ham katta qiziqish uyg’otadi. Chunki Beruniy o’z davrining tajribaviy bilimlarini puxta
egallagan olim edi. Ana shu yo’sinda har xil fanlarning haqiqatlarini tasdiqlash va
tеkshirishda tajribaga murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish, Beruniyning olim va
mashhur tabiatshunos sifatidagi asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uning tabiiy-ilmiy va
falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblanadi.
4
Ana shu nuqtai nazardan Beruniyning merosini tadqiq qiluvchi ko’pgina olimlarning
e'tiroficha, u o’z davrining ajoyib qomusiy olimi bo’lgan.
Bizning o`z oldimizga qo`ygan maqsadimiz esa, bunday ulug` zotlarning hayot yo`li
va qoldirgan merosini to`liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyondalari
timsolida ma`rifat, ilmu-fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o`zida
uyg`unlashtirgan xalqimizning ma`naviy olami naqadar boy va rang – barang ekanini
isbotlab berishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: