21
p – orbitallarning uch xil bo`lishi uzaro 90° burchak ostida joylashgan fazoviy
koordinata uqlari 3-rasmda ko`rsatilgan. Xuddi shunday vaziyat d va f-orbitallarga
ham taalluqli (d orbitallarning fazoviy holatlari ham shu rasmda keltirilgan).
Har bir qobiqchada qancha orbital bo`lmasin, ular bir-biridan faqat fazoviy
holati jihatidan farq qiladi, ularning energetik farqlari yo`q. Atomdagi
elektronlarning energetik farqlari faqat n- va l qiymatlar orqali yuzaga kelib
chiqadi.
Yuqorida uchta kvant soni yordamida atomdagi elektronlarning yadrodan
qanday uzoqlikda va qanday energetik xususiyatga ega bo`lishini (n) elektron
harakat qiladigan orbitallarning xillari va sonlarini (l), shu orbitallarning fazoviy
holatlari qanday ekanligini aks ettiruvchi (m) kvant sonlarni ko`rib chiqdik
Ularning hammasi faqat elektron orbitallarni tavsiflovchi kattaliklardir, ular
elektronlarga xos xususiyatlarni aks ettirmaydi. Bu xususiyatlar to`rtinchi kvant
son — spin kvant son orqali ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: