10
oʻlchanganligi sabab boʻldi. Oxirgisi esa, oʻz navbatida, menejment mavzusini tashkil
etuvchi bir qator vazifalarni hal qilishning murakkabligiga (tizimliligiga) bogʻliq edi.
50-yillarning oxirlarida loyihalarni boshqarishning birinchi usullaridan biri
tarmoqni rejalashtirish va boshqarish usullari (CPM va PERT usullari) ishlab chiqildi.
Dastlab ular “Atlas” raketa dasturini va katta sintetik tolalar zavodini qurishda
foydalangan. 1960-yillarning oʻrtalarida bu uslublar faol oʻrganilib, va kamroq
darajada SSSRning kapital qurilish amaliyotiga joriy etila boshladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, 1930 yillar oxirida sovet olimlari Gantt jadvallari va
siklgrammalari yordamida taqvimli rejalashtirish va oqimli qurishning nazariy
asoslarini va amaliy usullarini ishlab chiqdilar, bu esa koʻp jihatdan keyinchalik
yaratilgan loyiha boshqaruv apparati poydevori hisoblanadi.
1970-yillarda Gʻarbda koʻplab yirik kompaniyalar, shiddatli raqobat sharoitida
oʻz faoliyatlarining kengayishi va murakkabligi bilan javob beradigan loyihalarni
boshqarish usullarini ishlab chiqish va qoʻllashni boshladi. Ushbu jarayonning
tezlashishi kompyuter axborotlarini ishlash tizimlarini keng joriy etish orqali
ta’minlandi. Hozirgi vaqtda loyiha boshqaruvi barcha rivojlangan mamlakatlarda
e’tirof etilgan investitsiya uslubiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: