Endogen omillar korxonaning faoliyatiga bevosita bogʻliq va uning asosiy
parametrlarini aniq prognoz qilishning mumkin emasligi sababli. Endogen omillar
quyidagilarni oʻz ichiga oladi: texnologiyalarda oʻzgarishlar va asosiy vositalarning
tuzilishi, ularning funksional va iqtisodiy amortizatsiyasi; sotish bozorining salohiyati,
ishlab chiqarish hajmi, korxona raqobatbardoshligi; doimiy va oʻzgaruvchan
xarajatlar, ishlab chiqarish rentabelligi, sarmoyaning qaytarilishi; korxona
moliyalashtirish manbalari.
Korxonada noaniqlikning genetik omillari rentabellik darajasini va kapitalning
daromadliligini belgilovchi oʻzgaruvchan oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlib, korxona
ishlab chiqarish va biznes faoliyatini moliyalash sohasida bir qator xavflarni keltirib
chiqaradi.
Kredit xatari - tijorat bankining qarzni taqdim etish yoki toʻlashdan bosh tortishi
mumkinligidan iboratdir. Bu kredit boʻyicha foizlarni toʻlashga qodir emaslik va
qarzning asosiy miqdorini qoplash xavfi. Kredit xavfini belgilovchi omillar: kredit
muddati, foiz stavkasi, qaytarib olish tartibi, ikkilangan yoki sindikatlashgan (guruh)
kredit, kredit shartnomasining shartlari, tijorat bankining ishonchliligi.