Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti o. Sh. Mamanazarov



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/117
tarix02.01.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#46052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
2 5328126240308069820

 
Mas’ul muharrir: 
i.f.n., dotsent  D.R.Xairova 
 
 
Taqrizchilar:  R.X.Karlibayeva – TDIU, “Korporativ boshqaruv”  kafedrasi    
                                                         professori, i.f.d.  
                         
                         U.A.Shodmonova 
–  TAQI,  “Informatika  va  informatsion                                  
texnologiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Oʻzbеkistоn  Rеspublikаsi  Оliy  vа  oʻrtа  mахsus  tа’lim  vаzirligining  2019  yil,          
“20” -  iyuldаgi 654-sоnli buyrugʻigа аsоsаn oʻquv qoʻllanma sifаtidа nаshr etishgа 
ruхsаt bеrildi.  
 
 
© TAQI-2019  


 
  3 
 
KIRISH 
 
 
"Loyiha"  va  "loyihalarni  boshqarish"  soʻzlari  turli  sohalardagi  va  hukumat 
darajasidagi  menejerlar  tomonidan  ishlatiladigan  terminologiyada  aniq  belgilangan 
(mustahkam  oʻrnashgan).  Oʻzbekistonning  bozor  iqtisodiyotiga  kirishi  iqtisodiy  va 
boshqaruv  faoliyatining  ixtisoslashuv  darajasini  oshirish,  maxsus  rejalashtirish 
usullarini  ishlab  chiqish,  muddatlarni  nazorat  qilish  va  ijrochilar  oʻrtasidagi  oʻzaro 
aloqalarni tashkil qilishni talab etadi. Boshqarish ob’yektiga yangi yondashuv asoslari 
barcha  rivojlangan  mamlakatlardan  olingan    loyihalarni  boshqarish  konsepsiyasi 
hisoblanadi.  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev  Oʻzbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  28.12.2018  yildagi  oʻz  ma’ruzasida  ta’kidlaganidek, 
ayni paytda mamlakatimizda chet el investitsiyalari hisobidan 23 milliard dollarlik 456 
loyiha  amalga  oshirilmoqda.  2019  yilda  barcha  manbalar  hisobidan  138  trillion 
soʻmlik investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilgan, bu 2018 yilga nisbatan 16 foizga 
koʻpdir. 
 
Joriy  yil  bilan  taqqoslaganda  toʻgʻridan-toʻgʻri  xorijiy  investitsiyalar  hajmi 
deyarli 1,5 martaga oshib, 4,2 milliard dollarni tashkil etadi. Shu munosabat bilan 142 
zamonaviy korxonani ishga tushirish moʻljallanmoqda. 
 
Bugungi  kunda  Oʻzbekistonda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  va  ularning 
natijalari  etakchi  xalqaro  reyting  agentliklari  tomonidan  e’tirof  etilganligi  alohida 
ta’kidlanishi lozim. 
 
Shunday qilib, birinchi marta “FitchRatings” va “Standard & Poor” nufuzli 
reyting  agentliklari  tomonidan  mamlakatimizga  suveren  kreditning  xalqaro  reytingi 
berildi.  Ushbu  reyting  bahosi  “Barqaror”  prognozini  beradi,  bu  kelgusi  12-18  oy 
ichida  koʻrsatkichlar  pasayishi  ehtimoli  kamligini  bildiradi.  Davlatimiz  rahbari  oʻz 
ma’ruzasida  oliy  oʻquv  yurtlarining  ilmiy  salohiyatini  yanada  oshirish,  ilmiy  va 
ilmiy-pedagogik  kadrlarni  tayyorlashni  kengaytirishni  eng  muhim  masala  sifatida 
koʻtarib chiqdi. 
Zamonaviy  kompaniyalar,  turli  tarmoqlar  va  hatto  butun  davlatlar  oʻzlarini 
loyihaga  yoʻnaltirilgan  boʻlib,  natijada  loyihalarni  qanday  qilib  samarali  va  oqilona 


 
  4 
 
boshqarishni  oʻrganish  zarurligiga  tushunishadi.  Qadim  zamonlarda  amaliy  faoliyat 
sifatida  paydo  boʻlgan  va  20-asrning  ikkinchi  yarmida  ilmiy  va  uslubiy  intizom 
sifatida  shakllanishini  boshdan  kechirgan  loyihalarni  boshqarish,  xalqaro  va  milliy 
professional  tashkilotlar  va  standartlar  tizimi  bilan  bir  qatorda  oʻrnatilgan 
terminologiya va uslublar hamda vositalar toʻplamiga ega boʻlgan eng istiqbolli va eng 
koʻp talab qilingan boshqaruv metodologiyasiga aylandi. 
 
Soʻnggi  yillarda  oʻzining  rivojlanishida  loyiha  metodikasi  bir  qator  muhim 
bosqichlarni oʻtgan. 
 
K
oʻrib  chiqilayotgan 
uslublarni  ishlab  chiqishda  1950-1960  yillarda  asosiy 
vositalar  va  asosiy  metodologik  hamda  amaliy  yondashuvlar  yaratilganda  muhim 
natijalarga  erishildi.  Bundan  tashqari,  1970-1990  yillarda  professional  tashkilotlar 
tashkil  etildi  va  individual  (alohida)  loyihalarni  boshqarishda  ishlab  chiqilgan 
standartlashtirish va amaliyot usullari yaratildi. 
 
1990-yillarda  loyihalarni  boshqarish  (management  by  projects)  yordamida 
boshqarish tushunchasi paydo boʻldi va loyihalarni boshqarish bevosita kompaniyaga 
keldi. Koʻplab korxona va tashkilotlarda loyiha portfellari va dasturlarini boshqarish 
uchun  metodologiyalar  paydo  boʻldi,  loyihalarni  boshqarish  boʻyicha  korporativ 
tizimlari  (LBKT)  yaratildi.  Kompaniyalarda  loyiha  boshqaruvining  yetukligini 
oʻlchash  usullarini  ishlab  chiqish  zarurati  paydo  boʻldi  va  bunday  metodlar  ishlab 
chiqildi hamda standartlashtirildi. 
 
Soʻnggi  yillarda  moslashuvchan  loyiha  boshqaruvi  metodologiyalari 
mashhurlikka 
erishmoqda, 
ular 
umumlashtirilib, 
tushunilmoqda 
va 
faol 
ommalashmoqda. 
 
Bularning barchasi "Loyihalarni boshqarish" fanini oʻrganishning  dolzarbligi 
va oʻz vaqtida ekanligini belgilaydi. 
 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin