Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muayyan diniy cheklanishlariga qaramay,
o`sha paytdagi hukmron islom aqidalaridan birmuncha yuqori turardi.U fanning qaysi
sohasiga murojaat etsa, uning mustaqil mavjudligini tushunishdan kelib chiqdi. Olim
“Minerologiya” nomli asarida inson yer yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda
mas`uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini quyidagicha ifodalaydi: “Inson tabiatning
eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi… Insonga katta
sharaf ko`rsatilgan ― unga aql-zakovat va kuch armug`on etilgan. Shu sababdan, insonning
ma`naviy qiyofasi uning oldiga qo`yilgan vazifalarga mos bo`lishi uchun u yuksak axloqli,
bilimli, ma`rifatli bo`lmog`i darkor”.
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashida odam tanasidagi a`zolarning bir-biriga
zidligi, ularda bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman xatti-harakat va fe`l-atrof mavjudligi
asoslangan. “Odam, ― deydi Beruniy, ― tabiati jihatidan bir-biriga zid a`zolar
qo`shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega va shuning uchun uning holati o`z fe`l-
atvofiga ko`ra xilma-xil bo`ladi. Beruniyning fikricha, odamlarning qiyofasi bir-biriga
o`xshasada, ular ayni chog`da bir-biridan farq qiladi. Bu farq ularning mijozi, fe`l-atvori va
11
Beruniy irqiy tafovutlaridan qat’iy nazar, odamlar o`rtasidagi do`stlik va
hamkorlikning kuchi insoniyat baxt-saodatining poydevori deb hisoblanadi. U jamoatchilik,
axloq-odob, go`zallik qoidalariga rioya qilish har bir odamning burchi ekanini ta`kidladi.
Beruniy o`z asarlarida ta`limning ko`rgazmaliligi, izchil, maqsadga muvofiq bo`lishi
kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar o`rtasidagi ijobiy axloqiy munosabatlar va
olijanoblik kabi yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan.
Beruniy o`z dunyoqarashida Xudoga ishonish har bir musulmonning vazifasi deb
tushungan va oliyjanob insonning burchi islom qonun-qoidalariga rioya etishdangina iborat
emas, balki yaxshilik qilishdan ham iboratligini uqtirgan. “Yaxshilik qilish, ― degan edi
Beruniy, ― umuman hammaga va xususan o`z qarindoshlariga zaiflik chog`ida ― yaxshi
istak bilan, iloji bo`lganda esa amaliy ish bilan yaxshilik tilashdir”.
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida kishilarga beg`araz xizmat qilib, yordam
ko`rsatish, odamlar o`rtasida kelishmovchiliklarni vujudga keltiradigan pul va molu dunyo
nafsini tiyish haqidagi g`oyalar alohida o`rin olgan.
Beruniy ilm-fanning muxlisi va buyuk homiysi sifatida mamlakatning obodonchiligi
ilm-fanning gullashiga bog`liq, odamlarning baxti esa uning ma`rifatida deb bilgan.
Ma`rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi bo`lgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com