Nihoyatda keng bilimli va o`tkir mushohadali, ilmning turli sohalarini mukammal
egallagan Beruniy yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash masalalariga ham jiddiy e`tibor
14
bergan. U pedagogika bo`yicha maxsus asar yozmagan bo`lsa-da, falsafa, psixologiya,
ijtimoiy masalalarni tahlil qilishda ta`lim-tarbiya, ilm-ma`rifat va odob-axloq haqidagi
fikrlarini asosli ravishda bayon etgan. U eng avval, insonning baxti va fazilati ilmdadir,
degan g`oyani ilgari surgan.
Beruniy ilmlar insonning ehtiyojidan paydo bo`lganini aytib, ularni quyidagicha
ta`riflagan: “Musiqa ― insonga kuchli ta`sir etib, yoqimli kayfiyat bag`ishlaydi; til―
nutqning tarozisi va muomala qurolidir; geodeziya ― harakatsiz yulduz va quyosh orqali
shaharlarning joylashishini mukammal o`rgatadi; geologiya, geografiya va gidrologiya ―
yer haqidagi fanlardir; geometriya ― jismlarning shakllarini; falakiyot ― koinot sirlarini;
Dostları ilə paylaş: