O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tabaqalari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tabaqalari 
I  tabaqa  -  600  mingdan  to  800  minggacha  bo’lgan  aholiga  xizmat 
ko’rsatiladigan. 
II  tabaqa  -  400  mingdan  to  600  minggacha  bo’lgan  aholiga  xizmat 
ko’rsatadigan. 
III tabaqa - 400 minggacha bo’lgan aholiga xizmat ko’rsatadi. 
Barcha sathlardagi DSENMlar bir xil tuzilishga ega. Ular tarkibiga sanitariya-
gigiyena, epidemiologiya bo’limlari kiradi. 
Sanitariya-gigiyena  bo’limiga  kommunal  gigiyena,  mehnat  gigiyenasi, 
ovqatlanish gigiyenasi, bolalar va o’smirlar gigiyenasi bo’limlari. 
Epidemiologiya  bo’limi  epidemiyaga  qarshi  kurashish  bo’linmasi 
parazitologiya bo’linmasi, immunologiya bo’limi va bakteriologik laboratoriyadan 
tashkil  topgan  bo’lib,  bu  bo’limlarda  epidemiolog,  parazitolog,  entomolog, 
immunolog  vrachlar  va  ularning  yordamchilari  xizmat  qiladilar.  Har  bir  sohadagi 
mutaxassislar  o’z  navbatida  yana  yuqumli  ichak  kasalliklari  epidemiologiyasi, 
havo-tomchi yo’li bilan o’tadigan kasalliklar epidemiologiyasi, o’ta xavfli yuqumli 
kasalliklar  epidemiologiyasi,  emlash  profilaktikasi  bilan  shug’ullanuvchi 
epidemiologlarga  bo’linadi.  Mikrobiologlar  ham  bakteriologlar,  virusologlar, 
serologlar  kabi  mutaxassisliklarga  bo’linadilar.  Parazitologiya  bo’linmasida 
gelmintolog,  parazitolog,  entomolog  va  hu  singari  boshqa  mutaxassisliklarga 
mansub bo’lgan kishilar xizmat qiladilar. 
Epidemiologiya  xizmatini  Respublika  Davlat  Bosh  sanitariya  vrachi 
boshqaradi, ayni paytda u sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari ham hisoblanadi. 
Muxtor Respublikalarda Davlat Bosh sanitariya vrachi muxtor respublika sog’liqni 
saqlash  vazirining o’rinbosari, o’lka,  viloyat,  shahar  va tumanlarda  mos  ravishda 
o’lka,  viloyat,  shahar  va  tuman  Davlat  Bosh  sanitariya  vrachlari  tomonidan 
boshqariladi. 
DSENMlar ikki xil boshqaruvchiga bo’ysunadi: ma’muriy masalalar bo’yicha 
tegishli yuqori sog’liqni saqlash, ya’ni tuman sog’liqni saqlash bo’limiga, Davlat 
sanitariya  nazorati  faoliyati  bo’yicha  yuqori  sanitariya  epidemiologiya  xizmati 
organlariga yoki idoralariga bo’ysunadi. DSENMning barcha faoliyatlari sog’liqni 
saqlash tizimidagi tashkilot va idoralar bilan yaqin aloqada olib boriladi. 


 
47 
 
 
 
Sanitariya epidemiologaya xizmatida 
boshqarishning tuzilishi 
Boshqarish 
sathi 

 
Sog’liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya 
epidemiologiya nazorati Departamenti 

 

Respublika DSENMi    
IV 

Viloyat, o’lka, muxtor Respublika DSENMi 
III 

Tumanlarga bo’lingan shahar DSENMi 
II 

Tumanlarga bo’linmagan shahar DSENMi 
II 

Shahardagi tuman DSENMi 


qishloq tuman DSENMi 

 
Tumanlarga bo’lingan davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari II 
sathdan  dastavval  tashkiliy  -  metodik  ishlarni  tanlangan  holda  davlat  sanitariya 
nazoratini  amalga  oshiradi.  Shahardagi  tuman  DSENMlari  hamisha  shahar  davlat 
sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga bo’ysunadilar. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin