Ilovali xat olganingizda xatda ilova belgisi bo‘ladi. Ilovali xatni o‘qish
49
2. Uni odatdagidek oching.
3. Xatning o‘ng yuqori qismida ilova belgisini sichqoncha tugmachasi bilan
cherting.
4. Natijada ilova qilingan fayl ekranda hosil bo‘ladi.
5. Zarur xolda bu xujjatni kompyuteringizga yozib qo‘ying.
Elektron pochtadan foydalanishga oid maslahatlar
Xatni printerda chop etish uchun Файл menyusida Печать komandasini
kiriting.
Xatni alohida faylga yozib qo‘yish uchun Файл menyusining Сохранить
как yoki Сохранить komandalaridan foydalaning.
Keraksiz xatlarni Удалить komandasi yordamida yoki Delete tugmachasi
yordamida o‘chiring.
Xatlarni tartiblash mumkin, buning uchun Собшение va Перемистит в
komandalaridan foydalanishingiz mumkin. Файл , Папка, Создать
menyulari yordamida ochiladi.
Xatni topish uchun Правка menyusining Найти сообшение komandasidan
foydalanishingiz mumkin.
Savatdagi xatlarni ba‘zan o‘chirishni unutmang.
Katta hajmdagi ilovalarni arxivatorlar yordamida kichraytirib jo‘nating.
Xatlarni alfavit, kelgan vaqti, mazmuni va ilovasiga qarab tartiblashingiz
mumkin. Bu Вид, Сортировать komandalari yordamida amalga oshiriladi.
Xatga imzo kiritib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun Опсиялар
menyusida Подпис punktini topib, unda imzoni ko‘rsatishingiz mumkin.
Masalan, ismingiz, familiyangiz, lavozimingiz, ishxona nomi va manzilini,
telefon, faks nomerlarini berishingiz mumkin. Bu sizning ishingizni
yengshillashtiradi. Xar gal bu ma‘lumotni yozishga vaqtingizni
sarflamaysiz. Bu vaqtni tejaydi va ishni qulaylashtiradi.
• Noma‘lum mualliflar xatini ochishda extiyot bo‘ling. Oxirgi paytlarda
quyida keltirilgan mavzudagi xatlar kompyuterlarni viruslantirmoqda. Bu
50
viruslar tufayli kompyuterdagi barcha ma‘lumotlarni o‘chirilish, kompyuter ishini
ishdan chiqarilish xolatlari sodir etyapti. Masalan, "I love you" virusi juda katta
talofatlarni keltirdi. Natijada Ba‘zi kompaniyalar kompyuterlar ishini tiklashga
bir necha kunlar sarfladi. Bu xatlar odatda ilovali bo‘ladi. Ularni aslo ocha
ko‘rmang, tezda yo‘qoting. Shuning uchun, "I love uoi"(Men seni sevaman),
"Would you like get money"(Ko‘p pul ishlashni xoxlaysanmi?) va xokazolar
va shunga o‘xshash mazmundagi xatlarni o‘ylab o‘tirmasdan, savatga jo‘nating.
Noma‘lum mualliflardan kelgan ilova xatlarni aslo ochmang va savatga
jo‘nating. Kompyuteringizni doimo virusga tekshirib turishni unutmang. Chunki
kompyuternigizda virus bo‘lsa, uni do‘stingiz yoki xam kasbingizga ilovali xat
bilan jo‘natishingizni unutmang.Xatlarni qabul qilishda ularni virusga tekshirish
komandasini o‘rnating.
Misol sifatida quyidagi vazifani bajaring.
1. O‘zingiz xaqidagi ma‘lumotni: ismingiz, familiyangiz, lavozimingiz, ish
joyingiz va manzilni imzoga kiriting.
2. O‘zingizga ilovali xatni jo‘nating.
3. Xatni oching.
4. Ilovani oching.
5. Ilovani kompyuterdagi shaxsiy papkaingizga yozib qo‘ying.
6. Xatni printerda chop etib ko‘ring.
7. Входяшие papkasidagi xatlarni muallif nomi, vaqti, mavzusi bo‘yicha
tartiblang.
Dostları ilə paylaş: