Falsafiy tafakkur evolyutsiyasi. Qadimgi davr, o’rta asrlarda uyg’onish
davri falsafasi
Falsafa tarixini davrlashtirishning o’ziga xos xususiyatlari. Falsafiy tafakkur
shakllanishining ijtimoiy-tarixiy va ma’naviy asoslari.
Qadimgi YAqin va o’rta SHarqda diniy falsafiy fikrlar. Qadimgi Bobil va
Misrda tabiiy-ilmiy va falsafiy bilimlarning vujudga kelishi. Qadimgi Markaziy
Osiyoda zardo’shtiylik. Uning ijtimoiy-siyosiy asoslari. Qadimgi Hindiston
falsafasining asosiy masalalari va oqimlari.
Qadimgi Xitoy falsafasining paydo bo’lishi, bahs mavzulari va rivojlanishi.
Qadimgi YUnoniston va Rimda falsafaning shakllanishi. Antik falsafaning
kosmotsentrik xarakteri. SHarq va G’arb renessansi tushunchalari, ularning
o’xshashligi va tafovuti.
O’rta asrlar falsafasining teotsentristik mohiyati. Islom falsafasining
shakllanishi. O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda falsafiy fikr taraqqiyoti, uning asosiy
yo’nalishlari: ratsionalistik oqim va so’fiylik. 9-12 asr falsafasi va madaniyatining ilk
SHarq renessansi sifatida jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan o’rni.
Amir Temur va temuriylar davri fani va falsafasining asosiy xususiyatlari.
15-16 asrlar Markaziy Osiyo falsafasi gumanizmi.
O’rta asrlar G’arb falsafasida universaliylar masalasining muhokama etilishi:
nominalizm va realizm. Uyg’onish davri yevropa falsafasining antropotsentristik
mohiyati: uning teologiya va sxolastikadan gumanizm va fanga qarab rivojlanib
borishi. Uyg’onish davri falsafasining yo’nalishlari.
|