Teri ostiga dori yuborish. Bu usul bilan emlash uchun jonsizlantirilgan
vaksinalarning barcha turlarini va ba’zi bir xil tirik vaksinalarni yuborish mumkin.
Teri ostiga vaksina yuborish uchun eng qulay joy qopqoqning pastki burchagidir,
chunki bu yerda nerv tolalari va qon tomirlari eng siyrak joylashgan.
Bundan tashqari teri osti yog’ kletchatkasiga (to’qimasi) boy joylarga- qorin
yon devorlariga, bilakning va sonning tashqi sathiga ham yuborish mumkin.
Teri orasiga yuborish. Bu usul juda kam miqdorda (0,1-0,2 ml) yuborish
bilan emlanadigan hollarda qo’llaniladi. Masalan: silga qarshi BCJ vaksinasi,
diagnostika-allergak reaksiyalar qo’yish uchun (tulyaremiya, brucellyoz, kuydirgi
kasalliklarida).
Bu usul uchun eng qulay joy - bilakning ichki sathidir. Teri orasiga (ichiga)
preparat to’g’ri yuborilganda igna kiritilgan joyda 5-8 mm li oqish shish hosil
bo’ladi. Agar shish hosil bo’lmasa, demak dori noto’g’ri yuborilgan bo’ladi.