin.  Dunyoning  deyarli  barcha  hududlarida  tabiiy  quturish  hollari  turli 
hayvonlar  turlari  ishtirokida  doimiy  kuzatilib  turadi  (Evropada  -  qizil  tulki, 
Amerikada  -peses,  koyot,  skuns,  enot,  ko’rshapalak,  O’rta  Sharqda  -  bo’ri, 
Afrikada - chiya bo’ri). Agar odam qo’zg’atuvchining sirkulyatsiya jarayoniga faol 
ravishda  aralashmasa,  virus  antropurgik  o’choqlarda  uzoq  vaqtlar  saqlanishi 
mumkin.  Virus  sut  emizuvchilarning  ko’pchilik  turlariga  patogen  hisoblanadi. 
Shuning uchun tabiiy va antropurgik o’choqlarda turli hayvonlar  - bo’rilar, chiya 
bo’rilar,  tulkilar,  enot  itlari,  itlar,  muhhuklar,  yirik  va  mayda  shoxli  mollar 
zararlanishi  mumkin.  Lekin  itsimonlar  turiga  kiruvchi  hayvonlar  epizootik 
jarayonni shakllantirishda yetakchi o’rinni egallaydi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, 
itsimonlar turi to’da holda hayot kechirishadi va turlararo munosabatlar ko’pincha 
talashish,  jarohatlanish  bilan  kuzatiladi.  Hayvonlar  so’lagida  virus  kasallik 
alomatlari  yuzaga  chiqishdan  5  kun  burun  paydo  bo’ladi  va  kasallikning  butun 
klinik davri mobaynida mavjud bo’lib turadi, klinik davr esa kamdan-kam hollarda 
5  kundan  ortiq  davom  etadi  va  hamisha  o’lim  bilan  tugaydi.  Shunday  qilib, 
hayvonlar hayotining taxminan oxirgi 10 kunida yuqumli hisoblanadi. 
Turli hayvonlar so’lagida virusning bo’lishi va konsentratsiyasi bir xil emas. 
Kasal bo’ri  so’lagida  virus 90-100% hollarda  aniqlanadi.  Tulkilarda  esa 75-87%, 
itlarda 75%, sigirlarda esa - 45-47% hollarda virusni aniqlash mumkin. Itsimonlar 
so’lagida  yuqori  konsentratsiyada  gialuronidaza  fermenti  bo’lib,  u  virusning 
to’qimaga  kirishi  xususiyatini  oshiradi.  Bemor  odam  tabiiy  sharoitlarda 
epidemiologik  ahamiyatga  ega  emas.  Tailandda  gidrofobiyadan  o’lgan  odamlar 
ko’zini  shox  pardasini  ko’chirib  o’tkazish  operatsiyalari  natijasida  bir  nechta 


 
198 
kasallik  yuqish  hollari  qayd  etilgan.  Shuningdek,  bemorlarni  parvarishlash 
jarayonida  ma’lum  xavfsizlik  choralarini  qo’llash,  ehtiyot  bo’lish  zarur.  Odatda 
odam  quturgan  hayvonlar  jarohatlashi,  tishlashi  yoki  ko’proq  hollarda  ularning 
so’lagi tegishi natijasida kasallikni yuqtiradi. 
Yashirin davr shtammning virulentligiga, tishlangan joyiga va uning hajmiga 
bog’liq.  Yuz,  bosh,  bo’yin  va  qo’l  barmoqlaridagi  jarohatlar  ko’proq  xavfli. 
Jarohatning bunday joylashishida yashirin davri qisqa bo’ladi (bir necha kun  - 10 
kun  va  undan  yuqoriroq).  Organizmning  pastki  qismlari  jarohatlarida,  ayniqsa 
yuzaki yoki so’lak tegishidan iborat bo’lsa yashirin davr bir necha oyga cho’ziladi. 
Virus  bir  qancha  muddat  organizmga  kirgan  joyida  bo’ladi  (turli  mualliflar 
ma’lumotlariga  ko’ra  bir  necha  soatdan  -  6  kungacha).  So’ngra  u  markazga 
intiluvchi  harakatlanib,  dorsal  koreshok  gangliyalarida  nerv  tolalari  bo’ylab 
tarqaladi,  bosh  miyaning  kulrang  moddasiga  boradi  va  neyronlarda  ko’payadi. 
Yuqishning  muloqot  mexanizmi  orqali  bo’lishi  virusning  markazdan  qochuvchi 
nerv  tugunlari  va  so’lak  bezlari  kanalchalarida  ko’payishi  hamda  to’planishi 
hisobiga amalga oshadi. 
So’lak  bezlari  yo’llariga  virusning  chiqishi,  uning  so’lak  orqali  tishlash 
jarayonida  yuqishini  ta’minlaydi.  Shuni  ta’kidlash  joizki,  qutirgan  hayvon 
tishlagan  har  bir  odam  ham  kasallanavermaydi.  Qutirgan  itlar  tishlaganlardan 
taxminan  30%i,  bo’rilar  tishlaganidan  45  %i  kasallanishadi.  Bu  avvalo  jarohatga 
tushgan  infeksiya  miqdori  bilan  belgilanadi.  Bu  esa  o’z  navbatida  jarohatlangan 
joyga va uning hajmiga bog’liq. Ma’lumotlarga ko’ra, quturgan hayvonlar yuzdan 
tishlaganida  gidrofobiya  o’rtacha  90%  hollarda,  qo’l  va  barmoqlari 
jarohatlanishida  63%,  qo’l  va  oyoqlarni  proksimal  qismlarini  tishlaganda  23% 
hollarda kuzatiladi. 
Shtammlarning virulentligi turlicha bo’lib, bu  ham  kasallanishga ta’sir  etadi. 
Ayniqsa,  bo’ri  shtammlari  xavflidir.  Bolalar  kattalarga  nisbatan  infeksiyaga  o’ta 
moyil bo’ladilar. 
Quturishning tabiiy o’choqlari Avstraliya, Okeaniya va Antraktidadan boshqa 
hamma joylarda uchraydi. Antropurgik o’choqlarning ahamiyati dunyo miqiyosida 
ancha  pasayib  ketdi.  Lekin  O’zbekistonda  uysiz-daydi  itlar  ko’p  bo’lgani  uchun 
antropurgik o’choqlar ahamiyati kattadir. 
Quturish bilan kasallanish asosan quyidagilarga bog’liq: 
1) antirabik yordam uchun murojaat qilmaslik; 
2)  jarohatlanganlarning  antirabik  yordam  uchun  kech  murojaat  qilishlari 
bilan; 
3) emlash paytida rejimning buzilishi
4) immunizatsiya siklining tugallanmaganligi. 
Taxminan  60%  kasallanganlar  kasal  hayvon  bilan  muloqotda  bo’lgandan 
keyin  umuman  tibbiyot  muassasasiga  murojaat  qilmagan.  Kasallanganlar  orasida 
erkaklar taxminan 75%ni tashkil etishadi, bu ularning xo’jalik faoliyatlari va tabiiy 
o’choqlar  bilan  ko’p  duch  kelishi  ehtimolligiga  bog’liq.  Kasallik  odatda  kichik 
yoshdagi  bolalarda  (4  yoshgacha)  uchramaydi.  Bunga  sabab  ularning  yovvoyi  va 
daydi  hayvonlar  bilan  kam  muloqotda  bo’lishlaridadir  va  aksincha,  bunday 


 
199 
muloqotlarning  epidemiologik  ahamiyati  4-14  yoshdagi  bolalarda  (2,5%  atrofida) 
hamda  faol  mehnat  yoshidagilarda  -  20  dan  50  yoshgacha  (50%dan  yuqoriroq) 
oshadi. 
Odamlarning  gidrofobiyani  yuqtirishlari  va  ularning  kasallanishi  asosan 
turlicha bo’ladi. Yovvoyi hayvonlar va uy hayvonlaridan yuqtirishda mavsumiylik 
turlicha  bo’ladi.  Yovvoyi  hayvonlar  bilan  muloqot  yozda,  uy  hayvonlari  bilan 
muloqot esa yil davomida kuzatiladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin