Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar. Suyuq metall sathni o‘lchashda istiqbolli usul - radioto‘lqinli
usuldir. Elektromagnit to‘lqinlarining tebranish parametrlarini suyuqlik sathiga bog‘liqligiga
asoslangan sath o‘lchagichlar radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar deb ataladi.
Radioto‘lqinli usullarga radiolokatsion, radiointerferension, endovibratorli va rezonansli usullar
kiradi.
Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlarning ishlashi elektromagnit to‘lqinlarning elektr va magnit
xossalari bilan farq qiladigan muhitlarning chegarasidan qaytishi hodisasiga asoslangan.
Elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi v muhitning diyelektrikligi ε va magnit
o‘tkazuvchanligi μ qiymatlari bilan topiladi:
Dostları ilə paylaş: |