O`zbekiston re spublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi


Fan bo’yicha bilim malaka va ko’nikmaga qo’yiladigan talablar



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#46740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
O`zbekiston re spublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat p

Fan bo’yicha bilim malaka va ko’nikmaga qo’yiladigan talablar.  

Bakalavr: 

1. dunyoqarash  tavsifidagi  bilimlar  tizimini  egallagan  bo’lishi,  gumanitar  va 

ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar  asosini,  davlat  siyosatining  dolzarb  masalalarini  bilishi; 

ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi; 

2. falsafa  tarixini  bilishi;  milliy    va  umuminsoniy  qadriyatlar  bo’yicha  o’z 

nuqtai  nazarini  bayon  etishi  hamda  ilmiy  asoslay  olishi,  milliy  falsafani  anglagan 

holda Vatan tuyg’usi shakllangan bo’lishi; 

3. tabiat  va  jamiyatda  yuz  berayotgan  jarayon  va  hodisalar  haqida  yaxlit 

tasavvurga ega bo’lishi, insonning ma’naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo’lishi, 

ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olishi

4. insonning  inson,  jamiyat,  atrof  muhitga  bo’lgan  munosabatini  tartibga 

soluvchi huquqiy va ahloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatda joriy qilishi

5. axborotni  to’plash,  saqlash,  ularga  ishlov  berish  va  ulardan  foydalanish 

usullarini  egallashi;  o’zining  kasbiy  faoliyatida  asosli  mustaqil  qarorlar  qabul  qila 

bilishi; 

6. bakalavriatning  mos  yo’nalishi  bo’yicha  raqobatbardosh  umumkasbiy 

tayyorgarlikka ega bo’lishi; 

7. yangi  bilimlarni  mustaqil  o’zlashtira  olishi,  takomillashtirishi  va  o’z 

mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi

8. dunyoning  global 

muammolaridan  xabardor  bo’lishi,  fundamental 

globallashuvni,  globallashuvning  boshqa  jihatlaridan  farqlay  olishi,  xususiy,  milliy, 

mintaqaviy muammolarni o’rganishi, ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtira olishi, 

9. sog’lom  turmush  tarzi  haqida  ilmiy  tasavvurga  va  e’tiqodga  ega  bo’lishi, 

o’zini jismonan takomillashtirish malakasi va ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. 


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin