Xatlarni o‘qish
Sizning pochtangizga kelgan xatlarni ko‘rish va o‘qish uchun quyidagilarni
bajaring. Elektron pochta programmasini ishga tushiring.
Доставить почту tugmachasini bosing. Ekranda quyidagi darcha xosil
bo‘ladi. Bunda kelgan xatlar serverdan sizning kompyuteringizga ko‘chiriladi .
Ekranning quyi qismida nechta xat kelganligi haqidagi ma‘lumot xosil bo‘ladi.
Входяшие papkani oching.
O‘qilmagan xatlar ro‘yxatda tim qora rangda ko‘rsatiladi.
Xatni tanlab, sichqoncha tugmachasini chertsangiz, xat mazmuni ekranda
xosil bo‘ladi.
Agar muallifga javob yubormoqchi bo‘lsangiz,
Tugmachasini bosish kerak.
Ekranda muallif manzili ko‘rsatilgan darcha xosil bo‘ladi. Unda javobni
yozish va so‘ng jo‘natish lozim.
Keraksiz xatni belgilab, Удалить tumachasini bosib savatga jo‘natishingiz
mumkin.
48
Kirill alifbosida bir necha kodlar mavjud. Ba‘zan xatni o‘qish uchun kodni
almashlash zarur bo‘ladi. Buning uchun Вид menyusining kod komandasidan
keraklisini tanlash lozim. Odatda xatlar KOI8R, Cyrillic(Windows) kodlarida
yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |