Savol va topshiriqlar:
1. Mirtemirning hayot yo`li haqida so`zlab bering.
2. Mirtemirning qanday asarlarini bilasiz?
3. Mirtemir she`rlarining milliyligi to`g’risida nima deya olasiz?
4. “Surat” lirik qissasi qachon yaratilgan? Uning ijodiy tarixi
qanday?
5. “Mirtemir-lirik she`r ustasi” mavzusida badiiy matn tayyorlang.
Mavzu: Komil Yashin
Reja:
1. Komil Yashinning hayot yo`li va ijodiy faoliyati.
2. Komil Yashin dramalari.
3. Tarixiy haqiqat va badiiy to`qima.
36
Matn adabiyotlar:
1. Yashin K. Tanlangan asarlar (2 tomlik).-T.: “Badiiy adabiyot”, 2-
tom, 1958.
2. Yashin K. Tanlangan asarlar (3 tomlik).-T.: “Badiiy adabiyot”, 3-
tom, 1962.
3. Yashin K. Tanlangan asarlar (4 tomlik).-T.: “Badiiy adabiyot”, 1-
2-tomlar, 1970-71.
4. Yashin K. Asarlar (6 jildlik).-T.: 1-2-jildlar, 1976-1979.
5. Abdusamatov H. Tradisiya va novartorlik problemasi (Hamza va
Yashin ijodi asosida).-T.: “Fan”, 1974.
6. Abdusamatov H., Samadov M. Yashin (hayoti va ijodi).-T.:
“Adabiyot va san`at”, 1979.
7. Azimova M., Soliyev A. Ijod saboqlari (Komil Yashin
mahorati).-T.: 1979.
8. Pushkarskaya N., Xodjayev A. Obraz jenshin v dramaturgii
Yashina. «Zvezda Vostoka», 1952, №3.
9. Ustaboyev H. Dramaturg Komil Yashin.// «O`zbek tili va
adabiyoti masalalari», 1969, 4-son.
10. K.Yashin ijodiy yo`li. (Maqolalar to`plami).-T.: «Fan», 1963.
11. Qurbonov N., Mahkamov V. Yashin ijodida Xotin-qizlar ozodligi
temasi. // «Qizil O`zbekiston», 1953, 19 iyun.
12. G`ulomov B. Komil Yashin. // O`zbek adabiyoti tarixi (3 jildli).-
T.: «Fan», 2-jild, 1971.
Yashin-hozirgi zamon o`zbek dramaturgiyasining yirik va keksa
vakili edi. U jamoat arbobi sifatida o`zbek teatr san`ati taraqqiyotiga
salmoqli ulush qo`shgan ijodkor edi.
Komil No``mon o`g’li 1909-yil 25 dekabrda Andijon shahrida
tug’ildi. “Yashin” uning adabiy taxallusidir. Otasi No``mon Jumaboy
o`g’li savdo-sotiq bilan shug’ullangan. U savdoda singach, o`g’illari
Mo`minjon, Hakimjonlar qaramog’ida yashaydi. Ma`rifatli odam bo`lgani
uchun farzandlarini fan-ma`rifatni egallashga yo`llaydi. Komiljonni olti
yoshidanoq eski maktabga beradi, o`n bir yoshga yetganda rus maktabida
o`qita boshlaydi. Komiljon yettinchi sinfni “a`lo” baholar bilan tugatganini
va o`tkir zehni, fikrlashidagi jur`atini sezishib, uni Leningraddagi
O`rmonchilik instituti qoshidagi tayyorlov kursiga o`qishga yuboradilar.
Komiljon kursni tugatib institutga kiradi va ikki yil o`qiydi. Ammo
shaharning rutubatli havosi unga yoqmaydi, tez-tez kasal bo`ladi, shu
tufayli Andijonga qaytib kelib, maktabda til va adabiyot, fizikadan dars
37
beradi. Leningraddek katta madaniy shahar uning ilmiy va ma`rifiy, adabiy
dunyosining boyishiga katta yordam bergan edi. Chunki u hali maktabda
o`qib yurgan chog’laridayoq she`r yozishga urinar va Leningradga
bormasdan avval, ya`ni 1925-yildan matbuotda o`z she`rlari bilan ko`rina
boshlagan edi. 1926-yildan esa pesalar yozishni mashq qilishga kirishadi.
1929-yildan Andijon viloyat teatrida adabiy emakdosh bo`lib ishlaydi.
Undan keyingi hayoti ham sevgan san`ati-teatr bilan jips bog’lanadi.
Yashin uzoq yillar mobaynida san`at ishlari boshqarmasiga rahbarlik
qiladi, 1958-1980-yillarda esa O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining
birinchi kotibi sifatida adabiy jarayonni boshqaradi.
Uning ijtimoiy faoliyat doirasi ham g’oyat keng edi.
Yashin uzoq vaqt davomida Hamza nomidagi respublika Davlat
mukofoti qo`mitasiga rais, turli xalqaro anjumanlarning tashabbuskori
bo`ldi. U 1960-yili O`zbekiston Fanlar akademiyasiga muxbir a`zo, 1969-
yilda esa haqiqiy a`zo etib saylandi.
Ko`rinadiki, Yashin uzoq yillar davomida adabiyot va san`at
daryosining boshida turdi, bu daryoning yo`nalishi, oqishi va mavjiga
o`zining sezilarli ta`sirini o`tkazadi.
Yashin dramaturgiya sohasidagi ijodini drama qanday bo`lishi
kerak, degan savolga javob qidirishdan boshladi. U agar 16 yoshidayoq
matbuotda o`z she`rlarini e`lon qila boshlagan bo`lsa, 17 yoshida bir
pardali pesalar yozdi (“Karquloq”, 1926; “Teng-tengi bilan”, “Lolaxon”,
“Quyosh”, 1927). 18 yoshidan esa aktyor, teatr va drama janri to`g’risida
o`zining qarashlarini bildirishga o`tdi. “Oltin kamar” (1928) maqolasida
“sahnamiz-chinakam oynak”, aktyorlar esa “xalqimizning orzu-
armonlarini, millionlarning his-tuyg’u va hayajonlarini, madaniyat
sohasidagi muvaffaqiyatlarimizni, yangi tuzumimizni, ideallarimizni sahna
chamanida tarannum etuvchi bulbullardir. Bularning har biri qalbimizni
kashf etuvchi shoir, rassom”, deb ta`kidladi. Yashin biroz keyinroq
“Dramaturgiyaga shuning uchun zo`r e`tibor berish kerakki, adabiyotning
hech bir turi ommaboplikda, ta`sir qilishda pesa bilan tenglasha olmaydi”,
deb yozadi. Bular Yashinning dramaturgiya va teatr san`atiga bo`lgan
muhabbatining bosh sababidir. Yashin “Meyerxold va uning nazariyalari”
(1930) maqolasida uning ijodiy prinsiplarini ko`rsatib, o`zbek teatri
vakillarini undan o`rganishga chaqiradi.
Yashin o`zbek dramaturgiyasida Hamza an`analarini sadoqat bilan
rivojlantirdi. U ayni chog’da o`zbek musiqali drama janri rivojiga ham
munosib hissasini qo`shdi. O`zbekistonda opera janrining qaror topishi
Yashinning “Bo`ron” asari bilan bog’liq.
38
Yashin timsolida o`z ustoziga sadoqatning yorqin namunasini
ko`ramiz: u Hamzaning adabiy merosini to`plash va xalqqa yetkazishda
katta xizmat qildi; “Boy ila xizmatchi”, “Paranji sirlaridan bir lavha”
(“Xolisxon”) ning sahna variantlarini tikladi. Yashin 1939-yili “Boy ila
xizmatchi” asarini qayta ishlab yangi, sahna variantini tayyorladi va o`sha
vaqtdan to 90-yillargacha u sahnadan tushmadi.
Yashin Hamza ijodi haqida ko`pgina ilmiy maqolalar ham yozdi.
Amin Umariy bilan hamkorlikda “Hamza” pesasini yaratdi. Ayni chog’da
“Hamza” filmi ssenariysini yozdi, “Hamza” operasi (S.Boboyev bilan
hamkorlikda), “Olovli yo`llar” nomli 17 seriyali telefilm (Boris Privalov,
Shuhrat Abbosov bilan birga) yuzaga kelishiga o`z hissasini qo`shdi.
“Hamza” romani esa, shoirning murakkab hayot yo`li, kurashi va shaxs
sifatida jasorati, ijodkorlik qiyofasini aks ettirishga bag’ishlangan.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Yashin asarlarining realistik kuchi,
haqqoniyligi va jozibadorligini ta`minlaydigan bir jihat bor. Bu-
dramaturgning o`z asarlari uchun mavzu, material va qahramonlarni, fikr-
g’oyalarni hayotning o`zidan olishidir, ya`ni muhim tarixiy voqealar va
hayotning o`zi yaratib bergan tayyor qahramonlar-tarixiy shaxslarga
suyanishidir. “Bo`ron” qahramonlari badiiy to`qima mevasi bo`sa-da,
uning syujeti asosini tarixiy 1916-yildagi xalq qo`zg’oloni voqealari
tashkil etadi. “Nurxon” da esa aktrisa Nurxon Yo`ldoshevaning hayoti va
fojiali taqdiri turadi.
“General Rahimov” dramasida ham tarixiy shaxs hayoti va
qahramonligi yoritiladi.
Yashinning “Inqilob tongi” pesasida ham atoqli davlat arbobi
Fayzulla Xo`jayevning kurash yo`li va Buxorodagi inqilob voqeasi asos
qilib olingan.
Yashin dramalarida ko`plab personajlar ishtirok etsa-da (katta tarixiy
voqea tasvirlanadi, voqea turli joylarda yuz beradi, vaqt chegarasi ham
keng bo`ladi, turli taqdirli ko`p odamlar qatnashadi), bir yoki ikki
qahramonni asarni ko`tarib turuvchi ustunga aylantiradi. “Inqilob tongi” da
ham shunday. Ko`p asarlarida sarlavhaning o`zidayoq bu holni ta`kidlab
o`tadi: “Lolaxon”, “Nurxon”, “Asal”, “Bo`ron”, “Hamza”, “Dilorom”,
“Oftobxon”, “General Rahimov” yoki “Farhod va Shirin”, “Ravshan va
Zulxumor”... Dramaturg asarning bosh g’oyasini shu bosh qahramon
taqdiri, hayot va kurash yo`li bilan bog’lasa-da, boshqa personajlarning
ham asardagi ishtiroki va tutgan o`rnini mantiqan asoslaydi, ular
zimmasiga muhim g’oyaviy yuk yuklaydi.
39
Yashin o`zbek dramaturgiyasida tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar
hayoti va kurashi misolida xalqning taqdirini, o`sha tarixiy davr ruhini
to`g’ri ifodalash bobida, tarixiy shaxs, tarixiy hujjat bilan badiiy to`qimani
bir-biriga uzviy bog’lash va badiiy haqiqatni ifodalashga xizmat ettirish
sohasida, operani milliy zaminga qurishda, qahramonona ruhdagi ayollar
obrazini yaratishda, xalq ijodiga suyanib turib, musiqali dramalar ijod etish
va “Gulsara”, “Nurxon” musiqali dramalari timsolida zamonaviy
materialda tomoshabop dramalar yozishda katta tajribalar to`pladi,
an`analar yaratdi. U epik dramaturgiyani yangi bosqichga olib chiqdi.
Hamza obrazini dramada, kinoda, ko`p seriyali telefilmda hamda roman
janrida keng manzarali lavhalarda gavdalantirishda tajribalar o`tkazdi.
Yashin mohir rahbar, adabiyot va san`atning jonkuyari sifatida
madaniyatimiz kamolotida qo`lidan kelgan mehnatini ayamadi va o`zining
salmoqli ulushini qo`shdi. U 1997-yili vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: |