“O‘zbekistonimizning rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishi,
jahon maydonida munosib obro‘ topishida eng asosiy omillar nima deb so‘rasa,
men, boshqa mezonlarni inkor etmagan holda, bir fikrni alohida ta’kidlab
aytgan bo‘lardim: bu yo‘ldagi eng muhim omil – bu ham jismoniy, ham
ma’naviy jihatdan sog‘lom, hech kimdan kam bo‘lmasdan, boshini baland
ko‘tarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni
o‘z zimmasiga olishga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlatni barpo
etishga qodir bo‘lgan barkamol avlodimiz, desam, ayni haqiqatni aytgan
bo‘laman”.
“Biz oilani hayot davomiyligini ta’minlaydigan, kelajak nasllar taqdiriga
kuchli ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya maskani sifatida qabul qilamiz. Kattalarga
hurmat, kichiklarga izzat, odamiylik, mehr-oqibat, o‘z Vataniga, xalqiga sadoqatli
bo‘lish kabi olijanob fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi”.
“Sog‘lom bola yili”ning asosiy maqsad va vazifalari haqida gapirar ekanmiz,
xalqimiz o‘rtasida keng tarqalgan “Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur, qudratli
elning farzandlari sog‘lom bo‘lur” degan hikmatli iborani yana bir bor esga
olishimiz o‘rinli bo‘ladi, deb o‘ylayman.
|