2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat,
xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;
ishlab chikarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab
chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga
qaratilgan faol investitsiya siyosatini
olib borish;
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda
mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani
bosqichma-bosqich kamaytirish;
faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari
samaradorligini oshirish,
yangilarini tashkil etish;
- eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini
diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va
safarbar etish;
3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:
- tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil
rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza
mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada
oshirish;
- paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, yerlarga kartoshka, sabzavot,
ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni
joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
- fermer xo‘jaliklari,
eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chikarish bilan bir
qatorda, qayta ishlash, Tayyorlash, saqlash, sotish, kurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsa-tish bilan
shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun
kulay shart-sharoitlar yaratish;
4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning
ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini
rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
- xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya kilishni ta’minlash, xususiy
tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga
to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat xam boy va kuchli bo‘ladi», degan tamoyilni
amalga oshirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik
muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va
nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
- davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini
soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini
kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga
xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni
faol jalb qilish;
5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini
oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va
mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil
qilish, yirik xo‘jalik birlashma-larining mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni
jadal rivojlantirish;
sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga karam
tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy budjetlarning daromad
bazasini kengaytirish;