8
• loyihaning tuzilishini aniqlash (sub-maqsadlar, amalga oshiriladigan
ishlarning asosiy bosqichlari);
• zarur miqdor va manbalarni aniqlash;
• ijrochilarni, xususan, savdo-sotiq va tender savdoni oʻtkazish yoʻli bilan
tanlash;
• shartnomalarni tayyorlash va tuzish;
• loyihaning vaqtini belgilash, uni amalga oshirish rejasini tuzish, kerakli
resurslarni hisoblash;
• loyiha budjeti va smetani hisoblash;
• risklarni rejalashtirish va hisobga olish;
• loyihaning amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlash va boshqalar.
Loyihalarni
boshqarish
-
ishlarning
tarkibi
va
koʻlami,loyiha
ishtirokchilarining xarajatlari, vaqti, sifati va qondirilishi boʻyicha loyihada aniq
natijalarga erishish uchun zamonaviy uslublar, asbob-uskunalarni va boshqaruv
texnologiyalarini qoʻllash orqali uning maqsadlariga samarali erishishga qaratilgan
loyiha aylanishi davomida mehnat, moliyaviy va moddiy-texnika resurslarini
rejalashtirish, boshqarish, muvofiqlashtirish metodologiyasi.
Gʻarbda keng tarqalgan loyiha boshqaruvining "jarayon" tushunchasi qiziqish
uygʻotadi. Uning mohiyati loyiha boshqaruvining (LB) murakkab integratsiyalashgan
tabiati uning tarkibidagi jarayonlar va ularning oʻzaro bogʻliqligi bilan tavsiflanadi. Bu
holatda jarayonlar boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan
harakatlar va tartiblar sifatida tushuniladi.
Loyiha boshqaruvi sxemalari uchun quyidagi variantlar mavjud:
Dostları ilə paylaş: