“sog`lom bola – yurt tayanchi” nomli tadbir senariysi


Ali:  -  Menga nima bo’ldi ?



Yüklə 369,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix02.01.2022
ölçüsü369,68 Kb.
#46938
1   2   3   4   5   6   7
soglom bola yurt tayanchi nomli tadbir senariysi

Ali: 

-  Menga nima bo’ldi ? 



Shifokor: 

-  Qattiq betob bo’lib qolding. 



Ali: 

-  Nega endi ? 



Ona: 

-  Mevalarni yuvmay yeganingga… 



Ali: 

-  Sovuq suv ichganimga… 



Ona: 

-  To’q qoringa uxlaganingga … 



Shifokor: 

-  Sen hali butkul tuzalmading , mana bu dorilarni iste`mol qilib 

tur 

Ona: 

-  Rahmat duxtirjon! 



Shifokor: 

-  Iflos qo’ldan yuqmasin mikroblar sira , 

-  Sog’lik kayfiyatni qilmasin xira. 

Mikrob savob: 



-  Mikroblarni kirgizmang, siz yomon tusga , 

-  Shunda aziz bolalar kirasiz yuzga. 



Ali: 

Sizga doim do’st bo’lsa , 

Sovun , suv , sochiq , 

Barcha- barcha kasallar 

Ketadi qochib. 

 

Barcha bir ovozdan :  

Yashasin sog’liq! 

     Yashasin sog’liq! 

U bizga bog’liq!!! 



 

Mana mikroblar to’g’risidagi voqeani e’tiboringizga 

havola etdik. Endi esa  

Musiqiy raqs.  Akrobotlar  ijrosida. 

Kavsar  Turdiyevaning “G’alati nasihat” she’ri. 

 

1-o’quvchi:  

Bir kuni yo’lda bitta o’spirin, 

Turar edi tamaki tortib, 

“Balli” ,– dedim yelkaga qoqib, 

Va so’zladim chekkaga tortib, 

Tamakini cheksang hozirdan, 

Uch karra ko’rasan foyda ! 

Kuchuk qopmas , uyingni o’g’ri 




Urmas sira  o’zing bor joyda 

Qarimaysan sira, azizim 

U-chi, hayron soladi quloq, 

Tushunmasdan turadi so’zim. 

So’ng gapimga berdim men izoh. 

Kuchuk qopmas , chunki qadding dol

Suyanasan hassa-tayoqqa. 

O’pkang chirib, yo’talsang qur-qur, 

O’g’ri kirmas sira sen yoqqa. 

Yana bir sir qarimasliging, 

Yosh joningga zahar qilar qasd, 

Olib ketar umring yarmini, 

Xumor bilan seni qilib mast! 

 

2-o’quvchi:  

Epchillik , chaqqonlik , hamisha insonning jismoniy 

tomondan ziynati sanaladi. Hamisha epchillik , chaqqonlik 

tark etmasin deya yaxshilik zavqiga taklif etamiz. 



 

“Kim epchil-u , kim chaqqon“ qo’shig`i ijro etiladi. 

 

“Yurak operatsiyasi” pontamima. (Pontomimoda opertasiya 



jarayonidagi shifokor va bemor hazil-mutoyiba holatlari 

tasvirlanadi.) 

 

Boshlovchi: 




 Aslida shifokorlar shundaymi ? Yo’q-yo’q, aslida 

bularning barchasi oddiy hazil edi xolos. Aslida ularning 

chekgan zahmatlarini so’zlar bilan ifodalab bo’lmaydi. Ular 

tunni kun demay , kunni tun demay  bemorlarning shirin jono 

uchun jon kuydirishadi. Qalblari mehrga to’la , faqat qo’llari 

bilan emas , qalblari bilan dard oluvchi xaloskorlardir. 



 

K. Turdiyevaning  “Xaloskorlar” she’ri 3 o`quvchi ijrosida 

yangraydi. 

 

1-o’quvchi: 

Oq kiyim , oq qalpoq , qalbi ham nurdek oq

Men sizni xaloskor atadim. 

Ishonib o’zimni , tiladim to`zimni, 

Bu najot ko’zimni qadadim. 

Savobmi bu dunyo , javobmi bu dunyo, 

Azobli bu dunyo gohida. 

Qoshimga kelasiz va najot berasiz

Eng og’ir , tahlika chog’imda. 

 

2-o’quvchi: 

Bilolmay o’zimni , yumganda ko’zimni, 

Men shuni baribir bilaman. 

Yugurib chopasiz, 

Malhamni topasiz, 

Qaytadan dunyoga kelaman. 



Kasallik varag`i, og`riqlar so`rog`i, 

Dardlarning adog`i bor axir. 

Ularni aritgan, ko`nglini yoritgan, 

Sizlarga qasamyod yor axir. 



3-o`quvchi: 

Xavf  berib darmonlar, qolmasin armonlar, 

Xudoyim qo`llasin, sizlarni! 

Og`riqlar yozilsin, xurujlar bosilsin, 

Dardlardan qutqaring, bizlarni. 

To`xtamay yuraklar, ushalsin tilaklar. 

Shifokorlar orzusi sog`liqdir, 

Bemorlar ilinji, so`zlarda sevinchi. 



 

Siz chekkan zahmatga bog`liqdir. 



 

Foydali maslahatlar 

Boshlovchi:  

 1-maslahat. Murch, shakar, mosh yeb yurilsa asab xastaliklarini 

davolaydi.  

2-maslahat. Kungaboqar guli suvidan 7-8 gramm ichilsa ham asab 

illatlaridan qutilishi mumkin va boshqalar. 

(Maslahatlar o`quvchilar auditoriyasiga qarb tuzilishi ham mumkin) 

 

Tadbirga tashrif buyurgan shifokorlar, olimlar  bilan savol-



javobga asoslangan ochiq muloqot o`tkazish ham tavsiya etiladi. 

 

Tamom 

*** 


Senariy tuzuvchilar: 

 

Dono Usmonova, Jamoliddin Nurmuhammadov,  

Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at  akademik 

litseyining ona tili va adabiyot o`qituvchilari 

 

+99893 603-33-38 



     +99893 548-34- 60 

Yüklə 369,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin