II BOB. ABU RAYHON BERUNIY INSON KAMOLOTI TARBIYASI
MASALASIDA
2.1 Beruniy odob-axloq haqida
Inson kamoloti tarbiyasi masalasi o`tmishdagi faylasuf-mutafakkirlar ijodida ma`lum
darajada ifodalangan bo`lsa-da Beruniy uni yanada rivojlantirgan va to`g`ri asoslagan.
Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog’laydi. Zero, insonda komillikning muhim
mezoni yuksak axloqlilikdir.
Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o’rnini ta'kidlashini uning
yuqorida qayd etilgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston»,
«Mineralogiya», «Kitob as-Saydana», «al-Qonuni al-Mas'udiy», «Giodeziya» va boshqa
asarlarida ko’ramiz.
Beruniy fikricha, axloqlilik insonning eng asosiy sifati bo’lishi kerak. Bu xislat birdaniga
tarkib topmaydi. U kishilarning o’zaro muloqoti, ijtimoiy muhit - jamiyat taraqqiyoti
jarayonida tarkib topadi.
Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda ta'rif beradi.
Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi kurash natijasida namoyon bo`ladi va tarkib
topadi, deydi u. Yaxshilik va yomonlik insonning xulq-atvorini belgilaydigan mezondir.
Insonning axloqiy kamolga yetishi muammosi ta`lim-tarbiyada markaziy masala
bo’lib kelgan.
Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka yetishga to’sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg’onchilik,
munofiqlik, manmanlik, takabburlik kabi nuqsonlarni qoralaydi, boylikka ruju qo`yish va
ta'magirlik, g’azab va johillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi. Mutafakkir
jamiyatda adolat o’rnatish, uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli hukmdor
bo’lishi kerak, deydi.
Beruniy insonning kamolotga erishuvi tajribaga tayanuvchi aql-idrokka amal qilishdan
boshlanishini, inson tashqi dunyoni bilishga qobilligini, shu asosda bilim olishni, haqiqatni
izlashini, haqiqat esa uning to`gri his tuyg`ularini taqozo etishini va shularning hammasi
inson shaxsi kamol topishining bosh yo`li ekanini bayon qilgan. Shuningdek, inson katta
nuqsonlardan doimo yiroq bo`lishi zarurligini, bunday nuqsonlar bilimsizlik, yolg`onchilik,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
13
molu dunyoga hirs qo`yish, munofiqlik, xushomadgo`ylik, nafsni tiymaslikdan iboratligini
uqtirgan.
Olim inson axloqini shakllantiruvchi vosita mehnat, deb hisoblaydi. Uning fikricha, aql-
idrok va mehnatning jamlanishigina kishilarning to`g`ri hayoti va pok axloqini belgilab
beradi. U o`zining “Metereologiya”, “Feruza”, “100 hikmat”, “Ayol makri” va bir qator
yozgan hikmatlar, naqllar va she`rlarida axloqiy tarbiyaning bosh mezoni mehnat tarbiyasi
ekanini asoslab berdi.
Mehnat inson qalbida muruvvat hissini uyg`otadi. Beruniyning muruvvat haqidagi
g`oyasida xayrixoh bo`lishlik, halol, haqgo`y va boylik orttirishga intilmaydigan o`z
mehnati hamda o`zgalarning mehnatini hurmatlaydigan sifatlarni nazarda tutgan edi.
Beruniy bolalarni axloqiy barkamolligi va yomon fazilatlardan saqlashda quyidagi tarbiya
usullarini olg`a surgan edi:
1.
O`rnak olish. Donishmand va olimlar xulqlaridan o`rnak olish yaxshi xulqni
rivojlantiradi, yomon odatlarni yo`q qiladi. U ko`proq ota-onalarni farzandlariga o`rnak
bo`lishga chorlaydi.
2.
Pand va nasihat. Beruniy pand-nasihat orqali bolalardagi ayrim nuqsonlarni
anglatish zarur, deb hisobladi va u quyidagi fikrlarni bayon qildi: “Odamlar o`rgangan,
odatlangan va ko`pchilikka ma`qul bo`lgan narsaga qarshilik ko`rsatmasdan o`rganish
kerak”. Yaxshi xulqlar yaxshilik alomatidir, yomon xulqlardan bolalarni saqlamoq lozim.
Ayniqsa, maqtanish, buzuq niyatlilik, chaqimchilik, besabrlik, nafs balosi, yolg`onchilik va
boshqalar.
Beruniy yolg`on doim rostdan yengiladi, degan edi. Shuning uchun rostgo`ylik
fazilatini hamma o`ziga mujassam qilishni orzu qilgan. Lekin u o`zini naqllaridan birida
shunday yozgan edi: yolg`onchilikkka shu qadar o`rganganlar borki, ulardan nogahon: ―
Rost gapirib qo`yishdan qo`rqmasam yo`q der edim, ― degan javob eshitasiz. Bunday
kishilar adolatdan chetga chiqib, o`zlarini xafvga tashlagan bo`ladilar. Rostgo`ylik
barkamol insonning yuksak fazilatidir.
Dostları ilə paylaş: |