6-Ma’ruza Мавзу: suyuq va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#47244
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
6 MARUZA Suyuq va sochiluvchan moddalar sathini o’lchash

RADIOIZOTOPLI SATH O‘LCHAGICHLAR 

 

9.10-расм. Sath o‘lchagichni elektron 

indikatori (EI) ning prinsipial sxemasi 


Radioizotopli  sath  o‘lchagichlarining  ishlash  prinsipi  yutish  qobiliyati  turlicha  bo‘lgan  ikki 

muhitdan  o‘tayotgan  nurlarning  qayd  qilinishi  va  muhitlarning  chegarasi  o‘zgarishi  bilan  nurlanish 

o‘zgarishiga asoslangan. Barcha radioizotopli sath o‘lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbai 

va nurlarni qabul qiluvchilardan iborat. Nurlanish manbai sifatida o‘zidan j nurlar chiqaradigan Со

60



Cs



137

,  Се


75

  va  boshqa  moddalar  ishlatiladi.  Qabul  qiluvchi  sifatida  Geyger-Myuller  hisoblagichi, 

ssintilyatsion  hisoblagichlar  yoki  yarimo‘tkazgichli  detektorlar  ishlatiladi.  Detektor  chiqishida  paydo 

bo‘lgan  impulslar  elektron  kuchaytirgich  orqali  kuchaytiriladi  va  sath  o‘zgarishiga  muvofiq  elektr 

signalga aylanadi. 

j-nurlanish  jadalligini  kamaytirish  qatlam  qalinligiga  qarab,  quyidagi  eksponensial  munosabat 

bilan ifodalanadi: 



I

х

=I

0

ехр(-μх)                                               (6.20) 

bu yerda, I

0

 – j- nurlanishning boshlang‘ich jadalligi; μ – moddaning tabiati va uning қатлами 

qalinligi x ga bog‘liq bo‘lgan j-nurlanishning kuchsizlanish koeffitsiyenti. 

Radioizotopli sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 

6.12-rasmda ko‘rsatilgan. U radioaktiv nurlanish 

manbai  1,  ionlovchi  nurlanishni  qabul  qiladigan  hisoblagich  2,  elektr  toki  manbai  3,  qarshilik  4, 

elektron  kuchaytirgich  5  va  o‘lchash  asbobi  6  dan  iborat.  Hisoblagich  metalldan  yasalgan  silindr 

bo‘lib, ichi inert gaz bilan to‘ldirilgan. Silindr markazida undan  izolyator bilan  ajratilgan metall sim  

o‘rnatilgan. Silindr devori elektr manbaining manfiy qutbiga, metall sim esa musbat qutbiga ulangan. 

Silindr inert gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lgani uchun hisoblagich zanjirida tok bo‘lmaydi. Hisoblagichga 

radioaktiv  nur  ta’sir  etib,  undagi  inert  gaz  ionlanishi  boshlangandagina  hisoblagich  2  va  qarshilik  4 

занжирида  ток  ҳосил  бўлади.  Бу  ток  миқдори  инерт  газнинг  ионланиш  даражасига  боғлиқ 

bo‘ladi. Gazning ionlanishi esa radioaktiv nurlanish manbai bilan hisoblagich orasiga o‘rnatilgan idish 

ichidagi suyuqlikning  yoki sochiluvchi  moddaning balandligiga  bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Idishdagi 

suyuqlik  balandligi  nur  yo‘lini to‘la  berkitsa, rezistordan o‘tadigan tok nolga  yaqin  bo‘ladi,  nur  yo‘li 

ochilishi  bilan,  ya’ni  suyuqlik  balandligi  pasayishi  bilan  rezistor  zanjirida  tok  orta  boshlaydi.  Idish 

ichidagi suyuqlik balandligi ana shu rezistordagi kuchlanish U miqdori bilan o‘lchanadi. Buning uchun 

rezistordagi kuchlanish  miqdori oldin  elektron kuchaytirgich 5  yordamida kuchaytiriladi, so‘ngra esa 

o‘lchash asbobi 6 ga uzatiladi. 

Radioizotopli  sath  o‘lchagichlar  boshqa  asboblarga  nisbatan  universaldir.  Bu  asboblar  sath 

o‘lchashni  nazorat  qilishni  diskret  va  uzluksiz  ravishda  amalga  oshiradi;  ular  ochiq  va  berk 

idishlardagi  suyuq  hamda  sochiluvchan  moddalar  sathini  o‘lchash  uchun  ishlatilishi  mumkin, 

o‘lchanayotgan  muhit  bilan  asbob  orasida  hech  qanday  mexanik  bog‘lanish  bo‘lmaganligi  sababli 

agressiv  suyuq  va  sochiluvchi  moddalarning  balandligini  o‘lchash  mumkin.  Asboblar  ko‘rsatishining 

aniqligi va stabilligi muhit holatining (harorat, namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik va boshqa fizik 

xossalarning)  o‘zgarishiga  bog‘liq  emas.  Barcha  radioizotopli  asboblarning  umumiy  kamchiligi 

radioaktiv nurlarning tirik organizmga zararli ta’siridir. Asboblarning xatoligi ±0,5-1% dan oshmaydi. 

Bular asosan boshqa turdagi asboblarni ishlatish mumkin bo‘lmagan hollardagina qo‘llaniladi. 

 


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin