Brusellez barcha joyda tarqalgan, lekin kasallanish holati chorvachilik qay
darajada rivojlanganligiga, xo’jalik tipiga, qo’zg’atuvchining turiga, epizootik
o’choq
faolligi
va
hajmiga,
veterinar-sanitariya
xizmat
saviyasiga,
chorvachilikning industrializatsiya darajasiga bevosita bog’liqdir.
Qo’y-echkilar brusellezi o’choqlarida ko’pincha guruhli kasallanishlar
kuzatiladi. Bunday o’choqlarda kasallanishga ikkita mavsumiy o’sish xosdir:
dastlabki o’sish yanvar-mart oylariga to’g’ri keladi va ommaviy qo’zilatish
mavsumi bilan bog’liqdir, ikkinchi o’sish esa may oylarida bo’lib, qo’ylar junini
qirqish, taxtlash jarayonlarida yuqish natijasidir. Qo’y sutidan tayyorlangan
brinzani iste’mol qilinadigan hududlarda uchinchi yozgi-kuzgi ko’tarilish ham
qayd etiladi, bunda ko’pincha shaharliklar kasallanishadi.
Qoramollar brusellezi o’choqlarida aksariyat sporadik kasallanish kuzatiladi
va ma’lum darajadagi o’sish bahorda - sigirlar ommaviy tug’adigan davrda qayd
etiladi, Shundan so’ng qisman pasayib butun laktatsiya mavsumi oxirigacha, ya’ni
noyabr oyigacha bir me’yorda saqlanib turadi.
Kishilar kasallanishining kasallangan hayvonlar va ularning mahsulotlari
bilan epidemiologik bog’liqligi brusellezga yaqqol kasbiy (professional) tus beradi.
Kasallangan kishilar orasida katta yoshlilar ko’pchilikni tashkil etishadi, lekin
brusellez keng tarqalgan mintaqalarda bolalar kasallanishi ham tez-tez uchrab
turadi.