O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

 
Axborot uchun ma’lumot 
 
Epidemiologik nazorat - bu DSENM faoliyatining epidemiyaga qarshi kurash 
tizimi  hisoblanib,  nazariy,  uslubiy,  tashkiliy  prinsiplari  asosida  epidemiologik 
holatni  dinamik  baholaydi,  kasallikning  oldini  olish  va  uni  kamaytirish,  ba’zi 
yuqumli kasalliklarni yo’qotishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. 
Epidemiologik nazoratning nazariy asosi - bu epidemiologik holatni o’rganish 
hisoblanib,  birinchi  navbatda  o’z-o’zini  boshqarish  nazariyasi  hisoblanadi.  Bu 
nazariy  epidemiologik  prognozda  qo’zg’atuvchini  epidemik  tarqalishida  parazit 
populyatsiyasida hosil bo’ladigan ichki qayta ko’rishini aniqlab beradi. 
Epidemiologik 
nazoratning 
uslubiy 
asosi 
epidemiologik 
usullar, 
epidemiologik  tahlil  va  epidemiologik  prognozdir.  Bu  nazariya  kasallanish 
strukturasini,  epidemiologik  prognozni  o’z  vaqtida  aniqlashni  va  Shu  bilan  birga 
o’tkaziladigan  chora-tadbirlarning  sifatini  va  epidemiyaga  qarshi  kurash  tizimini 
baholab beradi. 
Epidemiologik  nazoratning  tashkiliy  asosi  -  hozirgi  zamon  nazariyalarini 
boshqaruvchi  mutaxassislar  tomonidan  olib  boriladi,  epidemiyaga  qarshi  kurash 
ishlari epidemiyaga qarshi kurash tizimiga asoslanadi. 
Epidemiologik  nazorat  bu  DSENM  faoliyatining  epidemiyaga  qarshi  olib 
boradigan 
chora-tadbiri 
hisoblanadi. 
Boshqaruv 
tizimida 
epidemiologik 
diagnostika.  tashkiliy  va  uslubiy  nazorat  funksiyalari  tafovut  qilinadi. 
Epidemiologik  nazoratni  tashkillashtirilishi  epidemiolog  vrachlarning  malakasiga 
bog’liq  bo’ladi.  Epidemiologik  tahlilning  bosqichlari.  Epidemiologik  tahlilning 
asosiy  turlaridan  biri  retrospektiv  epidemiologik  tahlildir  (REA),  bunday  tahlil 
doim yilning oxirida o’tkazilib boshqa yillar bilan solishtiriladi. 
Retrospektiv  epidemiologik  tahlil  natijalari  ushbu  hududda  epidemiyaga 
qarshi  chora-tadbirlar  hisobot  yilida  qanday  olib  borilganligini  ham  baholaydi 
hamda hududda kasallikning tarqalish xususiyatlarini o’rganadi. 
Retrospektiv  epidemiologik  tahlilning  ikkinchi  bosqichi  epidemiyaga  qarshi 


 
101 
kurash rejasini tuzish hisoblanadi. 
Epidemiologik  tahlilning  uchinchi  bosqichi  bu  epidemiologik  nazorat  bo’lib 
quyidagicha bajariladi: 
- epidemiyaga qarshi rejalashtirilgan chora-tadbirlarni sistematik baholash; 
- epidemiyaning rivojlanishida ijtimoiy va tabiiy sharoitlarni ro’yxatga olish; 
- kasalliklarni epidemiologik kuzatish; 
- aniqlangan kasallik hodisalarini epidemiologik tekshirish. 
Kasallik  hodisalarini  epidemiologik  baholash  operativ  tahlilda  olingan 
materiallarga  asoslanib  birinchi  navbatda  epidemiyaning  rivojlanishida  tabiiy  va 
ijtimoiy  omillarning  o’zgarishi  epidemiyaga  qarshi  ishlar  rejasiga  o’zgartirishlar 
kiritish uchun ishlatiladi. Operativ epidemiologik tahlil REAning axborot manbasi 
sifatida ham qo’llaniladi. 
 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin