O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Biogelmintozlar 
 
1. 
Opistorxoz, 
klonarxoz, 
metagonimoz, 
kanafietoz, 
paraganimoz, 
difillabotrioz,  fassiolyoz.  Bu  gelmintozlarga  tekshirish  baliq  tutish  bilan 
shug’ullanuvchi  kolxoz  va  sovxoz  ishchilari  va  ularning  oilasi,  baliqni  qayta 
ishlash  zavodi  ishchilari  va  ularning  oilalari,  o’rmonchilik  uchastkasi  ishchilari 
o’rtasida  har  yili  o’tkaziladi.  Shifoxonadagi  va  ambulatoriyadagi  bemorlarni  esa 


 
212 
klinik  ko’rsatma  bo’yicha  tekshiriladi.  Tekshiruv  usullaridan  Kato  usuli  ko’proq 
qo’llaniladi. 
2.  Exinokokkoz  va  alveokokkoz.  Ovchilar  va  ularning  oilalari,  veterinariya 
ishchilari,  itlar  bilan  Shug’ullanuvchilar,  hayvonot  bog’i  ishchilari,  qo’riqxona 
xodimlari, cho’ponlar tekshiriladi. Shifoxona va ambulatoriya bemorlari klinik va 
epidemiologik ko’rsatmalar bo’yicha, qolganlari esa 3-5 yilda I marta tekshiriladi. 
Tekshirish usullari: serologik, (RNGA) lateksagtlyutinatsiya reaksiyasi. 
3.  Teniarinxoz  Tekshirish  hayvonotchilik  xo’jaliklarida  ishlovchilar,  ferma 
ishchilari  va  ularning  oilalari,  go’sht  kombinati  ishchilari,  oshpazlar  o’rtasida, 
yilda 1 marta o’tkaziladi. 1% va undan yuqori zararlanish bo’lgan aholi punktlarida 
har  yili  20  %dan  kam  bo’lmagan  odamni  gijjaga  tekshirish  kerak.  Shifoxona  va 
ambulatoriya bemorlari esa klinik ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi. 
Tekshirish usullari: 
a) aholidan so’rab bilish usuli, ya’ni gijjalar (proglottidlar) ajralayotganligini 
so’raladi. Kato usuli. 
6) hayvonotchilik xo’jaliklari ishchilari, go’sht kombinati, oshpazlarni so’rash 
va anal teshigi atrofidan qirma olib tekshirish va Kato bo’yicha tekshirish. 
4.Tenioz.  Tekshirish  cho’chqachilik  xo’jaligi  ishchilari  va  ularning  oilalari, 
umumiy  ovqatlanish  korxonalari  ishchilari  o’rtasida  yilda  1  marta  o’tkaziladi. 
Epidemik o’choqda yashovchilar epidemik ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi (tenioz 
topilgan o’choq). 
Shifoxona va ambulatoriya bemorlari klinik ko’rsatma bo’yicha, ya’ni ularda 
dispeptik  holatlar,  parazit  bo’laklarining  ajralishi,  miya  o’smasi,  ensefalit, 
epilepsiya, demensiya kabilar kelib chiqqanda tekshiriladi. 
Tekshirish  usullari:  Perianal  qirma  usuli,  so’rab  bilish,  Kato  usuli,  erkak 
paporotniklar diagnostik degelmintizatsiya usullari (klinik ko’rsatma bo’yicha). 
Bundan tashqari RNGA usuli ham  qo’llaniladi. 
5. Trixinellyoz. Tekshirish epidemik va klinik ko’rsatma bo’yicha bemorlarni 
va trixinella bilan zararlangan cho’chqa, ayiq go’shti  yeb qo’ygan odamlar ichida 
o’tkaziladi. 
Tekshirish usullari: Serologik RNGA BI EM antigeni bilan, klinik ko’rsatma 
bilan mushaklar biopsiyasi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin